PANJAKENT

PANJAKENT

PANJAKENT, Panjikent — Tojikistonning Sugʻd viloyatidagi shahar (1953-y. gacha shaharcha). Zarafshon daryosi vodiysida, Samarqanddan 68 km jan.-sharqda. Aholisi 30 ming kishiga yaqin (1990-y. laroʻrtalari). Oltin ruda k-ti, oziq-ovqat (vino, sut, tamaki-fermentatsiya, konserva z-dlari, goʻsht, sholi-un k-tlari) sanoati mavjud. Tarix-oʻlkashunoslik muzeyi, pedagogika bilim yurti bor. Hoz. Panjakentdan 1,5 km jan.-sharqda qad. Panjakent shahri xarobalari joylashgan. Uning mayd. 13,5 ga, shahriston, koʻhandiz, rabod va kabristondan iborat. Panjakentni 1938—40 y. larda arxeolog V. R. Cheylitko tekshirgan. Shahar xarobalarini muntazam oʻrganishni A. Yu. Yakubovskiy 1946-y. dan boshlab ber-di, 1953-y. dan tekshirish ishlarini A. M. Beleniskiy davom ettirdi. Shahristondan koʻp koʻcha tarmok/tri, Xom gʻisht va paxsadan qurilgan 2 qavatli ayvonli turar joy binolari, xunarmandchilik ustaxonalari va doʻkonlar qoldigʻi topildi. Shaxriston markazida 5—7-a. larga oid ibodatxona koʻrinishida 2 ta bino boʻlgan. Shahar devoridan gʻarbda uch qavat istehkom bilan oʻralgan koʻhandiz joylashgan. Shahardan sharqsa esa 2 qavat uyli hovlilar (chorbogʻlar) boʻlgan. Koʻx. andizda qamal vaqtida yashashga moʻljallangan mustahkam minora (donjon) va hokim saroyi joylashgan. Arxeologik qazishlar jarayonida Panjakentdan bir necha ming jez va kumush tanga topilgan. Bulardan Panjakentda zarb qilingan sugʻd tangalari alohida qimmatga ega. Sopol parchalariga sugʻd tilida va kamdan-kam arab tilida tush-siyoxda yozuvlar bitilgan. Kupchiligi yongin paytida kuyib ketgan sopol haykallar, oʻyib ishlangan yogʻoch shakllar, shuningdek, har xil mazmundagi manzaralar tasviri va naqshgul solingan yogʻoch gʻoʻlalar topildi. Aynik,sa, devorlarga ishlangan rasmlarda — oqsuyaklar bazmlari, diniy marosimlar, ov, janglar manzaralari va mifologik shakllar tasvirlangan. Shahar 5—8-a. oʻrtalarida ravnaq topgan, 8-a. 1-choragida shaharni arab bosqinchilari vayron qilgan. 8-a. 2yarmida Panjakent butunlay xarobaga aylanib, aholi yashamagan. Qad. Panjakent asosida muzeyqoʻriqxona tashkil etilgan.

Ensiklopediya.uz
PANJAKENT