PALAU
PALAU (Palau), Palau Respublikasi (The Republic of Palau) — Tinch okeanning gʻarbiy qismidagi Karolina orollari turkumidagi 8 ta yirik orolda joylashgan davlat. Baʼzan Belau deb talaffuz etiladi. Orollarning eng kattasi — Babeltuap o. Mayd. 508 km2. Aholisi 19,4 ming kishi (2002). Maʼmuriy-hududiy jihatdan 16 shtat (state)ra boʻlinadi. Poytaxti — Koror sh.
Ensiklopediya.uz
PALAU