Papillomalar paydo bo’lish sababi, turlari va davolash haqida malumot

Papillomalar paydo bo’lish sababi, turlari va davolash haqida malumot

Papillomalar
foto: nordin.by

Muolajalar va diognostika

Papillomalar — bu terida paydo bo’ladigan va uning ustida chiqadigan zararsiz o’smalar. Ular ingichka oyoqli xolga yoki keng poydevorli so’galga o’xshaydi va biriktiruvchi to’qimalardan iborat. Papillomalar pushti rangdan jigarrang ranggacha bo’ladi. Papillomalar tananing turli qismlarida paydo bo’ladi — qo’llar, oyoqlar, bo’yin, ko’krak, orqa, yuz. Bo’yinda va boshqa joylarda papillomalarning paydo bo’lishining sabablari terining inson papillomavirusi bilan kasallanishidir.

Papillomalar ma’lum estetik noqulayliklarni keltirib chiqaradi, shuningdek, osonlikcha shikastlanadi: ular tasodifan tirnoq, yuvinish matolari, taroq, ustara bilan tirnalishi, kiyimlar, kamar bilan ishqalanishi mumkin. Shu bilan birga, zararlangan epidermis orqali patogen mikroorganizmlarning kirib borishi tufayli papillomaning yallig’lanishi boshlanishi mumkin: u rangini o’zgartiradi, ko’payadi, qichiydi, ba’zida qon ketadi va og’riydi. Shuning uchun tanadagi estetik bo’lmagan «o’smalarni» olib tashlash tavsiya etiladi.

Papillomalar sababi — Inson papillomavirusi belgilari

Ushbu zararsiz papillomalar — inson papillomavirusi infeksiyasi tufayli paydo bo’ladi, bu kontakt bilan tarqaladi. Kontakt — odamning terisining yoki shilliq qavatining to’g’ridan-to’g’ri aloqa qilishini yoki uning gigiena vositalaridan foydalanishni anglatadi. Odam tashuvchi ekanligi haqida hatto bilmasligi ham mumkin, chunki virus uzoq vaqt «uxlaydi». Stress, o’tmishdagi infeksiyalar, gormonal uzilishlar, surunkali kasalliklarning kuchayishi, antibiotiklarni qabul qilish yoki immunitetni pasaytiradigan boshqa omillar natijasida tanada papillomalar paydo bo’ladi.

Papillomalarni farqlanishi
foto: lasmed.ru

Inson papillomavirusining asosiy alomatlari — terida va shilliq pardalarida zararsiz neoplazmalar (papillomalar) paydo bo’lishi. Inson papillomavirusi — kanserogen agent hisoblanadi. Ammo, inson papillomavirusining barcha turlari ham xavfli o’smaning shakllanish mexanizmini qo’zg’atmaydi.

Inson papillomavirusining taxman 40 turi anogenital hududga ta’sir qiladi, bu esa genital so’gallarni keltirib chiqaradi.

Papillomalar turlari
foto: skylink.spb.ru

Papilloma virusi quyidagi muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin:

  • yassi papillomalar;
  • bachadon bo’yni displaziyasi;
  • bachadon bo’yni neoplaziyasi;
  • karsinoma va boshqa zararli neoplazmalar;
  • so’gallar.

Erkaklardagi odam papillomavirusi jinsiy olatni va olat terisining bosh qismida jinsiy a’zolar so’gallarini keltirib chiqarishi mumkin. Ba’zida so’gallar olat terisining bosh qismi torayishiga olib kelishi bilan bir qatorda, virus tashuvchisi jinsiy sherigiga yuqish xavfi tug’diradi. Shuning uchun ham ayollar, ham erkaklar Inson papillomavirusi uchun testdan o’tishlari kerak.

Ayol va erkaklarda inson papillomavirusini davolash

Har qanday o’z-o’zini davolash, shu jumladan xalq usullarini qo’llash mumkin emas. Bu papillomalarning ko’payishiga, qo’shni hududlarga tarqalishiga (papillomatoz) va to’qimalarda yomon o’smalar rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Papillomalarni qanday davolashni vizual tekshiruv va qo’shimcha tekshiruvdan so’ng (PCR diagnostikasi, sitologik va / yoki gistologik tekshiruv) shifokor belgilaydi.

Afsuski, inson papillomavirusi terapiyasi uchun maxsus dorilar hali mavjud emas. Ayol va erkaklarda inson papillomavirusini davolash, birinchi navbatda, antivirusli terapiya bo’lib, u inson papillomavirusi faoliyatini susaytiradi va kasallikning klinik ko’rinishini yo’q qiladi. Inson papillomavirus infeksiyasini davolash uchun simptomatik davolash bilan bir qatorda immunoterapiya qo’llaniladi.

Inson papillomavirusini davolash uchun preparatlar:

  • kondilin;
  • podofillin;
  • solkoderm;
  • ferezol;
  • alfaferon;
  • neovir;
  • sikloferon.

Papillomalarni olib tashlash

Papillomalarni olib tashlash
foto: m.infox.ru
  • Davolash sxemasi papillomatoz o’choqlarni olib tashlashni ham o’z ichiga oladi. Katta yoki yallig’langan o’smalar jarrohlik yo’li bilan yo’q qilinadi. Elektrokoagulyatsiya papillomalardan xalos bo’lishning samarali usuli hisoblanadi. Jarayon maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi va deyarli og’riqsizdir (sirt og’riqsizlantirishlar qo’llaniladi). Usul xavfsizdir, u qo’llanganidan keyin chandiqlar qolmaydi. Elektrokoagulyatsiyadan so’ng po’stloqlar paydo bo’ladi, uning ustida bir muncha vaqt dog’ qoladi.
  • Yana bir zamonaviy, yumshoq, izlar qoldirmaydigan usul, bu — papillomalarni lazer yordamida olib tashlashdir. Muolaja davomida, zararsiz neoplazmaning katerizatsiyasiga parallel ravishda, qon tomirlari muhrlanadi, shuning uchun qonsiz kechadi. Mahalliy og’riqsizlantirish yordamida amalga oshiriladi. Qo’shni to’qimalarga zarar yetkazish xavfi nolga kamayadi. Olib tashlangan papilloma joyida qizil iz bir muncha vaqt qoladi, o’z-o’zidan yoki shifokor tomonidan tayinlangan malham qo’llanilgandan keyin yo’qoladi. 

Papillomalarni olib tashlash muolajasi kosmetik kabinetlarda emas, balki ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasida va faqat dermatolog yoki dermatolog-onkolog bilan maslahatlashgandan so’ng amalga oshirilishi kerak.

Papillomalar profilaktikasi

Odam papillomavirusiga qarshi emlash — bu odam papillomavirusi tufayli yuzaga keladigan bachadon bo’yni saratonidan himoya qilishning yagona usuli. Bugungi kunda mavjud bo’lgan vaksinalar xavfsizdir. Ular ko’plab mamlakatlarda odam papillomavirusi profilaktikasi uchun samarali foydalanilmoqda — xususan, 16 va 18 turlari uchun. Profilaktika maqsadida odamlarni birinchi jinsiy aloqadan oldin emlash afzal, shuning uchun mutaxassislar 9-13 yoshdagi o’smirlarni emlashni tavsiya qiladi.

Maqoladagi maʼlumotlar tanishish maqsadida berilgan. Ushbu maqolada berilgan dori preparatlarini qoʻllashga qarshi koʻrsatmalar mavjud. Qoʻllashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashishingiz zarur.

manba: dobrobut.com

Kasalliklar
Papillomalar paydo bo’lish sababi, turlari va davolash