PЕNSIYA OLISH UCHUN XAM MUROJAAT QILISH KЕRAK. to’liq malumot oling

PЕNSIYA OLISH UCHUN XAM MUROJAAT QILISH KЕRAK. to’liq malumot oling

PЕNSIYA OLISH UCHUN XAM MUROJAAT QILISH KЕRAK.

⚡️ Savol; Men shu yilni avgust oyining 10 sanasida yoshga doir pensiya yoshiga to‘ldim. Orada ishlarim ko‘payib ketib pensiya olish uchun murojaat qilolmadim. Endi manashu noyabr oyida murojaat qilsam pensiya jamg‘armasidagilar sizga shu oydan boshlab pensiya tayinlanadi deb aytyabdi. Men avgust oyida pensiya yoshiga yetgan bo‘lsam menga o‘sha avgust oyidan boshlab pensiya tayinlanishi kerak emasmidi ?

⚡️ Javob; «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 47-moddasiga ko‘ra, yoshga doir pensiya — agar pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab oltmish kun ichida uni so‘rab murojaat etilgan bo‘lsa, pensiya yoshiga to‘lgan kundan e’tiboran tayinlanadi. Boshqa barcha hollarda pensiya murojaat etilgan kundan e’tiboran tayinlanadi deb ko‘rsatilgan.

✏️ Buni sodda tilga tarjima qiladigan bo‘lsak, agar siz pensiya yoshiga to‘lgan kuningizdan boshlab ikki oy ichida ya’ni, 10-avgustdan 10-oktabrgacha bo‘lgan oralig‘da Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga murojaat qilganingizda sizga o‘sha 10 avgustdan boshlab pensiya tayinlangan bo‘lar edi. Siz o‘sha ikki oylik muddatni o‘tkazib yuborib keyin murojaat qilganingiz uchun sizga murojaat qilgan kuniningizdan boshlab pensiya tayinlanadi.

✏️ Agar siz oltmish yoshda pensiya yoshiga to‘lsangizu 70 yoshga kirganingizda pensiya olish uchun ariza bersangiz xam farqi yo‘q sizga 70 yoshingizdan boshlab pensiya tayinlanadi va o‘tgan vaqt uchun pensiyangizni ololmaysiz.

Yuridik
PЕNSIYA OLISH UCHUN XAM MUROJAAT QILISH KЕRAK.