O‘zbekistonda Orasta qizlar to‘garaklari ommalashmoqda
Сообщение отправлено
Mytube.uz
“Orasta qizlar-2017” ko‘rik tanlovi Respublika bosqichi
Дата: 21 апреля 2017 г.
Комментарии: 0
Подписка доступна только авторизованным пользователям. Авторизуйтесь
Только авторизованные пользователи могут скачивать видео. Авторизуйтесь
- О пользователе
- Встроить
- Добавить в
- Пожаловаться
- Рейтинг
Описание
O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Orasta qizlar” ko‘rik tanlovining Respublika bosqichi bugun Toshkent shahridagi 144-son umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda 12ta viloyatdan tashrif buyurgan eng bilimli, eng zukko, eng iqtidorli, eng faol, eng uddaburon o‘quvchi qizlar uchta shart talabi asosida bir-birlari bilan o‘zaro bellashdilar.
Код плеера:
Чтобы поместить ролик в плейлист, необходимо Авторизоваться
Сообщение отправлено
O‘zbekistonda “Orasta qizlar” to‘garaklari ommalashmoqda
Xalq ta’limi vazirligi va Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan respublikadagi barcha umumta’lim maktablarida “Orasta qizlar” to‘garagi faoliyati tashkil etilgan.
Mazkur to‘garakka umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchi-qizlari a’zo bo‘lishib, ularda bolalar, o‘smirlar va yoshlarda shaxsiy gigiyenik qoidalarni to‘g‘ri shakllantirish, tibbiy madaniyatni oshirish, ularda o‘zining va atrof-muhitning tozaligiga e’tiborni kuchaytirish, ekologik va tibbiy madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa qizlarning o‘zaro munosabatlaridan unumli foydalangan holda, ular o‘rtasida balog‘atga yetmasdan turmush qurishning oldini olish bo‘yicha keng tushunchalar beriladi.
“Orasta qizlar” to‘garak mashg‘ulotlari o‘quv muassasalarining ma’naviyat-ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, mahallalarning maslahatchilari, ichki ishlar xodimlari, tibbiyot xodimlari, psixologlar, “Kamolot” YoIH vakillari ishtirokida olib boriladi. “Orasta qizlar” to‘garagiga sinf rahbari rahbarlik qiladi, ishlarni tartibga soladi.
Shuningdek, mazkur to‘garakka a’zo qizlar o‘rtasida “Orasta qizlar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib, unda ta’lim muassasalarining 8-, 9-sinf o‘quvchi-qizlari ishtirok etadi. Tanlov uch bosqichda: maktab, tuman (shahar) va viloyat bosqichida o‘tkaziladi. Ayni kunlarda respublikamizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Orasta qizlar” tanlovining maktab bosqichi davom etmoqda.
Qiziqarli malumotlar
O‘zbekistonda Orasta qizlar to‘garaklari ommalashmoqda