PALOV

PALOV

PALOV — milliy taom turi. Pishirish usulining xilma-xilligiga va ishlatiladigan masalligʻining turiga qarab Palovning 40 dan ortiq turi bor. Mac, qovurma Palov, ivitma Palov, mayizli Palov, bedana P., qazi P., behili Palov, toʻgʻrama Palov, toʻy P., qiyma Palov, va b. P. ning sofaki Palov (Samarqand viloyati), qorma Palov (Qashqadaryo), suzma P. (Xorazm), ugra Palov (Surxondaryo) va b. turlari bor. Palov tayyorlashdagi asosiy jarayonlar: a) yogʻ dogʻlash (yogʻni qozonga solib, oq tutun hosil qilguncha qizdirish); b) zirvak pishirish; v) guruch solish. Guruch terib tozalanib, iliq yoki sovuq suvda 3—4-marta yuviladi. Guruch zirvak yuziga bir tekis qilib solinadi va suv quyiladi. Guruch solingach, choʻgʻsiz kuchli alanga berib, qozon yuzasini bab-baravar qaynatish kerak, aks holda palov «tirik» boʻlib qoladi. Guruch suvni batamom tortgandan soʻng, guruchni kapkir bilan qozonning oʻrtasiga gumbaz qilib oʻyib, damchoʻp suqiladi va damtovoq bilan jips yopib 20 min. cha damlanadi.

Ensiklopediya.uz
PALOV