PAPUA-YANGI GVINEYa
PAPUA-YANGI GVINEYa, (Papua New Guinea) , Papua — Yangi Gvineya Mustaqil davlati (Independent State of Papua New Guinea) — Okea-niyada, Tinch okeanning jan.-sharqiy qismida joylashgan davlat. Gʻarbda Indoneziya bilan chegaradosh, qolgan qismi dengizlar bilan oʻralgan. Papua-yangi gvineya —Ya. G. tarkibiga Yangi Gvineya o. ning sharqiy qismi va unga yondosh orollar, Bismark arxipelagi, Solomon o. larining shim. kis-mi, DʻAntrkasto o. lari, Luiziada arxipelagi, Trobrian o. lari, Murua o. va b. 200 ga yaqin katta kichik orollar ki-radi. Umumiy mayd. 462,8 ming km2. Axoliyey 5,172 mln. kishi (2002). Poytaxti — Portmorsbi sh. Maʼmuriy jihatdan 20 viloyat (province)ra boʻlinadi.
Ensiklopediya.uz
PAPUA-YANGI GVINEYa