Pape-mashe usulida o’yinchoqlar yasash
Qotgandan so‘ng «PVA» yelimi bilan yog‘ochga yopishtirib qotiriladi.
So‘z yasalish usullari haqida ma’lumotlar.
So‘z yasalish usullari haqida ma’lumotlar. Yasama so‘zlar tarkibi. Nutqda so‘zlar tub va yasama shaklda qo‘llaniladi. So‘zning yasovchi qismlarga ega bo‘lmagan qismi tub so‘z deyiladi: gul, inson, meva, nozik, bordi, tez. Tub so‘zlar shakl yasovchi va so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar qabul qilganda ham o‘zining tubligini saqlaydi. Masalan, uycha, kattaroq, beshinchi, ko‘rindi, bog‘dan, do‘stlarim kabilar ham tub so‘zlardir. Tilda mavjud bo‘lgan biror usul asosida hosil qilingan yangi so‘z yasama so‘z deyiladi: gulla, mevali, bog‘bon, qaror qilmoq, ish boshi, asalari, BMT.
Yasama so‘zlar tuzulishiga ko‘ra sodda, tarkibli bo‘ladi. Sodda yasama so‘zlar tarkiban bitta yasaluvchi asos va bir yoki birdan ortiq yasovchi qo‘shimchalardan tuziladi. Masalan, ter+im, ang(ong)+la, to‘qi+ma+chilik, suv+siz+lik. Sodda yasama so‘zlarda tashqi va ichki yasalish mavjud. Masalan, payvand+chi, bog‘+bon kabi yasaluvchi asos va yasovchi qo‘shimchalarning bir so‘z turkumga mansubligi ichki yasalish hisoblansa, suva(o)+q+chi, quri+q+lik kabi turkumlararo yasalish esa tashqi yasalish hisoblanadi. Bu turdagi yasalishda o‘zakka avval tashqi yasovchi, keyin ichki yasovchi qo‘shilishi ham mumkin: suvo+q+chi yasalmasidagi –q tashqi, –chi ichki yasovchi qo‘shimchalardir.
Ba’zi sodda yasama so‘zlarning yasalishi tarixiy va zamonaviyligi bilan ham farqlanadi. Chunki yasama so‘zning tarixiy shaklida zamonaviy yasalmaga nisbatan asos va qo‘shimcha o‘rtasidagi munosabatni ilg‘ab olish qiyin kechadi yoki so‘zdagi ma’noli qismlar o‘z ma’nosini yo‘qotgan bo‘ladi. Shu bois qattiq, silliq, suyuq, emakla, quloqchin kabi tarixiy yasalishga ega so‘zlar hozirgi til nuqtai nazaridan tub so‘z hisoblanadi.
Tarkibli yasama so‘zlarda ikki yoki undan ortiq mustaqil lug‘aviy ma’noga ega bo‘lgan yasovchi asos ishtirok etadi. Masalan: tosh+ko‘mir, jigar+rang, erta+pishar, BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti), AYOQSH (Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchasi) kabilar. Bunday yasama so‘zlar ikki yoki undan ortiq ma’noli qism ishtirokida hosil bo‘lsa ham, yaxlitligicha bitta lug‘aviy ma’no ifodalashga xizmat qiladi.
So‘z yasash usullari. O‘zbek tilida so‘z yasalishining semantik, fonetik, abbreviatsiya, affiksatsiya, kompozitsiya kabi usullari mavjud. Bu usullar davriy nuqtai nazardan ikki guruhni tashkil qiladi: 1) tarixiy (diaxron) uasalish: semantik, fonetik, abbreviatsiya, kompozitsiya usullari; 2) zamonaviy (sinxron) uasalish: affiksatsiya kabilardan iborat.
