O`zbekistonda koronavirus bo`yicha 2021 yilgi rekord yangilandi
O`zbekistonda koronavirus tarqalishi bilan bog`liq vaziyat jiddiylashishda davom etyapti. Kundan kunga sutka davomida kasallanganlar soni ortib boryapti.
SSV ma`lumotiga ko`ra, kecha, 14 mart holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 111 nafarga oshib, 80678 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
— 4 nafari Andijon viloyatida,
— 1 nafari Buxoro viloyatida,
— 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
— 12 nafari Toshkent viloyatida,
— 93 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
— Andijon viloyatida 7 nafar,
— Toshkent viloyatida 15 nafar
— Toshkent shahrida 67 nafar bemor sog`aygan.
Kasallikdan sog`ayganlar jami 79331 (+89) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 99 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 725 nafar bemordan 141 nafari og`ir, 23 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
O`zbekistonda koronavirus bo`yicha 2021 yilgi rekord yangilandi