O’zi qaysi dasturchilar ko’p pul topadi?
Pubg ga o’xshash oʻyinlarni yozadiganlarmi yoki chatGpt ga o’xshash aqlli va foydali dasturlarni yozadigan dasturchilarmi? Frontend dasturchilar yaxshi oylik oladimi yoki bekend dasturchilarmi? Yoki Suniy intelekt yozadiganlar xammasidan ko’p daromad qilishadimi?
Umuman qaysi dasturchilar ko`proq pul topishadi yoki koʻcha tilida aytganimizda qaysi dasturchilar ko’proq soqqa qilishadi.
Dasturlashni ichiga kirmoqchi yoki ichida yurgan bo’lsangiz shu kabi savollarga xech bo’lmasa bir marta bo’lsa xam to’qnash kelgansiz
Haqiqatdan ham qaysi dasturchilar ko’p pul ishlashadi,
qaysi dasturchilar ko’p oylik oladi.
Agar dasturlash yo’nalishini tanlash paytida siz vakansiyalardagi ko’rsatilgan summalarga e’tibor berayotgan yoki qaysidir saytlarda ko’rsatilayotgan reytinglarga qarab yo’nalish tanlayotgan bo’lsangiz ozgina shoshilmasligizni maslahat beraman
Har xil saytlardagi summalarga qarab bir yo`nalishni oxirigacha o’rganmasdan texnologiyadan texnologiyaga sakrash bu dasturlashni o’rganuvchilar uchun eng katta xatolardan biri hisoblanadi chunki oʻrganuvchi texnologiyani boshlaydi uch oycha o’rganadi lekin qaysidir e’londa qaysidir vakansiyada kattaroq summani ko’rib aynan o’sha vakansiyaga mos boshqa texnologiyalar stegini o’rganishga o’tib ketadi va natijada na u texnologiyada na bu texnologiyada mukammal bilimlarsiz qoladi va yetarlicha vaqt ham yo’qotadi
Tajribamda shunday holatlar bo’lganki kompaniyamiz junior uchun vakansiyalar e’lon qilganida shunaqa junior dasturchilar kelganki ularning ba’zilari 2 ta bazilari hatto 3ta 4ta dasturlash tilida kod yozishi mumkinligini aytishgan.
Junior uchun zo’r natija. lekin texnik suhbatdan keyin shu ma’lum bo’ldiki juda ko’plari sanab o’tgan dasturlash tillarda shunchaki hello worlddan uyog’iga o’tisha olishmaydi.Ko’plari o’zi o’rgangan narsasini ozgina bo’lsa xam mag’ziga yetib borishmagan bunga xarakat xam qilishmagan . Chunki o’zlari qiziqib yoqtirgani uchunmas balki summalarga qiziqib o’rganishgan va maqsad mukammal o’rganib tugatishmas tezroq shu summali oylikka erishish bo’lgan.Bu to’grisi achinarli.Tanlashda summalarga emas qiziqib yoqtirgan , o’zizgizni intelekt va didingizga mosroq texnalogiyada to’xtashingiz kerak
Tasavvur qiling sizga Yaponiyadan oyiga 4000 dollarlik ish taklif qilishyapti lekin buning uchun siz 6 oy mobaynida qiynalib yapon tilini o’rganishimiz kerak ishga borgan taqdiringizda ham bu ish umuman siz uchun yoqmaydigan ish deylik .
Oyligingiz yaxshi lekin o’zingiz xoxlamagan ishga har kuni ertalab borishingiz kerak bu ish o’zingizga yoqmagani uchun ishda biror bir yangilik qilishiz yoki o’z ustingizda ishlab yangi narsalarni o’rganishingiz amrimahol. dunyoda yuz minglab balki millionlab odamlar xuddi shu tarzda ishlashadi. ya’ni o’zlari xohlamagan ishga har kuni ertalab turib borishadi va kechki payt qaytib kelishadi.Siz xam bular safiga qo’shilasiz Ishxona zombilari yoki ofisniy plaktonlar soni yana bittaga oshadi
Dasturlash bu faqatgina kasb yoki pul topish manbai emas balki bu hobby yoki san’at deyishimiz ham mumkin. Rassomlar chiroyli suratlar chizib kompozitorlar esa chiroyli musiqalar bastalab san’at asari tayyorlashadi.Dasturchi ham o’z tajribasi hamda logikasiga tayangan holatda san’at asarlari yani dasturlar yozadi va shu sanatiga qarab pul topadi.