Semantik usul. So‘zning bir turkumdan boshqa turkumga ko‘chi-shi asosida yangi so‘z yasalishidir. Masalan, sifatning otga ko‘chishi asosida: ko‘k (osmon ma’nosida), erkak, chol, kampir; sodda va juft fe’lning otga ko‘chishi asosida: kurash, kengash, urush, keldi-ketdi, bordi-keldi, qo‘ydichiqdi, yurish-turish, yozuv-chizuv; sonning ravish-ga ko‘chishi asosida: birga(ketmoq), birdan (kirmoq); otning ravishga ko‘chishi asosida: kunduzi, kechasi (qaytmoq), boshda (sezmoq) kabilar shular jumlasidandir. Semantik usul asosida yasalgan so‘zning lug‘aviy ma’nosi yangilanishi bilan bir qatorda uning grammatik ma’no va vazifasi ham o‘zgaradi. Qiyoslang: Mushuk tavadagi go‘shtni oldi-qochdi (fe’l). Oldi-qochdi gaplar hammaning joniga tekkan (sifat).
Fonetik usul. So‘z tarkibida yuzaga keladigan fonetik o‘zgarishlar asosida yangi ma’noli so‘z yasalishidir. Bu usul orqali so‘z yasalishida ikki xil fonetik o‘zgarish natijasida yangi so‘z hosil bo‘ladi: 1) tilning tarixiy taraqqiyoti davomida so‘z tarkibida tovush o‘zgarishi natijasida yangi so‘z hosil bo‘ladi: ko‘r-ko‘z, bo‘y(doq)-bo‘z, bo‘r-bo‘z; 2) so‘z urg‘usining o‘rni o‘zgartirilishi bilan : yangi΄-ya΄ngi (hozir), endi΄-e΄ndi (hozirgina), ho΄zir-hozi΄r.
Abbreviatsiya usuli. Murakkab so‘z birikmalarini turli usullar yordamida qisqartirish orqali yangi so‘z yasalishidir. Masalan, elektron hisoblash mashinasi-EHM, Birlashgan Millatlar Tashkiloti-BMT.
Qisqartma so‘zlarning ba’zilari tilimizda aynan o‘zlashtirilgan holda ishlatiladi: YUNESKO, NATO kabilar shular jumlasidandir. So‘z yasalishining bu usuli o‘zbek tilida rus va boshqa xorijiy tillar ta’sirida o‘tgan asrning boshlarida shakllangan bo‘lib, faqat qisqartma otlar yasalishida ishlatiladi.
Affiksatsiya usuli. Bu usul bilan o‘zakka so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shish orqali yangi so‘z yasaladi. Masalan: o‘r+oq, dars+lik, sez+gir, o‘zbek+cha, tor+ay(moq), mard+ona.
So‘z yasovchi qo‘shimchalar o‘zakka qo‘shilib kelish o‘rniga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: a) so‘z yasovchi ort qo‘shimchalar. O‘zbek tilida so‘z yasalishning asosini tashkil qiluvchi bunday qo‘shimchalar o‘zak-dan keyin qo‘shilib, yangi ma’noli so‘z hosil qiladi. Masalan: o‘t+loq, chiri+k, tosh+qin, ish+chan, arra+la kabilar; b) so‘z yasovchi old qo‘shimchalar o‘zak oldidan qo‘shilib yangi so‘z yasaydi. Masalan: be+tinim, no+to‘g‘ri, ba+ma’ni, ser+harakat, anti+demokratiya. old yasovchi qo‘shimchalar asosan sifat yasovchilar bo‘lib, ularning ko‘pchiligi fors-tojik tilidan kirib kelgan.
Kompozitsiya usuli. Birdan ortiq mustaqil ma’noli o‘zak morfemalarning tobelashgan holda qo‘shiluvi, birikuvi orqali yangi so‘z hosil qilinishidir. Masalan: Mirzachul, gulqand, guldasta, temir yo‘l, qaror qilmoq, ahd etmoq. Bunday yasama so‘zlar ikki yoki undan ortiq mustaqil ma’onli o‘zak morfemalar ishtirokida hosil bo‘lsa ham, yaxlitligicha bitta lug‘aviy ma’no ifodalashga xizmat qiladi. Ular tuzilishiga ko‘ra qo‘shma so‘zlar deyiladi. Kompozitsiya usuli bilan yasalgan qo‘shma so‘zlar ot, sifat, ravish va qisman fe’llarda keng tarqalgan. Ularning qismlari har xil va bir xil so‘z turkumlaridan tuzilishi mumkin. Masalan: Bel+bog‘, asal+ari, olib+chiqmoq kabilar bir xil so‘z turkumlarning qo‘shilishidan, qaror+qilmoq, osma+ko‘prik, tez+oqar kabilar esa har xil so‘z turkumlarning qo‘shilishidan tuzilgan.
