O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitob qilgan iste’molchilar rag‘batlantirilishi mumkin
Ҳужжат Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базасида эълон қилинган ва 13.04.2020 йилдан кучга кирган.
Нақд пулсиз ҳисоб-китоб қилиш тартиби янгиланди
Янги таҳрирдаги Низомга айнан қандай ўзгартиришлар киритилиши кутилаётгани ҳақида илгари ёзган эдик ( шарҳга қаранг ). « Тўловлар ва тўлов тизимлари тў ғ рисида »ги Қонун ва янги таҳрирдаги Солиқ кодекси кучга киргани муносабати билан тегишли тузатишлар киритиш зарурати юзага келди.
Низомнинг айрим нормалари чиқариб ташланди (тижорат банкининг ҳисоб-китоб чеклари ва банк пластик карталари орқали ҳисоб-китоб қилиш тўғрисидаги боблар), айримлари эса тўлдирилди. Чунончи, янгиланган версия ҳужжатда фойдаланиладиган бир қатор асосий тушунчалар билан тўлдирилди. «Операция куни», «валюталаш санаси», «1-сон картотека», «2-сон картотека», «масофавий хизмат кўрсатиш тизими», «электрон тўлов воситалари» ва бошқалар сингари тушунчаларга таъриф берилди.
Инкассо топшириқномалари билан ҳисоб-китоб қилиш тартибига тузатиш киритилди. Улар маблағларни тўловчи ёки олувчининг банкига ёзма ёки электрон шаклда тақдим этилади. «Қоғоздаги» топшириқномалар уч нусхада берилади. Уларнинг иккитаси ижро учун банкда қолдирилади, учинчиси эса қабул қилиш санаси кўрсатилган ҳолда банкнинг масъул ходими томонидан имзоланади ва унга бириктирилган штамп билан тасдиқланиб, маблағларни олувчига қайтариб берилади.
Маблағларни олувчининг банкига инкассо топшириқномаси тақдим этилганда иккита нусхаси тегишли журналда қайд этилган ҳолда почта хизмати орқали маблағларни тўловчининг банкига юборилади. ЭРИ билан тасдиқланган электрон шаклдаги инкассо топшириқномалари тўлов тизими орқали маблағларни тўловчининг банкига ижро учун юборилади.
Ҳужжат Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базасида эълон қилинган ва 13.04.2020 йилдан кучга кирган.
Ленара Хикматова.
O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitob qilgan iste’molchilar rag‘batlantirilishi mumkin
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqidagi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqidagi, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga oid ma’lumot iste’molchiga davlat tilida beriladi. Tovarda (ishda, xizmatda) nuqsonlar borligi va uning normativ talablarga muvofiq emasligi aniqlanganda, sotuvchi mazkur nuqsonlarni aniqlash uchun tekshirish o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘liq qoplashi kerak.
Qonun bilan tovarlarni axborot tizimlari orqali realizatsiya qilishda iste’molchi huquqlarini himoya qilish tartibi belgilangan.
Unga ko‘ra, axborot tizimlari orqali tuzilgan shartnoma bekor qilinganda, sotuvchi iste’molchiga tovarni qaytarib berish joyi to‘g‘risida xabar berishi kerak.
Iste’molchining aybisiz yetkazilgan shikastlantirishlar, shuningdek, tovarni ko‘zdan kechirish va uni tekshirib ko‘rish maqsadida qadog‘ini ochish sababli tovar qiymatining pasayishi iste’molchini shartnomani bekor qilish huquqidan mahrum etmaydi (yuqoridagi tartiblar 3 oydan so‘ng kuchga kiradi).
Tovarlar uchun haq to‘lash shakliga qarab (naqd pulli yoki naqd pulsiz) tovar narxini oshirish yoki pasaytirish taqiqlanadi, tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun naqd pulsiz haq to‘langanda, iste’molchilarga rag‘batlantirishlar berilishi mumkin.
Avvalroq UzCard va Humo to‘lov tizimlari 2021-yildagi o‘zaro integratsiyalashuvning birinchi bosqichini yakunlagani, shu tariqa har ikkala tizim terminallarida to‘lovlarni qabul qilish amaliyoti namoyish etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ilgari terminallarda cheklovlar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, endilikda bitta terminalda ham UzCard ham Humo kartalariga xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.
- “Terminal bor, lekin yaxshisi kartaga o‘tkazib beraqoling”. O‘zbekistonda tadbirkorlar soliqdan qochishga urinmoqda
- Nega O‘zbekistonda so‘m uchun alohida, valyuta uchun alohida karta ochiladi? Markaziy bank vakili javob berdi
Qiziqarli malumotlar
O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitob qilgan iste’molchilar rag‘batlantirilishi mumkin