O‘zbekistonda yosh tadbirkorlar uchun imtiyozli kreditlar haqida ma’lumot berildi

O‘zbekistonda yosh tadbirkorlar uchun imtiyozli kreditlar haqida ma’lumot berildi

5. Не теряйте силу воли

Tadbirkor bo`lishni istaganlar uchun: siz bosib o`tishingiz lozim bo`lgan 5 qadam!

Yurtimizda mustaqillikka erishilgandan so`ng har bir shaxs o`z huquq va erkinliklarini yaxshi anglab etmoqda, o`z qiziqish va intilishlarini amalga oshirish uchun harakat qilmoqda. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchilar va shug`ullanish istagida bo`lganlar uchun ham keng imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Men ham o`z biznes faoliyatimni yo`lga qo`yib, mavzeyimizdagi e`tiborsiz qolgan erni obodonlashtirib, oziq-ovqat do`konini ochmoqchi edim. Buning uchun birinchi qaerga murojaat qilishim va qanday hujjatlar tayyorlashim kerak?

V.Nazarov, Toshkent shahri, Uchtepa tumani

Ushbu murojaat sabab yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalangan holda o`z biznesini yo`lga qo`ymoqchi bo`lganlar uchun mazkur sahifani tayyorladik. Mavzuga doir savollarga O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, Toshkent shahar hokimiyati Savdo, xizmat ko`rsatish sohasi va xalq iste`mol mollari ishlab chiqarish departamenti va Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi javob berishdi. Ular bergan tavsiyalar sizga albatta asqotishiga ishonamiz.

1-QADAM: TADBIRKORLIKNI BOShLAMOQChI BO`LGAN ShAXS QAERGA MUROJAAT QILMOG`I LOZIM?

Tadbirkorlikni boshlamoqchi bo`lgan shaxs o`zi bunyod etgan tashkiliy, huquqiy shaklga ega yuridik yoki jismoniy shaxsni ifodalovchi tegishli hujjatlarning loyihalarini tayyorlash uchun har bir tumanda tashkil etilgan Savdo-sanoat palatasining bo`limlariga yoki maslahat markazlariga murojaat qilishlari mumkin. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 noyabrdagi “Tadbirkorlik sub`ektlarini internet tarmog`i orqali davlat ro`yxatidan o`tkazish mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 312-son qarori bilan 2014 yilning 1 yanvar kunidan boshlab elektron shaklda davlat ro`yxatiga olish mexanizmi ishga tushgan.

2-QADAM: QANDAY HUJJATLAR TALAB ETILADI?

Tadbirkorlik faoliyatini yuritmoq uchun yuridik shaxsni ifodalovchi davlat ro`yxatidan o`tgan ustavi va guvohnomasi, lisenziyalanadigan faoliyat turi bo`yicha lisenziyalar va boshqa hujjatlar.

ESLATIB O`TAMIZ: lisenziyalar va boshqa hujjatlar haqidagi to`liq ma`lumotlarni faoliyat turiga qarab Palataning tuman bo`limlaridan olish mumkin. Tadbirkorlik sub`ektlariga kredit mablag`lari unga xizmat ko`rsatuvchi tijorat banklari tomonidan belgilangan tarif stavkalari asosida beriladi.

3-QADAM: KREDIT MABLAG`I QAYSI BANKDAN BERILADI?

—Tadbirkorlar o`z loyihalarini bank krediti evaziga amalga oshirishi uchun belgilangan tartibda davlat ro`yxatidan o`tishlari va o`zlarining ish faoliyatlarini davom ettirishlari uchun belgilangan tartibda tijorat banklarida hisob raqami ochishlari lozim.

Tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub`ektlarini kreditlash O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Kichik tadbirkorlik sub`ektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to`g`risida Nizom”ga va tijorat banklarining o`z kredit siyosati asosida amalga oshiriladi.

Ushbu nizomning I bobiga ko`ra;

Yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo`jaliklari hamda oilaviy korxonalar kreditlash ob`ektlari hisoblanadi.

Kreditlar qaytarishlik, to`lovlilik, ta`minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.

Kreditlar tijorat banki va qarz oluvchi o`rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga muvofiq beriladi.

Kreditlar kreditlanayotgan tadbirning o`zini – o`zi qoplashini hisobga olgan holda quyidagi muddatlarga beriladi:

qarz oluvchi o`z faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablag`larni shakllantirish va investisiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga – 12 oy muddatgacha;

aylanma mablag`larni to`ldirishga – 18 oy muddatgacha;

qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirishni tashkil etish uchun aylanma mablag`larni to`ldirishga – 24 oy muddatgacha.

Tijorat banklari kreditlar bo`yicha kreditlashning imtiyozli davrini belgilashlari mumkin.

