O’zbekzabon kommunitylari va soqqakashlik haqida yuz gram
Uzunquloq gaplarga qaraganda It(it deb o’qilsin)-park tomonidan O’zbek kommunitylarni yig’ib koloboratsiya qilishga urinish bo’lgan, qiziq tomoni kommunitylarni linkedinga (suqa, karyera leveli) olib chiqib biznes modelga o’girish hakatini asti qo’yaverasiz.
Nega ming yildirki odam bo’lmaysan ey xalq. Qaysidir katta kompaniyada ishlab kelgan desa rahbarlik darajasiga ko’tarib qo’yaveramizda, oxiri hammayoqga shu rahbar degani chichishni boshlaydi. Hech kim o’ylab ko’rmaydi balkim shu katta kompaniyada oddiy pol yuvuvchi bo’lib ishlab kelgandir?!
Kommunitylarni biznes modelga o’girish bu odamzotning yadro qurolini ixtiro qilishidan farqi bo’lmagan narsa:
1. Bu narsani umuman injineringdan xabari yo’q odam aytishi
2. Xuddi shu injineringdan xabari yo’q odammi o’z gapida tutrug’i yo’qligi (bir qarasa dasturlashni o’rganish deydi, bir qarasa bir necha yil o’tib dasturchi kerakmas)
3. Kommunitylar shu kunchaga biznes modelga aylanmagani sababli biznesni o’zi gullab boryapti (menga kommunitysiz va opensourcesiz rivojlangan ayti biznes modelni ko’rsata olmaysiz)
Kommunity degan joy chisto yong’oqni shaqur-shuquriga qarab rivojlanadi. Undan asosiy maqsad odatda o’rganish va o’rgatish xolos. Shuningdek eng yaxshi bilim almashish modeli (Meni o’zimda xinuxda nimadir so’rab qolishsa bilmasam xotya google qilib ko’raman, demak uyerdagilar meni o’rganishga majburlayapti). Biznesda esa bu tushunchalar ish bermaydi, biznes bu yovvoyi maydon, u yerda yashash uchun kurash bor xolos. Biznes pul olib kelmaydigan har qanday narsani o’limga mahkum etadigan maxluq.
Iltimos Shavkat aka, bir amallab rivojlanayotgan O’zbek kommunitylarni ketizga tiqmang. Siz SEO bo’lib ishlab kelgansiz, injiner emas. Sizdan yaxshi gap sotuvchi chiqadi, lekin muhandis emassiz. Muhandislar ogorotiga aralashmaganingiz maqul, ba’ribir aqlingiz yetmaydi bu tomoniga. Injiner degani sevimli ishini butun umr shunchaki qilishga tayyor odam.
Manba:
Boshqalar
O’zbekzabon kommunitylari va soqqakashlik haqida yuz gram