O`zbekistonning 14 hududiga 14 ta ta`rif

O`zbekistonning 14 hududiga 14 ta ta`rif

O`zbekistonning 14 hududiga 14 ta ta`rif

Mundarija скрыть
O`zbekistonning 14 hududiga 14 ta ta`rif
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Viloyatlarimizga har qancha ta’rif berilsa kam. Quyida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimiz poytaxti, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarga bergan ta’riflari bilan tanishasiz.
7135e1fe3d2219049629c8fa818b6ae1 scaled
  • Toshkent – Sharq darvozasi, deb nom olgan, ulkan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy mavqega ega bo’lgan, fan, madaniyat, ijod, ilm-ziyo salohiyati yuksak ravnaq topgan, butun jahon miqyosida tan olingan mamlakatimizning bosh shahridir.
  • Buxoro qadim— qadimdan sheryurak bahodirlar, mard pahlavonlar yurti bo’lib kelgan. Bugun dunyo miqyosida e’tirof etilayotgan o’zbek milliy kurashining vatani ham shu zamindir.
  • Surxon vohasi haqida gap borar ekan, avvalombor, bir tomoni archazor tog`lar, bir tomoni bepoyon dalalardan iborat go’zal, quyoshli bir o’lka, shu o’lkada yashayotgan, o’zining kuch-qudratiga ishongan, o’ziga to’q el-yurt ko’z o’ngimizda namoyon bo’ladi. Mana shu go’zal, har tomonlama betakror yurtda yashaydigan mehnatkash, bag`rikeng xalqni, ochiq ko’ngil, qalbi qaynoq odamlarni tasavvur etamiz.
  • Toshkent viloyati deganda, ko’z oldimizda Chotqol, O’g`am, Chimyon kabi tog`lari, serhosil dalalari, ulkan sanoat korxonalari, zamonaviy shaharlari, fayzli qishloqlari, so’lim bog`-rog`lari bo’lgan go’zal bir voha namoyon bo’ladi.
  • Qashqadaryo – mamlakatmizning ko’p-ko’p tabiiy zaxiralari joylashgan hududlaridan biri, ulkan imkoniyatlarga ega bo’lgan makondir. Va o’z yurtini obod etib, shu vohaga sadoqat bilan yashayotgan mard va jasur insonlar Vatanidir.
  • Samarqand – xalqimiz, millatimiz dovrug`ini butun dunyoga taratgan, ming-ming yillik tarixga ega ilohiy maskanimizdir.
  • Navoiy viloyati deganda, bu go’zal vohaning betakror tabiati, cheksiz cho’li va dalalar, bepoyon yaylovlar bilan birga, ulkan sanoat mintaqasi ko’z o’ngimizda namoyon bo’ladi.
  • Sirdaryo tarixi – xalqimiz tarixining uzviy bir qismi sifatida uzoq va qadimiydir.
  • Andijon deganda, ko’z o’ngimizda buyuk inson, ulkan shoir va mutafakkir, davlat arbobi, temuriylar avlodi Zahiriddin Muhammad Bobur gavdalanadi.
  • Farg`ona viloyati respublikamizning tayanch tog`laridan biri hisoblanadi.
  • Namangan xalqi o’ziga xos xususiyatlarini, o’z tarixi, an’ana va urf-odatlarini, betakror shevasini asrlar mobaynida saqlab kelmoqda. Bu xalq o’zining mehnatsevarligi, odamiyligi, xushmuomalasi, mehr-oqibati bilan kishida havas uyg`otadi. Namanganliklar hatto murg`ak farzandini ham «sen” demaydi.
  • Jizzax vohasining go’zal va betakror go’shalarini, Baxmal va Zomin manzaralarini, Forishning baland tog`larini bir bor ko’rgan kishi, bu joylarga maftun bo’lib qolishi muqarrar.
  • O’zbekistonning istiqboli –  Qoraqalpog`istonning istiqboli, Qoraqalpog`istonning istiqboli – O’zbekistonning istiqboli, desak xato bo’lmaydi.
  • Xorazmning shonli tarixi bizda o’tmish merosimiz bilan haqli ravishda faxrlanish tuyg`usini uyg`otadi. Chunki Xorazm tarixi o’zbek davlatchilik tarixining uzviy qismidir, uning qudrati va qadimiyligi timsolidir.

O`zbekistonning 14 hududiga 14 ta ta`rif