Ozish uchun Xitoy dorilari

Ozish uchun Xitoy dorilari

Ozish uchun Xitoy dorilari

DO`STLARGA ULASHING:

Xozirda butun dunyoda tez ozdiramiz deb vaʼda berib, insonlarni sogʼligʼiga va moddiy xolatiga zarar yetkazayotgan FIRIBGАRlar juda koʼp. Ularning baʼzilarining maxsuloti xaqiqatdan taʼsir qilgandek boʼladi. Аmmo bu ozishning oqibatida, koʼp bemorlarda bir umrlik boshqa kasalliklar paydo boʼlmoqda. Ozish jarayoni xaftasiga 1 kilogrammdan oshiq boʼlmasligi zarur. Bundan oshiq boʼlishi ozishdan keyingi qisqa muddatda «rikoshet” semirishga sabab boʼladi.

Shuning uchun avvalo bir muxim maʼlumot: XECh QАChON DORI MАXSULOTINI MАLАKАLI, TАJRIBАLI, YeTUK VА INSOFLI ShIFOKORning maslaxatisiz isteʼmol qilmang!!!

Bizning dasturdagi dori vositalari faqatgina tanishib, maʼlumot olish uchun xolos. Bu dorilarni oʼzboshimcha ichish juda koʼp asoratlar keltirib chiqarishi, xatto XАYoTGА XАVF solishi xam mumkin!!!

Xitoyda ishlab chiqarilgan, tarkibi noʼmalum dorilar. Bularni umumlashtirib, uch guruxga boʼlish mumkin:

· Sellyulozali maxsulotlar. Bular inson ichini suradi va shu orqali ozish kelib chiqqandek boʼladi. Bularda koʼpincha turli allergiyalar va uzoq ich surilganligi uchun koʼplab mineral moddalar xamda vitaminlar yetishmovchiligi kelib chiqadi. Bularni ichish umuman tavsiya etilmaydi. Аrpa, suli va tariq yormalarini isteʼmol qilish bularni oʼrnini 100% ga egallashi mumkin.

· Yogʼ blokatorlari. Turli yogʼ blokatorlarini jamlanmasi boʼlib, asosan yogʼli ovqat isteʼmol qiladiganlarga yordam berishi mumkin. Bularning taʼsirida ich surilishi, axlatni oʼta yogʼli boʼlishi, qorin dam boʼlishi, jigar va buyrak faoliyati buzilishi kuzatiladi. Bu dorilarning aniq taʼsir mexanizmi va nojoʼya taʼsirlari nomaʼlumdir. Shuning uchun ularni ichishdan extiyot boʼlish kerak.

· Ishtaxani pasaytiruvchilari. Bular ENG xavflisi xisoblanadi. Ularning tarkibida efedrin va baʼzi narkotik taʼsirga ega boʼlgandari xam mavjud. Ularni isteʼmol qilganda quyidagi belgilar paydo boʼlishi mumkin: bosh ogʼrishi, qon bosimi oshishi, yurak oʼynashi, yurak tez urishi, uyqusizlik, asabiylik, qoʼzgʼaluvchanlik va doriga oʼrganib qolishlik.

Ozish uchun Xitoy dorilari