O`zbekistonda Sog`liqni saqlash sohasida Italiya tajribasi qo`llaniladi
O`zbekiston elchixonasi ko`magida sog`liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov va Italiyaning Lombardiya sog`liqni saqlash hududiy maslahatchisi Gvido Bertolaso o`rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, vazir O`zbekiston tibbiyot, tibbiy ta`lim va farmasevtika sohalarida Italiya tajribasini joriy etish maqsadida bir qator muhim takliflar, jumladan ikki mamlakat soha vakillari, etakchi kompaniyalari ishtirokida O`zbekistonda tibbiyot va farmasevtika sanoati forumini tashkil etish tashabbusi bildirildi.
Sog`liqni saqlash vaziri O`zbekistondagi mavjud sog`liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish bo`yicha tegishli uchrashuv va muzokaralar o`tkazish maqsadida Lombardiya delegasiyasini O`zbekistonga tashrif bilan kelishga taklif qildi. Lombardiya sog`liqni saqlash hududiy maslahatchisi Gvido Bertolaso bildirilgantakliflarni katta qiziqish bilan qabul qilib, Lombardiya ilg`or tajribasini O`zbekistonda joriy etish bo`yicha o`zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma`lum qildi.
Gvido Bertolasoning aytishicha, Lombardiya sog`liqni saqlash tizimi innovasion tibbiy va jarrohlik texnologiyalari keng qo`llanilishi, shifokorlarni o`qitishning zamonaviy usullaridan foydalanishi hamda ilmiy izlanishlar olib borilishi bilan ajralib turadi.
Uchrashuv yakunida muhokama qilingan masalalar ijrosi bo`yicha «Yo`l xarita»sini ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
O`zbekistonda Sog`liqni saqlash sohasida Italiya tajribasi qo`llaniladi