PALEOGEOGRAFIYA
PALEOGEOGRAFIYA (paleo… va geografiya) — Yer va Yer poʻstining oʻtgan geologik zamonlardagi tabiiy geografik holatini oʻrganadigan fan, tarixiy geologiyaning bir qismi. Paleogeografiyaning asosiy vazifasi qad. davrlardagi quruklik va dengizlarning joylashishi, chuqurligi, suvning shoʻrligi, suv osti relyefi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, yer landshafti, iqlimi, quruqlik va dengizlarda sodir boʻlgan fizikkimyoviy hamda tabiiy-geografik jarayonlarni tadqiq qilishdan iborat. Paleogeografiya togʻ jinslari, ulardagi organik qol-diqlarning tarkibi, strukturasi, teksturasi, joylanishi va b. ni batafsil oʻrganishga asoslanadi. U fatsiyalar haqidagi taʼlimot, litologiya, stratigrafiya, tektonika, paleontologiya, paleoekologiya, paleoiqlimshunoslik, geokimyo va geofizika bilan uzviy bogʻliq.
Ensiklopediya.uz
PALEOGEOGRAFIYA