Kreditlar qonun hujjatlarida ta`qiqlangan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun ajratilishi mumkin emas.

Qishloq xo`jaligi korxonalariga davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g`alla va paxta xom-ashyosi etishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun kreditlar berish Qishloq xo`jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g`alla etishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to`g`risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

UNUTMANG!

FOIZ STAVKASI VA QAYTARILIShI

Kreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori kredit shartnomasiga muvofiq belgilanadi.

Qarz oluvchi olingan kredit so`mmasini muddatidan ilgari qaytarishga va ulardan haqiqatda foydalanilgan muddat uchun hisoblangan foizlarni to`lashga haqli.

BERILMAYDI!

Kreditlar ilgari olingan kreditlarni yoki tijorat bankining “Kredit siyosati”da belgilangan boshqa qarzlarni qaytarish uchun berilishi mumkin emas.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, tadbirkorlik sub`ektlari o`z loyihalarini bank krediti evaziga amalga oshirishi maqsadida xizmat ko`rsatuvchi tijorat bankka kredit olish uchun kerakli hujjatlarni jamlagan holda murojaat etishi hamda tijorat bank talablarini bajargan holda kredit olishlari mumkin.

4-QADAM: BELGILANGAN HUDUD UChUN RUXSATNOMA

Belgilangan hudud (er maydoni ) uchun qaysi tashkilotdan ruxsat olish mumkin?

Belgilangan er maydoniga bo`lgan huquqni ro`yxatga olish va ruxsat berish hududiy arxitektura va shahar qurilishi boshqarmasi tomonidan rasmiylashtiriladi.

5-QADAM: “AGAR MEN. ”

“Agar men tadbirkor sifatida dorixona, oziq-ovqat do`koni, sartaroshxona yoki tikuvchilik atelesi kabi faoliyat turi bilan shug`ullanmoqchi bo`lsam, lisenziya talab qilinadimi? Uni qaysi davlat organidan olaman?”

So`nggi paytlarda mushtariylar tomonidan aynan shu mazmundagi so`rovlar ham bo`lyaptiki, mavzu doirasida ularga ham ma`lumot berib o`tish maqsadga muvofiq bo`lardi, bizningcha.

R.Abdumajitov, Toshkent shahar hokimiyati Savdo, xizmat ko`rsatish sohasi va xalq iste`mol mollari ishlab chiqarish departamenti boshlig`i:

— O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 iyundagi 236-sonli “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarorining 1-ilovasida faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalovchi organlar ro`yxati ko`rsatilgan.

Oziq-ovqat, sartaroshxona, tikuvchilik atelesi faoliyati uchun lisenziyalar va ruxsatnomalar qonunchilik aktlarida belgilanmagan.

Dorixona faoliyati uchun esa lisenziya berish huquqi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligiga berilgan.

6-QADAM: SOLIQ TO`LOVI-ChI? QAY TARZDA TO`LANADI?

Mikrofirma va kichik korxonalar uchun 6 foizlik yagona soliq to`lovi to`lanadi.

7-QADAM: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAVDO-SANOAT PALATASINING HUDUDIY BOShQARMALARI MANZILLARI

Qoraqalpog`iston Respublikasi

Nukus shahri, A.Temur ko`chasi, 112 A. Tel: (0-361) 770-71-01

Andijon viloyati

Andijon shahri, A.Navoiy ko`chasi, 122. Tel: (0-374) 298-11-01

Buxoro viloyati

Buxoro shahri, Mustaqillik ko`chasi, 1 A. Tel: (0-365) 770-11-01

Jizzax viloyati

Jizzax shahri, Sh.Rashidov ko`chasi, 63. Tel: (0-372) 771-71-01

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahri, O`ziekiston ko`chasi, 474. Tel: (0-375) 771-11-01

Navoiy shahri, Me`morlar ko`chasi, 33. Tel: (0-436) 770-31-01

Samarqand viloyati

Samarqand shahri, A.Navoiy ko`chasi, 58. Tel: (0-366) 210-11-01

Surxondaryo viloyati

Termez shahri, F.Xo`jaev ko`chasi, 1. Tel: (0-376) 770-81-01

Sirdaryo viloyati

Guliston shahri, Qahramonlar xiyoboni, 1. Tel: (0-367) 221-11-01

Toshkent viloyati

Toshkent shahri, Lisunova ko`chasi, 68/4. Tel: (0-371) 150-91-01

Farg`ona viloyati

Farg`ona shahri, B.Marg`iloniy ko`chasi, 58. Tel: (0-373) 229-71-01

Xorazm viloyati

Urganch shahri, Yoshlik ko`chasi, 18 A. Tel: (0-362) 770-51-01

Toshkent shahri

Toshkent shahri, A.Temur 1-tor ko`chasi, 6. Tel: (0-371) 150-31-01

Nargiza HAYITOVA tayyorladi

O‘zbekistonda yosh tadbirkorlar uchun imtiyozli kreditlar haqida ma’lumot berildi

Markaziy bankning Finlit loyihasi yoshlarning investitsion tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun taqdim etilayotgan imtiyozli kreditlar haqida ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekiston prezidentining qaroriga muvofiq, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hamda Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi.

