PANJOBI

PANJOBI

PANJOBI, panjob tili — hind (hind-oriy) tillaridan biri. Hindistondagi Panjob shtatining rasmiy tili; shuningdek, Pokistonning ayni nomdagi viloyatida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 90 mln. kishidan ortiq (Hindistonda 30 mln. ga yakin, Pokistonda 60 mln. dan koʻproq). Asl Panjobi (sharqiy Panjobi) bir qancha laxjalarga boʻlinadi; ularning asosiylari: majhi (adabiy tilga asos boʻlgan) va dogri (alohida xususiyatlarga ega boʻlib bormoqda). Unga lingvistik adabiyotlarda «lahnda (lendi)» degan umumiy nom olgan gʻarbiy panjob tillari va lah-jalari qoʻshilib ketadi.

Ensiklopediya.uz
PANJOBI