PARAMARIBO

PARAMARIBO

PARAMARIBOSurinam poytaxti. Surinam daryosining chap sohilida. Iqlimi subekvatorial, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 26°, avg. niki 29°. Yillik yogʻin 2250 mm. Axoliyey 213 ming kishi (2000). T. y. stansiyasi, avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroport bor. Mamlakatning muhim porti (chetga boksit, yogʻoch, sha-kar, rom, sholi, sitrus mevalar chiqariladi). Oziq-ovqat va yogʻochsozlik sanoati korxonalari; un-t, muzey, botanika bogʻi bor. Shaharga 1640-y. da indeyslar qishlogʻi oʻrnida fransuzlar tomonidan asos solingan. 1975-y. dan mustaqil Surinam poytaxti.

Ensiklopediya.uz
PARAMARIBO