PARAGANGLIYLAR

PARAGANGLIYLAR

PARAGANGLIYLAR (yun. para… va gangliy) — umurtqali hayvonlar va odamning endokrin bezi. Asosan, katexol-aminlarni ishlab chiqaradi, nerv sistemasining xemoretseptorlik vazifasini bajaruvchi qoʻshimcha organi hisoblanadi. Eng kuchli Paragangliylar buyrak usti bezi magʻiz moddasidan, bel va aortadagi Paragangliylar sekretor xromaffin hujayralar, qoʻshimcha hujayralar (qoplama tipdagi neyrogliyalar) va biriktiruvchi toʻqimalardan tashkil topgan. Embriogenezda ular simpatik nerv sistemasi neyroblastlari bilan birga hosil boʻladi va koʻchib oʻtadi. Boshqa Paragangliylar — noxromaffinlar (asosan, parasimpatik nerv sistemasi tarmoklangan joylarda), jumladan, koʻz ichidagi Paragangliylar, oʻpka, koʻmik, miya poʻstlogʻidagi Paragangliylar, karotidli Paragangliylar, tana va qoʻl-oyoq nervlaridagi Paragangliylar xisoblanadi. Ular IX va X juft orqa miya nervining embrional asoslaridan hosil boʻladi.

Ensiklopediya.uz
PARAGANGLIYLAR