O‘zbekistonda uch yil ichida maktab darsliklari yangilanadi

O‘zbekistonda uch yil ichida maktab darsliklari yangilanadi

Darsliklarini tayyorlashda Yaponiyaning “Axloq taʼlimi”, Cingapurning “Feʼl-atvor va fuqarolik taʼlimi”, Buyuk Britaniyaning “Tafakkur”, “Xulq taʼlimi” fanlari va darsliklari yaqindan oʻrganildi. Ilk marotaba darsliklarda 21-asr koʻnikmalari deb nom olgan “yumshoq koʻnikmalar” joriy qilindi. Darslik orqali oʻquvchida bilim berishdan tashqari koʻnikma shakllantiriladi. Yangi fan darsliklaridagi amaliyotga yoʻnaltirilgan mashgʻulotlar va mavzular oʻquvchida muvaffaqiyat motivlarini uygʻotadi. Faol fuqarolik pozitsiyasi shakllantiriladi. Oʻquv fani mohiyati 50% nazariy, 50% amaliy asosga qurilgan.

2020-2021 oʻquv yili uchun qaysi darsliklar qayta va yangidan nashr etilyapti?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan Xalq taʼlimi vazirligi va Respublika taʼlim markazi hamkorligida “KOLORPAK“ va ”GREDO PRINT GROUP“ MCHJlari hamda ”Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyiga press-tur tashkil etildi.

Respublika taʼlim markazi direktori Shuhrat Sattorov ishtirokchilarga 2020-2021 oʻquv yili uchun nashr etilayotgan darsliklarga kiritilgan yangiliklar toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Jurnalistlarning yangi chop etilayotgan darsliklar saviyasi va ularning avvalgi kitoblardan farqli jihatlari xususidagi savollariga javob berdi.2020-2021 oʻquv yili uchun rejaga asosan 1-, 4-, 5-sinflarning jami 558 nomdagi darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalar chop etilishi rejalashtirilgan. Shundan:

  • 346 nomda – umumtaʼlim maktablari uchun;
  • 160 nomda – imkoniyati cheklangan bolalar uchun;
  • 52 nomda – multimedia ilovalari.

Umumtaʼlim maktablarning 346 nomdagi (27,9 mln.) darsliklarning 118 nomdagisi (34,1%) original maketlar va 228 nomdagisi (65,9%) tarjima maketlar hisoblanadi.Darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni nashrga tayyorlashda asosiy eʼtibor mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob berishiga qaratildi. Buning uchun amaliyotchi oʻqituvchilar hamda fan metodistlari hamda salohiyatli olimlar tomonidan darsliklar bir necha bor ekspertizadan oʻtkazildi.

Ekspertiza xulosalari asosida esa darsliklar mualliflari, nashriyot xodimlari hamda fan metodistlari hamkorligida darsliklar qayta ishlanib, mazmuni va illyustratsiyalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi. Bugungi kunda qayta nashrga tavsiya etilgan illyustratsiyasi eskirib ketgan, yorqin ranglarda boʻlmagan, chizilgan rasmlar oʻzining jozibadorligini yoʻqotgan darsliklarni takomillashtirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Bu yilgi chop etiladigan darsliklar qayta nashrdagi darsliklar boʻlganligi sababli asosiy urgʻu darsliklarning mazmuni va dizayniga qaratildi.

Hozirga qadar Respublika taʼlim markaziga foydalanuvchilarimiz tomonidan 8000 dan ortiq takliflar kelib tushdi. Darsliklar yuzasidan kelib tushayotgan oʻrinli taklif va mulohazalar Markazning fan metodistlari tomonidan oʻrganib chiqilib, darsliklarni davriylik asosida nashrga tayyorlash jarayonida inobatga olinmoqda. Darsliklar yuzasidan kelib tushgan takliflarga mutaxassis hamda metodistlar tomonidan tayyorlangan javoblar foydalanuvchilarga yuborilmoqda. Shuningdek, “Darsliklar muhokamasi” telegram kanaliga joriy yilda yangi va qayta nashr etiladigan darsliklarning PDF nusxalari bosqichma-bosqich qoʻyib borilmoqda. Hozirgi kunga qadar bu kanalimizga 225 dan ortiq takliflar kelib tushdi.

Takliflarning asosiy qismi darslik mazmuni, bir qismi darslik dizayni hamda darslikdagi imlo xatolar toʻgʻrisida boʻlib, ushbu takliflar darsliklarni nashrga tayyorlash jarayonida inobatga olinmoqda.2020-2021 oʻquv yilida chop etiladigan darsliklarga kiritilgan oʻzgarishlar quyidagilar hisoblanadi. Joriy yildan 1-9-sinflar uchun “Tarbiya”, 5-, 8-, 9-sinflar uchun “Informatika”, 4-,5-sinflar uchun “Texnologiya”, 4-sinf “Oʻzbek tili”,10-11-sinflar uchun “Ona tili” va “Oʻzbek tili” oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalar yaratilishi asosiy yangiliklardan hisoblanadi. Darsliklarni nashrga tayyorlashda birinchi navbatda, oʻquvchilarning yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlari inobatga olingan holda tayyorlandi.