Ushbu sanoat zonalarida startaplar tashkil etish, yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va yuritish, shu jumladan, innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish va yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish uchun barcha sharoitlar ta’minlanadi.

Sanoat zonalariga, asosan, yosh tadbirkorlarning innovatsion, import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi hamda patent asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni ta’minlovchi startap investitsiya loyihalari joylashtiriladi.

Yaratiladigan yangi ish o‘rinlarining kamida 70 foizi yoshlar uchun mo‘ljallangan, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarni ish bilan ta’minlash nazarda tutilgan investitsiya loyihalari ustuvorlikka ega bo‘ladi.

Bunday loyihalarni moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlar olish mumkin.

Imtiyozli kreditlar qanday maqsadlar uchun ajratiladi?

Imtiyozli kreditlar yosh tadbirkorlarga barcha yo‘nalishdagi investitsion loyihalar uchun ajratiladi:

Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan ushbu kreditlar 100 ming AQSH dollarigacha 7 yil muddatga, 7 foiz stavkada (xorijiy valyuta uchun 3 foiz) beriladi.

Agar investitsiya loyihalari qiymati 100 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshsa, oshgan qismi uchun ham kredit olish mumkin. Bunda kreditlar tijorat banklari tomonidan umumiy tartibda taqdim etiladi.

Garov

Kredit bo‘yicha quyidagilarni garov ta’minoti sifatida keltirilishi mumkin:

Agar kredit oluvchining soliq hamda oldingi tuzilgan kredit shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorligi mavjud bo‘lsa, kreditlar ta’minoti bo‘yicha kafillik va sug‘urta polisi berilmaydi.

Ushbu holatda, kredit uchun boshqa ta’minot turlarini taqdim etish zarur bo‘ladi.

Yosh tadbirkorlarga o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun bino va inshootlardan foydalanish bo‘yicha ham imtiyozlar mavjud.

Bunda bo‘sh bino va inshootlar davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun belgilanadigan ijara to‘lovining eng kam miqdoridan oshmagan stavkalarida ijaraga beriladi.

Keyinchalik bino yoki inshootlarni o‘z balansida aktiv sifatida ko‘rishni xohlovchi yosh tadbirkorlar lizing asosida binolarni sotib olish imkoniyatiga ega.

Lizing asosida binolar necha foiz asosida taqdim etiladi?

Tijorat banklari tomonidan yosh tadbirkorlik subyektlari binolarni lizing asosida berish milliy valyutada yillik 14 foiz stavkasida amalga oshiriladi. Bunda bino qiymatining 10 foizi tadbirkor tomonidan boshlang‘ich to‘lov sifatida to‘lanadi.

Bundan tashqari, “yoshlar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlarga quyidagi imtiyozlar yaratilgan:

Avvalroq mikroqarz nima, uni olish tartibi va muddatlari qandayligi haqida xabar berilgandi.

Yosh tadbirkorlarga 5 ta oddiy maslahat

Muvaffaqiyatli tadbirkorlarning o‘z ishini tashkil etmoqchi bo‘lganlarga ishtiyoq beradigan tavsiyalari.

1. Harakatlaringizni rejalashtiring

Muvaffaqiyatli startap yaratish uchun aniq maqsadga ega bo‘lish lozim. Biroq bu eng muhimi emas. Maqsadga erishishning qadam-baqadam rejasi bundan-da muhim sanaladi.

Faol harakatlarga kirishishdan avval strategiya ishlab chiqing. Biznes-rejani tayyorlash ehtimoldagi xatolarga yo‘l qo‘ymaslik va istalgan natijalarga erishish imkonini beradi.

“Ko‘p yillar avval kimdir daraxt ekkani uchun bugun o‘zgalar soyada o‘tiribdi”.
Uorren Baffet, tadbirkor, dunyodagi yirik sarmoyador

2. Biznesingizni reklama qiling

Agar mahsulot va xizmatingizning afzallik jihatlari haqida gapirmasangiz, u haqida hech kim tasavvurga ega bo‘lmaydi. Bugun o‘z-o‘zini reklama qilish uchun ijtimoiy tarmoqlar a’lo darajadagi vosita sanaladi. U yerda sizni ko‘plab istiqboldagi mijozlar tanishadi.

