Ozoda Nursaidova — Bemor qiz nolasi

Ozoda Nursaidova — Bemor qiz nolasi Siz keltirib dunyoga, nima ko`rdim, onajon? Otalarni oridan judo qilma, Xudoyim, Siz ham, biz ham omonat, oy osmonda boqiydir, Yerda qolgan qushmasman, don kerakmas, otajon, Otalarni oridan judo qilma, Xudoyim, Qizim, degan shonimni qidirib yashayabman, Ko`changizdan tobutda yulduz bo`lib o`tarman, Otalarni oridan judo qilma, Xudoyim, Ado qilma Xudoyim, gado qilma Xudoyim,
Ozoda Nursaidova — Bemor qiz nolasi
DO`STLARGA ULASHING:
Jonni tutib jafoga, gina ko`rdim, otajon.
Bir qiz bo`lib silkinib, yerda yayrab yurmadim,
Mehringizga intilib, oyog`imda turmadim. {x2}
Oyog`imda turmadim…
Farzand bersang, mehrga gado qilma, Xudoyim.
Onalarni oridan judo qilma, Xudoyim,
Farzand bersang, mehrga gado qilma, Xudoyim.
Qilmas sira xiyonat, quyosh nurga soqiydir.
Go`sht ko`rmagan tishmasman, non kerakmas, otajon.
Yerda qolgan qushmasman, don kerakmas, onajon,
Go`sht ko`rmagan tishmasman, non kerakmas, onajon.
Farzand bersang, mehrga gado qilma, Xudoyim.
Onalarni oridan judo qilma, Xudoyim,
Farzand bersang, mehrga gado qilma, Xudoyim.
Men jismimdan jonimni sidirib yashayabman.
Otasidan or qilgan-ey bir qiz bo`lib o`tarman.
Ko`changizdan tobutda yulduz bo`lib o`tarman,
Onasidan or qilgan-ey bir qiz bo`lib o`tarman.
Farzand bersang, mehrga gado qilma, Xudoyim.
Onalarni oridan judo qilma, Xudoyim,
Farzand bersang, mehrga gado qilma, Xudoyim.
Judo qilma Xudoyim, gado qilma Xudoyim.
Ozoda Nursaidova — Bemor qiz nolasi