Papkaga parol qanday o‘rnatiladi?

Papkaga parol qanday o‘rnatiladi?
papkaga parol qanday ornatiladi 65cad348ede44

photo 2021 06 13 00 24 16

Papkaga parol qanday o‘rnatiladi?

DO`STLARGA ULASHING:

Papkaga parol qanday o‘rnatiladi?🔐

(https://telegra.ph/file/7754430f4986138b658bd.png)Encrypto — kompyuterdagi fayl yoki papkalarga parol o‘rnatishga yordam beruvchi bepul dastur.

Dasturni yuklab oling (https://macpaw.com/encrypto) va o‘rnating. So‘ngra fayl yoki papkalarga parol o‘rnatish uchun quyidagi ko‘rsatmalarga amal qiling:

1️⃣. Dasturni ishga tushiring.

2️⃣. Uning oynasiga fayl yoki papkalarni olib o‘tkazing (drag’n’drop), dastur oynasidagi tugmalardan biri ustiga bosing yoki fayllarni belgilagan holda, ulardan biri ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosib, “Encrypt with Encrypto”ni tanlang.

3️⃣. “Password” maydonida parolni, “Hint” maydonida esa, xohishga ko‘ra parol uchun eslatmani ko‘rsating.

4️⃣. “Save As…”ni bosib, shifrlangan faylni saqlash uchun joyni ko‘rsating.

Faylni deshifrlash uchun uni Encrypto dasturi o‘rnatilgan kompyuterda oching, parolni kiriting va deshifrlangan (asl ko‘rinishdagi, shifrsiz) fayllarni saqlash uchun joyni tanlang.

Papkaga parol qanday o‘rnatiladi?