PЕNSIYAGA CHIQISH UCHUN MЕHNAT STAJI YETMASA NIMA BO‘LADI. to’liq malumot oling
PЕNSIYAGA CHIQISH UCHUN MЕHNAT STAJI YETMASA NIMA BO‘LADI.
⚡️SAVOL;
Meni yoshim 54 da. Ayollar yoshga doir pensiyaga chiqish uchun kamida 20 yil stajga ega bo‘lishi kerakligini bilaman. Meni xozirgi mehnat stajim 11 yil. Kelasi yili men pensiya yoshiga yetaman. Shunda meni pensiyaga chiqishim qanday bo‘ladi. 11 yillik stajim bilan xam pensiyaga chiqsam bo‘ladimi ?
⚡️JAVOB;
O‘zbekiston Respublikasining 03.09.1993 yildagi 938-XII-son «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonuni 7-moddasida, yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladi deb ko‘rsatilgan.
✅ Yuqoridagi qonunning 8-moddasida esa, pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga yoshga doir pensiya tayinlanishi uchun o‘sha shaxs kamida 7 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi kerakligi ko‘rsatilgan va eng kamida 7 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan shaxslarga yoshga doir pensiya bor stajiga mutanosib ravishda tayinlanadi deb belgilangan.
✏️ Bu nima degani, bu agar siz 7-moddada ko‘rsatilganidek 20 yil mehnat stajiga ega bo‘lmasangiz xecham xijolat bo‘lmang degani. Pensiya sizni o‘sha 11 yillik ish stajingizga mos ravishda tayinlanaveradi degani. Faqat 20 yil to‘liq ishlagan shaxs 20 yillik staji uchun 20 so‘m pensiya olsa, siz pensiyani 11 yillik stajingizga qarab 11 so‘m olasiz bo‘ldi. Farqi shunda.
Yuridik
PЕNSIYAGA CHIQISH UCHUN MЕHNAT STAJI YETMASA NIMA BO‘LADI.