O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini eksport qilib, onlayn to‘lovlar qabul qilishi mumkin bo‘ldi

O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini eksport qilib, onlayn to‘lovlar qabul qilishi mumkin bo‘ldi

O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini eksport qilib, onlayn to‘lovlar qabul qilishi mumkin bo‘ldi

Mato.uz — internet do’konining asoschisi Muzaffar A’zamov o’zining Facebook sahifasida o’zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini eksport qilib, xorijiy valyutada onlayn to’lovlar qabul qilishi uchun bosib o’tiladigan yo’l haqida ma’lumot berdi.

U jarayonni mato.uz misolida ko’rsatgan va xorijiy valyutada internet ekvayring ham endi har bir ishlab chiqaruvchining imkoniyatlari doirasidaligini ma’lum qilgan. Muzaffar A’zamov bu ishni amalga oshirishi uchun 291 kun sarflagan. Ammo uning ta’kidlashicha, jarayon qanday amalga oshirilishini bilib, bunga 1-2 haftada ham erishish mumkin.

Internet ekvayring — bu plastik karta yoki elektron qurilmalardan terminal yoki onlayn to’lovlar qabul qilish.

Mato.uz uchun O’zbekiston Milliy Banki taklif qilayotgan imkoniyatdan foydalanilgan. Biroq Muzaffarning postida Ipak yo’li banki ham bunday imkoniyatni taqdim etishi ta’kidlangan. Quyida jarayon bosqichlarini keltiramiz:

1. Xorijiy valyutada internet ekvayringni ishga tushirish uchun Milliy bankda valyuta hisob raqamini ochish kerak;

2. Shu bankning o’zida xalqaro plastik kartalar uchun savdo-xizmat ko’rsatish shartnomasi tuziladi. Bunda bankning o’zi to’ldirish uchun bir qancha hujjatlar taqdim etadi va zarur hujjatlar talab qilinadi;

Ushbu tizim yangi bo’lgani uchun barcha bankdagilar nima xohlayotganingizni tushunmasligi mumkin. Shunda bankning internet ekvayring bo’limi rahbari — Lutfulla ismli kishi bilan +998 (71) 233-90-96, +998 (71) 233-0536 raqamlari orqali bog’lanish tavsiya etiladi.

3. Keyingi bosqichda esa bankning internet ekvayring APIsini sayt bilan bog’lanadi. Bunda istalgan tajribali dasturchilar jamoasi bilan ishlash mumkin. Muhimi onlayn to’lovlarning xavfsizligi uchun SSL sertifikat olishni unutmaslik kerak;

4. Bank bilan shartnoma qilingach, hisob-raqamlari sayt bilan bog’langach, uning ishlashini tekshirib ko’rish kerak. Bunda xorijiy plastik kartadan sayt orqali mahsulot buyurtma qilinadi. Bu ish mato.uz saytida muvaffaqiyatli amalga oshgan va mahsulot 9 kun ichida O’zbekistondan AQShga yetkazib berilgan.

Har bir amalga oshirilgan to’lovdan bank 3,5 foiz miqdorda xizmat haqi olib qoladi. Shuningdek, ko’proq va doimiy to’lovlar amalga oshirila boshlansa, foiz miqdorini qisqartirish ham mumkin.

Umuman olganda, chet elga mahsulot eksport qilish va onlayn to’lovlarni olish uchun o’zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar mato.uz platformasiga bog’lanishlari, banklaridan valyuta hisob raqami ochishlari hamda eksport qoidalariga rioya qilib, ishlashlari osonroq. Shunda alohida sayt ochish va unda internet ekvayringni ishga tushirish ham talab qilinmaydi.

Bundan tashqari mato.uz loyihasining yana bir yaxshi tomoni — unda logistika muammolari ham hal qilingan. Bunda turli ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari jamlanib, bir hududga yetkazilishi kutish mumkin. Shunda yetkazib berish ham arzonlashadi. Loyiha ham shu tomoni bilan xalqaro onlayn savdo maydonlari — eBay yoki Aliexpress’dan ajralib turadi.

Shuningdek, mato.uz ishga tushirilgach, uning chet eldagi marketing va reklama ishlariga ham katta e’tibor qaratilishini kutish mumkin. Bu esa mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yana bir bepul imkoniyat.

Mato.uz onlayn do’koni yaqin kunlarda ish boshlashi kutilmoqda.

Manba:

Moliya
O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini eksport qilib, onlayn to‘lovlar qabul qilishi mumkin bo‘ldi