​​O`zbekistonda neonatal tibbiyotning rivojlanishi qay darajada?

​​O`zbekistonda neonatal tibbiyotning rivojlanishi qay darajada?

Bu savolga javob olish uchun SSV Matbuot xizmati Respublika perinatal markazi direktor o`rinbosari, tibbiyot fanlari doktori  Saida Xasanovaga murojaat qildi.

IMG 20210101 182812 222

— Dunyoga kelgan har bir chaqaloq yurtimizning qaysi joyida tug`ilishidan qatiy nazar tibbiy yordamni bir xil darajada olish imkoniga ega bo`lishi kerak, — deydi Saida Xasanova. — Bu yo`lda qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ularning natijalarini bugungi kundagi salomatlik  ko`rsatkichlarida, xususan, bolalar o`limi so`nggi  10 yilda 2 barobarga kamaygani misolida  ham ko`rishimiz mumkin.

Neonatologiya sohasini rivojlanishi uchun tibbiy kadrlar salohiyatidan tashqari zamonaviy jihozlar va joylarda ushbu go`daklar parvarishi uchun munosib muassasalar mavjud bo`lishi kerak. Shuning uchun, mamlakatimizda  barcha tug`ruq muassasalari rekonstruksiya qilinib, zamonaviy neonatal jihozlar bilan ta`minlandi. Sog`liqni saqlash vazirligi bilan xalqaro tashkilotlar hamkorligida neonatologiya bo`yicha ilmiy jihatdan isbotlangan qo`llanma va standartlar ishlab chiqildi. Shu bilan birga, xalqaro ekspertlar ishtirokida milliy-mahalliy trenerlar tayyorlandi. Ular o`z malakalarini rivojlangan davlatlardagi nufuzli markazlarda oshirib kelmoqda.

Bugungi kunda neonatologlar jamoasida faol ishchi guruh mavjud. 14 ta hududning har bir viloyat perinatal markazida bosh neonatologlar milliy trener hisoblanadi. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining neonatologiya kafedrasi va bosh neonatologlari dolzarb masalalarning echimini birgalikda topishga, amaliyotga eng zamonaviy usullarni qo`llashga ma`sul bo`lib kelmoqda.

Perinatal markaz chaqaloqlar reanimasiyasi bo`limlari 3-darajadagi muassasa bo`lib, rivojlangan davlatlardagi kabi eng kerakli jihozlar bilan ta`minlandi. Shuning uchun bugun yurtimizda neonatologiya zamon darajasida rivojlanmoqda, desak xato qilmaymiz. Albatta, hali bu yo`nalishda tibbiy xizmat sifatini oshirish borasida bir qator ishlarimiz, rejalarimiz bor.

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
​​O`zbekistonda neonatal tibbiyotning rivojlanishi qay darajada?