Gap bu yerda dasturlash tilining o’zida ham emas. Dasturlash tili bu oddiy instrument. Agar biror instrumentni bilmaydigan insonni qo’liga bersangiz baribir u ishlata olmaydi .
Rasm chizolmaydigan insonga qimmat mo’yqalam va chiroyli ranglar bersangiz ham u baribir biror narsani eplab chizib berishi katta ehtimol
Talantli rassomni qoʻliga oq qogʻoz bilan bir parcha koʻmir bersangiz ham mana shu qora koʻmir bilan oq qogʻozga chiroyli rasm chizib bera oladi. Sotib oluvchi uchun albatta shu rasm qimmatliroq bo’ladi deb o’ylayman. Ko’mir bilan chizilgan bo’lsa ham bu rasm 5000 dollarga sotilishi mumkin chunki hozirda shunday noodatiy nostandart san’at asarlari trendga chiqib boryapti.
Demak gap instrumentamas balki aynan mana shu instrumenti ushlab turgan qo’llarda ya’ni gap-o’zingizda
Biror ishni ustasi bo’lsangiz albatta o’z o’rningizni topasiz va qayerda bo’lsa xam sizga xaridorlar chiqadi .Xattoki Qandaydur bemani yoki befoyda narsani o’ylab topsangiz xam sizga xayrixohlar va shuni sotib oladigan insonlar topiladi
Agar bu ish foydali va mukammal ,professional darajada chiroyli qilingan bo’lsa albatta bu ish uchun yaxshi haq olishingiz mumkin
Xullas o’z tanlagan yo’nalishingizda yaxshi mutaxasis bo’lsangiz shunga yarasha sizni qadrlashadi va shunga qarab sizga moliyaviy takliflar berishadi. Yaxshi o’sadigan , intiluvchan kadr barcha sohalarda xam qimmatli bo’lib qolaveradi. Buning uchun dunyodagi barcha dasturlash tllarini o’rganib xamma kodlarni yodlab chiqish shart emas. HTMl va CSS ni o’zini bilsangiz xam agar mukammal va chiroyli ishlar qila olsangiz xam verstalshik sifatida uncha muncha junior mobil yoki junior backend dasturchidan yaxshi pul topib qo’yishingiz mumkin.
Xattoki ofis dasturlari word,excel va power pointni mukammal o’rganib , puxta ishlab o’z ishingizni sanat darajasiga olib chiqsangiz albatta sizning ishlaringizni qadriga yetib yaxshi xaq taklif qiluvchi insonlar topiladi
Gapni indallosi qaysi dasturchilar yaxshi pul topadi degan savolga «O’z ishini yaxshi eplaydigan dasturchilar» desak to’g’ri bo’ladi.
Buning uchun tajriba kerak uni qayerdan olaman deb o’ylanayotgan bo’lsangiz buni yechimlari ko’p.
Boshlanishida tez va ko’p pul topishga shoshilmang . Oldinlari shogirdlar 3-4 xattoki 5-6 yillab 1 so’m pul topmay ustasini oldida yurgan .Xozir buni tasavvur qilish qiyin albatta , ayniqsa IT sohasida. Boshida bepulga yoki tekinga bo’lsa ham birorta IT kompaniyaga ishga kiring . Yoki birorta tadbirkor qarindosh yoki tanishingizni ishxonasida mavjud muammolarga dasturlash yordamida birorta yechim bering buni ozroq pulga yoki bekorga qilib berishingiz xam mumkin . Bahonada tajribangiz ortadi portfolioingiz uchun +1 ta loyiha qo’shib olasiz
Dasturlashni o’rganib tugatgan kuningiz sizga GooGledan ishga taklif kelib tushmaydi. Bu og’ir bo’lsa xam xaqiqat.
Biroq Googledan pochtangizga taklif kelib tushshi xam mumkin bu faqat o’zingizga bogliq. Shunchaki o’z yo’nalishingizda eng yaxshisi bo’ling aslo 2-raqamli bo’lishga rozi bo’lmang.
Fikrlar subyektiv xulosa xar kimni o’zidan !
Umumiy Dasturlash
O’zi qaysi dasturchilar ko’p pul topadi?