Ozishga xalal beradigan 4 odat

Ozishga xalal beradigan 4 odat
ozishga xalal beradigan 4 odat 660d46f621d58

t 800x420 1

Ozishga xalal beradigan 4 odat

DO`STLARGA ULASHING:

Ozishga xalal beradigan 4 odat

Qancha parhez tutmasin, mashq qilmasin, ozishga qiynaladigan odamlar juda ko’p. Chunki bu odamlar ko’pincha quyidagi xatolarga yo’l qo’yadi:

1. Uyqu rejimiga amal qilmaslik.
To’yib uxlamagan odamda stress gormonlari oshib ketadi. Stress ko’paydi degani — semirishga moyillik ortti degani.

✅ Yechim: Har kuni bir vaqtda uxlashga va uyqu soatini kamida 6 soatga yetkazishga harakat qiling. Eng maqbul tartib: soat 23:00 gacha uyquga yotish va 6 da uyg’onish.

2. O’zi bilmagan holda ko’p shakar iste’mol qilish.
Shakar deganda faqat kiloli shakar va shirinliklarni tushunmang. Aslida, sous va ketchuplarga, energetik ichimliklarda hatto muzqaymoq va shokoladdan ham ko’proq shakar moddasi bo’ladi.

✅ Yechim: Shakar va shakar oilasiga mansub konsentratlarni bilib oling va har bir oziq-ovqat tarkibini tekshiring. Imkon qadar faqat tabiiy ozuqalarni iste’mol qiling.

3. Ovqatlanish vaqtida telefon yoki televizorga chalg’ish
Ovqatlanish vaqtida diqqat bo’linsa, inson to’yinganlikni his qilmaydi. Xalq tilida aytganda, odamning yegani «ichiga tushmaydi». Oqibatda, keragidan ortiq taom yeyish va kaloriyalarni ko’paytirib olish mumkin.

✅ Yechim: Ovqatlanish vaqtida televizorni o’chiring, telefonni esa boshqa xonaga olib chiqib qo’ying. Taomni kamida 10-15 marta chaynab yeyishga odatlaning.

4. Sport bilan «sillasi quriguncha» shug’ullanish.
Har kuni bir xilda intensiv mashq qilish tanani holdan toydiradi. Organizm tiklanishga ulgurmaydi. Odatda, 1 hafta har kuni tinmay mashq qilgan odam keyingi haftada sportni tashlab qo’yadi va bu tanaga salbiy ta’sir qiladi.

✅ Yechim: Haftaga 3 kun kuchga yo’naltirilgan mashqlarni bajarsangiz, qolgan kunlari tanadan charchoqni oladigan va asablarni tinchlantiradigan mashg’ulotlarga qatnashing. Bu stressni kamaytirish va sportga nisbatan ijobiy emotsiyalarni uyg’otishga ham yordam beradi.

Bir vaqtda bir necha xil mashg’ulotlarga qatnab, ortiqcha to’lov qilishni istamasangiz, 1Fit’dan foydalaning. Ilovada o’zingizga ma’qul sport turlarini albatta topasiz:
https://1fit.onelink.me/wwrq/cg5at3pl

Ozishga xalal beradigan 4 odat