PANAMA BOʻYNI
PANAMA BOʻYNI — Markaziy Amerikaning Panamadagi eng tor qismi, Shim. Amerika va Jan. Amerika mate-riklarini bir-biri bilan birlashtirib turadi. Atlantika okeanining Karib dengizi va Tinch okeanning Panama qoʻltigʻi oʻrab turadi. Eng keng joyining eni 48 km. Sertepa tekislik boʻlib, eng baland joyi 180 m, suvay-irgʻichning eng past joyi 87 m. Tropik oʻrmonlar va savannalar bor. P. b. orqali Panama kanali qazilgan.
Ensiklopediya.uz
PANAMA BOʻYNI