3. Mijozlar manfaatini hisobga oling

Har qanday startapning birlamchi vazifasi – mijozlar ehtiyojlarini qondirish. Mijozlar bilan yaxshi munosabatlar – muvaffaqiyatli biznes kaliti.

“Biznesning maqsadi – mijoz yaratish va uni ushlab qolish”.
Piter Druker, iqtisodchi, menejment nazariyashunosi, yozuvchi

4. Tavakkaldan cho‘chimang

Aks holda odatiy chegaralardan chiqa olmaysiz. Dastlab ko‘plab tavakkal qadamlar tashlashga to‘g‘ri keladi. Oldingizda murakkab tanlov bo‘ladi. Biroq xatolar qilishdan cho‘chimang. Chekinmang va olg‘a harakat qilishda davom eting.

“Shu qadar tez sur’atlarda o‘zgarayotgan dunyoda muvaffaqiyatsizlikka uchrashning eng ishonchli usuli – tavakkal qilmaslik”.
Mark Sukerberg, Facebook asoschisi

5. Iroda kuchini yo‘qotmang

Kimdir muvaffaqiyatingizga shubha bilan qaraydi. Yana boshqa birov muhokama qiladi. Boshqasi esa sizni to‘xtatishga intiladi. Sog‘lom bo‘lmagan tanqidga e’tibor bermang. Agar biror narsaga qaror qilgan bo‘lsangiz, maqsadingiz sari olg‘a qadam tashlang.

“Ishonchim komil, muvaffaqiyatli tadbirkorni muvaffaqiyatsizidan sabr va qat’iyat ajratib turadi”.
Stiv Jobs, Apple asoschisi

Обнадеживающие советы успешных предпринимателей для тех, кто хочет начать свой бизнес.

1. Планируйте свои действия

Чтобы быть успешным стартапом, у вас должна быть четкая цель. Но это не самое главное. Еще важнее пошаговый план достижения цели.

Прежде чем предпринимать активные действия, разработайте стратегию. Создание бизнес-плана может помочь вам избежать ошибок и достичь желаемых результатов.

«Кто-то посадил дерево много лет назад, так что сегодня другие сидят в тени».
Уоррен Баффет, предприниматель, является крупнейшим в мире инвестором

2. Рекламируйте свой бизнес

Если вы не будете рассказывать о преимуществах вашего продукта или услуги, никто об этом не узнает. Сегодня социальные сети — отличный инструмент для саморекламы. Там вы встретите много потенциальных клиентов.

3. Учитывайте интересы клиентов

Первоочередная задача любого стартапа — удовлетворение потребностей клиентов. Хорошие отношения с клиентами – залог успешного бизнеса.

«Целью бизнеса является создание и удержание клиентов».
Питер Друкер, экономист, теоретик менеджмента, писатель

4. Не бойтесь рисковать

В противном случае вы не сможете выйти за привычные границы. Сначала вам придется предпринять много рискованных шагов. Вам предстоит сделать трудный выбор. Но не бойтесь ошибаться. Не сдавайтесь и продолжайте двигаться вперед.

«В мире, который меняется так быстро, самый верный способ потерпеть неудачу — не рисковать».
Марк Цукерберг, основатель Facebook

5. Не теряйте силу воли

Кто-то сомневается в вашем успехе. Кто-то еще обсудит. Кто-то другой пытается остановить вас. Не обращайте внимания на нездоровую критику. Определившись с чем-то, двигайтесь к своей цели.

«Я убежден, что терпение и настойчивость отличают успешного предпринимателя от неудачника».
Стив Джобс, основатель Apple

Sizni ushbu maqolalar ham qiziqtirishi mumkin:

  1. Yosh onalarga foydali maslahatlar. 10 asosiy maslahat
  2. Yangi ishga kirgan insonga 5 ta maslahat!
  3. Qariganda ko‘z xiralashmasligi uchun oddiy maslahatlar
  4. Ko‘ngilsiz vaziyatdan chiqish uchun 10 ta maslahat
  5. Abituriyentlar uchun zarur maslahat va tavsiyalar
  6. Donolardan yosh o‘qituvchiga maslahatlar va tavsiyalar
  7. Tez va yaxshi o‘rganish — oddiy usullar
  8. Hayotingizni osonlashtiruvchi 8 psixologik usul
  9. Oddiy dehqon yaratgan super o‘zbekcha android dasturlar
  10. Yosh o‘zbek olimining ko‘zi ojizlar uchun telefon ixtirosi

Qiziqarli malumotlar
O‘zbekistonda yosh tadbirkorlar uchun imtiyozli kreditlar haqida ma’lumot berildi