PARAMACH

PARAMACH

PARAMACH, anjir goʻmma — somsa turlaridan biri. Paramachning qatiqli Paramach, oshirma Paramach xillari bor. Qatiqli Paramach, tayyorlash usuli: 2 dona tuxum atalanib, 1,5 stakan qatiq, 100 g sariyogʻ yoki margarin, 2 choy qoshiq tuz, 1 choy qoshiq choy sodasi, 1 kg chamasi un solib, yumshoq xamir qoriladi. Xa-mir bir oz tindirib qoʻyiladi. 20 — 30 g li zuvalachalar yasab, qalinligi 2—3 mm li jildlar yoyiladi. Jildga qiyma solib, oʻrtasi tangadek ochiq qoldirib, jimjima qilib tugiladi. Tovadagi qizdirilgan yogʻda past olovda avval toʻntarib (ochiq tomoni b-n), soʻngra oʻnglab qoʻyiladi, pishirish davomida Paramach ichiga qoshikda 1—2-marta yogʻ tomizib turiladi (qovurish uchun 0,5 kgyogʻ kerak boʻladi). Oshirma Paramach 0,5 l iliq sutga 1 dona tuxum, 2 choy qoshiq tuz, 100 g sariyog, 20 g xamirturush (drojji) solib yumshoq xamir qoriladi. Xamir oshgach, qatikdi Paramach singari tugib pishiriladi.

Ensiklopediya.uz
PARAMACH