Ikkinchidan, darslik mazmunida mavjud boʻlgan takrorlanishlar bartaraf etildi, xalqaro tajribaga suyangan holda darslikning dizayni va foto-illyustratsiyalariga oʻzgartirishlar kiritildi.Yana bir eʼtiborli holat – fanlar kesimida fanlararo bogʻliqlik hamda sinflararo uzviylik taʼminlandi. Yana bir muhim jihat shundan iboratki, darslik va oʻquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish boʻyicha darsliklar mazmuniga xalqaro baholash dasturi oʻquvchilar yoshiga mos tarzda TIMSS, PIRLS talablari singdirildi. Eng muhimi, darsliklar innovatsion yondashuv asosida tayyorlandi.

Bunda, oʻquvchilarda. mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan taʼlimiy oʻyinlar, mashqlar, masalalar va topshiriqlar amaliy koʻnikmalarni rivojlantirishga yoʻnaltirildi. Qolaversa, 4-, 5-sinf Texnologiya va 5-, 8-, 9-sinf Informatika darsliklari mazmuni oʻquvchilarning texnik qobiliyatini rivojlantirishga oid amaliy, kreativ, mantiqiy yondashuvga asoslangan topshiriqlar bilan boyitildi. 5-sinf “Ona tili”, 4-5-sinf “Texnologiya” darsliklari uchun ilk bor oʻqituvchi kitobi va multimedia ilovalari tayyorlandi. Koʻzi ojiz oʻquvchilar uchun chop etilayotgan brayl alifbosidagi darsliklarga boʻrtma shakldagi rasmlar va xaritalar kiritildi.

Ilk bor 10 va 11-sinflar uchun 9 nomdagi brayl darsliklari hamda kar va zaif eshituvchi oʻquvchilar uchun 4 nomdagi yangi darsliklar tayyorlanmoqda.Yangiliklardan yana biri darsliklardagi mavzularni qoʻshimcha maʼlumotlar bilan boyitish maqsadida darsliklarga QR-kod oʻrnatildi. Taʼlim qardosh tillarda olib boriladigan maktablar uchun 5-sinf adabiyot darsliklariga oʻzbek va jahon adiblarining hayoti va ijodidan namunalar kiritilgani ham darsliklardagi yangilik hisoblanadi. “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hukumat qarori bilan yangi “Tarbiya” fani joriy etildi. Yangi darslikning avvalgilaridan farqi nimada? “Tarbiya” darsligi “Odobnoma”, “Vatan tuygʻusi”, “Milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirdi.1–9-sinflarda – 2020/2021 oʻquv yilidan, 10–11-sinflarda esa 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab amaliyotga joriy etiladi.

Darsliklarini tayyorlashda Yaponiyaning “Axloq taʼlimi”, Cingapurning “Feʼl-atvor va fuqarolik taʼlimi”, Buyuk Britaniyaning “Tafakkur”, “Xulq taʼlimi” fanlari va darsliklari yaqindan oʻrganildi. Ilk marotaba darsliklarda 21-asr koʻnikmalari deb nom olgan “yumshoq koʻnikmalar” joriy qilindi. Darslik orqali oʻquvchida bilim berishdan tashqari koʻnikma shakllantiriladi. Yangi fan darsliklaridagi amaliyotga yoʻnaltirilgan mashgʻulotlar va mavzular oʻquvchida muvaffaqiyat motivlarini uygʻotadi. Faol fuqarolik pozitsiyasi shakllantiriladi. Oʻquv fani mohiyati 50% nazariy, 50% amaliy asosga qurilgan.

“Tarbiya” darsliklarida “role-model”, yaʼni “namuna keltirish” zamonaviy pedagogik metodidan unumli foydalanilgan. Unda milliy va xalqaro miqyosda yuksak natijaga erishgan insonlar yutuqlari tahlil qilinadi. Insonning kelajakda muvaffaqiyatli inson boʻlish eng avvalo toʻgʻri maqsad qoʻyishga bogʻliq. Deyl Karnegi, Brayan Treysi kabi mashhur lektorning taʼlimotiga koʻra, hayotda oʻz oldiga maqsad qoʻyish va unga erishishni oʻrganish ham aslida bir fan. “Tarbiya” fanining ahamiyatli jihati shuki, u bosqichma-bosqich bolada maqsad qoʻyish va unga intilish koʻnikmasini shakllantirib boradi.