Qo‘shma so‘zlar ham tarixiy va zamonaviyligi bilan farqlanadi. Agar qo‘shma so‘z qismlari hozirgi tilga nisbatan eskirgan yoki boshqa tillardan o‘zlashtirilgan bo‘lsa, ular qo‘shma so‘z hisoblanmaydi. Masa-lan: kechqurun, qayrag‘och, biror, odamshavanda, santimetr kabilar hozirgi tilda ma’noli qismlarga ajralmaydigan sodda so‘zlardir. Ba’zi o‘zlashgan qo‘shma so‘zlar ma’noli qismlarga ajralishi ham mumkin: fotokavera, kinoteatr, kinolenta, fotomodel kabilar shular jumlasidandir.
So‘z yasalish usullari haqida ma’lumotlar.
Pape-mashe usulida o’yinchoqlar yasash
Pape-mashe so‘zi fransuz rassomining ism va familiyasidir. Rassom birinchi bo‘lib xamir va qog‘ozni aralashtirib plastilinga o‘xshash massa hosil qilgan‚ bu massani qo‘lda g‘ijimlash orqali tayyorlanadi.
Tayyorlash usuli quyidagicha:
1 qavat o‘rov qog‘oz yoki gazetaga oldindan tayyorlangan suyuq xamirni surib chiqamiz va xamir surilgan qog‘ozni qo‘limizda g‘ijimlab maydalab bir xil massa bo‘lguncha ezg‘ilaymiz. Tayyor bo‘lgan massani bo‘laklarga bo‘lib xohlagan o‘yinchoqni yasashimiz mumkin.
O‘yinchoq yasash davomida barcha haykaltaroshlik usullaridan foydalanishimiz mumkin bo‘ladi. G‘ijimlash usuli orqali o‘yinchoq yasashdan ko‘pincha archa bezaklari yasaladi. Bunda yasalayotgan o‘yinchoq ichiga simdan ilgak joylashtiriladi. Yasalgan o‘yinchoq qurigandan so‘ng qum qogoz bilan ishqalanib, silliqlanadi. So‘ngra oq guash yoki tish pastasi bilan bo‘yab olinadi. Qurigandan so‘ng akvarel bo‘yoq bilan bo‘yaladi va ustidan lak beriladi. Bu usul orqali sabzavotlar, mevalar, hayvon, parrandalar, qushlar, gullar va boshqa narsalarni yasash mumkin.
Pape-mashe usulida «Lagan» yasash
Hozir pape-mashe usulida lagan yasashni ko‘rib chiqamiz. Suvni yaxshi shimadigan ikki xil rangdagi yupqa qog‘ozni olib, uni mayda bo‘lakchalarga bo‘lamiz va yelim, suv tayyorlab olamiz. Lagan sirtiga vazelin yoki moy surtiladi. Oq yupqa qog‘oz bo‘laklarini suvga botirib lagan ustiga tekis qilib suv bilan yopishtiramiz. Navbatdagi qog‘oz qavati esa‚ boshqa oq rangdagi qog‘oz bo‘laklaridan yelimlanadi. Bu o‘z navbatida qog‘oz qavatlarini yanglishib ketishdan saqlaydi. Bu holat 6-7 marotaba takrorlanadi, oxirgi qavatni yopishtirish oq rangdagi qog‘oz bilan tugatilishi kerak. So‘ng 3-4 kun yasalgan buyum yaxshilab quritilgandan keyin sirtidagi qog‘oz qolip ajratib olinadi. Qolipning ichki qismini tekislab, unga xohlagan nusxani‚ masalan‚ paxta guli va boshqalarni chizamiz.
