O`zbekistonda stomatologik tibbiy xizmatlarning 90 foizi xususiy klinikalar tomonidan bajarilayotgani aytildi
Yaqin yillargacha xususiy klinikalarda murakkab jarrohlik amaliyotlarini o`tkazish ishonib bo`lmas voqea edi. Bugun esa ko`plab noyob texnologiyali muolaja usullari ushbu tibbiyot muassasalarida muvaffaqiyatli bajarilyapti. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Xususan:
- kattalar va bolalar urologiyasi;
- intervension kardiologiya;
- endoprotez amaliyotlari;
- endoskopik ginekologiya;
- oftalmologiya;
- tibbiy radiologiya va raqamli rentgen;
- klinik-biokimyo laborator tekshiruvlari kabi yo`nalishlarda o`tkazilayotgan amaliyotlarning 50 foizdan ortig`i aynan xususiy tibbiyot hissasiga to`g`ri kelmoqda.
Shuningdek, qator tibbiy ixtisosliklar bo`yicha yuqori texnologiyali muolaja usullari va umuman xususiy tibbiyotning ushbu xizmatlardagi ulushi allaqachon davlat tibbiyot muassasalarinikidan ortib ketgan.
Bular:
- oftalmologiya va operativ oftalmologiya — 60 foiz;
- LOR va endoskopik LOR — 70 foiz;
- stomatologiya — 90 foiz.
Buning natijasida bugun xususiy tibbiyot sektorining umumiy sog`liqni saqlashdagi ulushi 30 foizni tashkil qilmoqda.
Sog`liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
O`zbekistonda stomatologik tibbiy xizmatlarning 90 foizi xususiy klinikalar tomonidan bajarilayotgani aytildi