O‘zbekistonda uch yil ichida maktab darsliklari yangilanadi

Shavkat Mirziyoyev huzurida 25-may kuni maktab ta’limidagi islohotlarning borishi muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, yig‘ilishda xalq ta’limi vaziri sohadagi ishlar va kelgusi o‘quv yiliga mo‘ljallangan rejalar to‘g‘risida hisobot bergan. Yangi milliy dasturni ta’lim jarayoniga joriy etish masalalari ko‘rib chiqilgan. Xususan, bu yil 3, 6, 7 va 10-sinflar uchun, 2023—2024-yillarda 4, 5, 8, 9 va 11-sinflar uchun darsliklar, mashq daftarlari hamda o‘quv qo‘llanmalari yaratilishi belgilangan.

Davlat rahbari buning uchun xorijiy ekspertlar va tadqiqotchilardan iborat ishchi guruhini shakllantirib, darsliklarni sifatli tayyorlash zarurligini ta’kidlagan Yig‘ilishda pedagogik ta’limni transformatsiya qilish, universitetga qabulni takomillashtirish, ilmiy salohiyatni oshirish va o‘qishni amaliyot bilan bog‘lash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab kimyo, biologiya, fizika va matematika o‘qituvchilari uchun kasbiy sertifikatlash tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.

Prezident maktab direktorlarini to‘g‘ri tanlash, ularning kasbiy va boshqaruv mahoratini rivojlantirish masalasiga alohida to‘xtalgan. Ta’lim bilan birga tarbiya ham muhimligini ta’kidlagan.

“Ma’naviyat maktabdan boshlanadi. Maktablarda ta’lim sifatiga qanday e’tibor bersak, ma’naviyatga ham shunday e’tibor berishimiz kerak”, — degan Shavkat Mirziyoyev.

Shu maqsadda o‘quvchilarning dunyoqarashi va iqtidorini oshiradigan, turli yoshdagi sinflar uchun mo‘ljallangan ma’naviyat kitoblari yaratish bo‘yicha tavsiya berilgan.

Maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tilgan. “Barkamol avlod” maktablari faoliyati va infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha besh yillik dastur ishlab chiqish, ularda STEAM yo‘nalishlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish vazifasi qo‘yilgan.

  • Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilarini So‘nggi qo‘ng‘iroq bayrami bilan tabrikladi
  • “Sportdagi natijalar yaratilgan sharoitlarga hali mos emas” — Shavkat Mirziyoyev
  • Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” universitetining qurilish loyihasi bilan tanishdi

2022/2023 o‘quv yilidan maktablarda Kembrij nashriyotining ingliz tili va informatika darsliklari joriy etiladi

AOKAda Xalq ta’limi vazirligi mutasaddilari hamda Respublika ta’lim markazi direktori Shuhrat Sattorov ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida (https://www.facebook.com/watch/live/?ref=notif&v=290387876373102&notif_id=1639980463868591&notif_t=live_video) ta’lim mazmunidagi tub islohotlar: zamonaviy dastur va darsliklar tahlili yuzasidan ma’lumot berilmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan mahalliy olimlar va UNICEF xalqaro ekspertlari bilan birgalikda Milliy o‘quv dasturini yaratish ishlari yakuniga yetkazildi.

Milliy o‘quv dasturi loyihasini tayyorlashda 246 nafar milliy ekspertlar, jumladan 119 nafar maktab o‘qituvchi, oliy ta’lim tizimidan 105 nafar professor-o‘qituvchi, 22 nafar fan metodisti, shuningdek UNICEF va USAID xalqaro tashkilotlari orqali jalb qilingan 16 nafar xalqaro ekspert ishtirok etdi.

Milliy o‘quv dasturning komponentlari:

✔️Malaka talablari (DTS);
✔️Fan konsepsiyalari;
✔️O‘quv reja;
✔️Fan o‘quv dasturlari;
✔️O‘qitish metodologiyasi;
✔️Baholash tizimidan iborat.

5 ta fanni integrasiyalagan “Tabiiy fan”ning o‘ziga xosligi

“Augemented reality” – kengaytirilgan borliq texnologiyasining afzalliklari
_____________________

‼️ Milliy o‘quv dasturiga asoslangan darsliklarni to‘liq yozib tugatish 2025 yilning oxiriga qadar davom etadi. Barcha fanlar kesimida 1-11 sinf darsliklari to‘liq to‘plamda yagona guruh tomonidan yaratilishi belgilangan.

Qiziqarli malumotlar
O‘zbekistonda uch yil ichida maktab darsliklari yangilanadi