Qog‘oz bo‘laklaridan sabzavot va mevalar, tarvuz – qovunlar yasash
Tarvuz yasash uchun oddiy havo pufagini olamiz-da uni puflab, dumaloq shakl hosil qilamiz. Havo pufagining sirtiga suvda namlangan qog‘oz bo‘laklarini bir tekis joylashtirib chiqamiz. Ustidan PVA yelimini surtib suv shimadigan qog‘oz bo‘laklarini yelimlaymiz. Qog‘oz bo‘laklari ikki xil qog‘ozdan yirtib tayyorlanadi. Navbatma-navbat u yoki bu rangdagi qog‘oz yelimlanadi. Avvalo bir qavat suv shimadigan qavatidan oq qog‘oz va shu tariqa qavatma-qavat yelimlanadi. Ustki qavati tekis bo‘lishi uchun bo‘r maydalanib yelim bilan aralashtiriladi-da surtilib chiziladi: qurigandan so‘ng kerakli bo‘yoqqa bo‘yaladi. Masalan: tarvuzni yashil rangga, qovunni esa sariq rangga va h.k.
Tayyorlash texnologiyasi.
- Emulsiya bo‘yog‘i.
- Sof tuproqdan tayyorlangan loy.
- Gazeta bo‘laklari.
- Suv, un (kleyster tayyorlash uchun).
- Oq qog‘oz.
- Qora duxoba, ozgina oq chit, har xil matolar.
- “PVA” va “Moment” kleylari.
- Bo‘yi 40 sm, eni 2 sm yog‘och.
- Temirli pivo idishi, mix.
- Mochalka (gubka).
- Guash, bo‘yoq‚ mo‘yqalam.
- Leska, mayda qum qog‘oz.
Avval qo‘g‘irchoqning boshini yasaymiz. Buning uchun bizga loy kerak bo‘ladi. Loydan yasalgan kallani bosh tarafidan pastga qaratib quloqlarining o‘rtasidan leska bilan bo‘lib olamiz. Shunda kallaning yuz qismi va orqa qismi paydo bo‘ladi. Silliq faner ustiga yuz tarafini qo‘yamiz. Alohida idishda alebastrni suv bilan aralashtirib tayyorlab olamiz. Loydan yasalgan yuz qismiga ozgina yog‘ surtamiz va tayyorlangan alebastrni quyib qolipni tayyorlaymiz va ochiq havoda quritamiz. Loyning orqa tarafini ham shu yo‘l bilan tayyorlab olamiz. Alebastr qotganda so‘ng ichidagi loyni olib tashlaymiz va qolip ichiga pape-mashe qilib bir necha kavat kogoz yopishtiramiz. Qog‘ozni qolip ichiga yelimlashda oq qog‘ozdan bir necha bo‘lak yelimlaymiz, chunki bosh qismning usti oq rangda bo‘lishi, keyin esa unga tana rangi berilishini hisobga olish kerak. Oldin suv va undan kleyster tayyorlab olamiz. Qolipimiz ichiga 4 qoplam suv bilan qog‘oz bo‘laklarini, so‘ng kleyster bilan gazeta bo‘laklarini yopishtiramiz. Kleyster orqali 6 qoplam hosil qilamiz va ochiq havoga bir kunga qo‘yib qo‘yamiz. Orqa tarafini ham shunday qilamiz. Endi qurigan qolipdagi niqobni olib ustidagi keraksiz qog‘ozlarni yirtib tashlanadi. Niqobning chetiga «Moment» kleydan surtib‚ orqa va oldi qismi yopishtiriladi. Qurigandan so‘ng bir-biriga yopishtirilgan joyiga lenta qilib kesib olingan chitni «PVA» yelimi bilan yopishtiriladi. Kallaning hamma joyini oq qog‘oz va kleyster bilan 2 qatlam pape-mashe qilinadi. Hosil bo‘lgan kalla qurigandan so‘ng dahanning pastki tarafidan qaychi yoki bigiz orqali teshiladi va oldindan tayyorlangan yog‘ochni (40sm) tiqib, kallaning tepa qismidan qoqib mahkamlanadi va ustidan yana bir marta qog‘oz bilan pape-mashe qilinadi. Tayyor bo‘lgan kallani bo‘yash uchun idishga bo‘yoq tayyorlaymiz. Idishga suv, ohak, PVA yelimi solib, yaxshilab aralashtiriladi va qizil, sariq guashdan solinadi. Bo‘yoqni odam tanasining rangiga o‘xshatishga harakat qilamiz. Kalla mayda qum qog‘oz orqali silliqlanadi va tayyorlangan bo‘yoq bilan bosh qism gubkada bo‘yaladi. Bir xil qilib bo‘yashga harakat qilinadi. Buyoq ikkiuch marta beriladi. Bo‘yoq qurigandan so‘ng guash orqali qo‘g‘irchoqning ko‘zi, qoshi va boshqa yuz qismlari chiziladi. So‘ng qora duxoba yoqi qora matodan soch tayyorlaymiz va kallaning bosh qismiga yelimlaymiz. Shunday qilib qo‘g‘irchog‘imizning kallasi tayyor bo‘ladi.
