O`zbekistonda koronavirusga qarshi kimlar birinchi navbatda emlanadi? (video)

O`zbekistonda koronavirusga qarshi kimlar birinchi navbatda emlanadi? (video)

O`zbekiston koronavirusga qarshi vaksinani qaysi davlatdan qancha miqdorda sotib oladi? Kimlarga vaksina bepul beriladi? Kim birinchi navbatda emlanadi? Bu kabi savollarga O`zbekiston SSV bosh epidemiologi Nurmat Otabekov Xalqaro pres klub dasturida javob berdi.

Xitoy, Hindiston va Rossiya o`zlari ishlab chiqarayotgan vaksinalarining 3-klinik faza sinovlariga o`zbekistonlik mutaxassislarni taklif etishgan. Hozirga qadar yurtimizga Xitoy ishlab chiqargan vaksinadan 5000 doza va Rossiya vaksinasidan 100 doza miqdorda olib kelingan. O`zbekistondagi sinov jarayoni Innovasiya vaziri boshchiligidagi vazirlik xodimlarini emlash bilan boshlangan.

Kelgusida esa Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti tan olgan, samaradorlik darajasining yuqori ekanligi isbotlangan vaksinalar xarid qilinadi. Emlash jarayoni dastlab ijtimoiy himoyaga muxtoj aholi, shuningdek, xavfli darajasi yuqori bo`lgan fuqarolar qatlamida amalga oshiriladi.

Vaksinasiya esa aholining tegishli qatlamiga tegishli oraliqda bepul amalga oshiriladi.

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
O`zbekistonda koronavirusga qarshi kimlar birinchi navbatda emlanadi? (video)