PARDA TURSUN

PARDA TURSUN

PARDA TURSUN (taxallusi; asl ism-sharifi Tursunov Parda) (1909.7.11, Namangan viloyati Pop tumani Chor-kesar qishlogʻi — 1957.28.9, Toshkent) — yozuvchi. Almaiy nomidagi oʻlka uzbek namuna ishmaktabi (1923—27), Toshkent pedagogika bilim yur-tida (1927—28) oʻqigan. «Batrak» gaz. da masʼul kotib (1930—31), «Kizil Oʻzbekiston» gaz. da adabiy xodim (1931—34; 1939—40). 1935—36 y. larda Oʻrta Osiyo plan-iqtisod in-tida birmuncha muddat taqsil koʻrgach, Oʻzbekiston Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raisi kotibi (1937—38), Oʻzbekiston Telegraf agentligi (1940—45)da adabiy xodim va muharrir, partiya tarixi in-tida ilmiy xodim (1948—50).

Ensiklopediya.uz
Parda Tursun