Qolgan qismini tayyorlash uchun andoza orqali qo‘g‘irchoq tanasini oq chitdan kesib, tikib olamiz. Tanasidagi ko‘krak qismiga gubkadan yarim doira shaklida kesiladi va tikiladi. Yeng qismiga qo‘lini tayyor andoza orqali kesib, tikib olinadi va yeng qismiga mahkamlanadi. Tayyor andozadan ko‘ylaklar tikib, kiygiziladi. Bosh qismiga tayyorlangan bo‘yoq bilan qo‘l, oyoq va bo‘yin qismlari bo‘yaladi.
Qotgandan so‘ng «PVA» yelimi bilan yog‘ochga yopishtirib qotiriladi.
Osma kosacha yasash.
- gazeta;
- papirus qog‘ozi;
- qaychi;
- qog‘oz uchun ishlatiladigan idish;
- bita tahsimcha;;
- uchta chashka;
- pufak; – arqon.
Buyumni tayyorlash usuli: Kerakli o‘lchovdagi sharsimon buyumni toping. Koptokcha ish vaqtida dumalamasligi uchun mahkamlab qo‘ying. Tayyorlab qo‘ygan qog‘ozingizdan uchburchaklar qirqib chiqing. Papirus qog‘ozini bir idishga, gazeta qog‘ozini boshqasiga soling. Birinchi qavati faqat suvdan foydalanadi, aks holda tayyor buyum koptokga yopishmaydi, qolgan qavatlarda qog‘oz kleyga botiriladi.
Qavatlar qanchalik ko‘p bo‘lsa‚ shuncha yaxshi.
Qo‘g‘irchoq tasvirini yasash.
Materiallar, gazeta, papirus qog‘ozi, kley, qaychi‚ birlashtirish uchun karton qog‘ozi, bitta taxsimcha, ikkita idish, rangli qog‘oz, mato bo‘yoqlari, yelim, lak, plastilin.
Ishning borishi: plastilinni yumshatib, yuz shaklini yasashni boshlang. Yuz belgilari kattalashtirib yasaladi, chunki qavat-qavat qog‘oz ostida bu belgilar kichiklashadi. Model tayyor bo‘lgandan keyin qog‘ozdan 7,5sm uzunligidagi to‘rtburchak oling. Undan bo‘ynini hosil qilamiz.
Qog‘ozdan ingichka, uzun ploska yirtib birinchi qavatini suv bilan qoplang. Boshchani plastilin bo‘lagi bilan o‘rnating. Boshni avval suvga botirilgan gazeta bo‘laklari bilan qoplang, keyingi qavatini papirus qog‘ozi bilan kleyga ho‘llab yopishtiring, boshni ikkiga bo‘lamiz. Plastilinni olib tashlab, bo‘lagini buklang, yuzini, tanasini rangli bo‘yoqlar bilan bo‘yang va quriting. Sochlarni qog‘oz yoki matodan yopishtirib yasab uni ham yopishtiramiz, uzunligi 10sm li turbochka bo‘ynining ichiga yopishtirib daxanidan 2sm uzoqligida kiritib tiklang. 23sm – A dan V gacha‚ 20sm – S dan daraja bo‘yash kerak. Mashinada aylantirib tikib chiqing. Bo‘ynini va tagini ochiq qoldiramiz. Qo‘lqopning o‘ngini o‘girib, teshigi atrofiga yoqani tikib chiqamiz‚ boshini bo‘yniga mustahkam qilib yopishtiramiz. Shu tarzda boshqa persanajlarni ham yasash mumkin.
Muallif: Xasanova Sh.T.
Qiziqarli malumotlar
Pape-mashe usulida o’yinchoqlar yasash