O`zbekistonda ikki mingdan ziyod tug`ma yurak nuqsonli bolalar bepul operasiya qilinadi
Sog`liqni saqlash vazirligi O`zbekistonda ikki mingdan ziyod tug`ma yurak nuqsonli bolalar bepul operasiya qilinayotganini ma`lum qildi.
Xabarga ko`ra, ularning barchasi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 18 yoshgacha bo`lgan farzandlari. Ular jami 64 milliard so`mdan ziyod mablag` evaziga navbatsiz, imtiyozli yo`llanmasiz, eng malakali shifokorlar tomonidan yuqori texnologik operasiyalar orqali davolanmoqda.
Rejaga ko`ra, tug`ma yurak nuqsoni bilan tug`ilgan 2000 nafar bolaning 500 nafari akademik B.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanadi.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
O`zbekistonda ikki mingdan ziyod tug`ma yurak nuqsonli bolalar bepul operasiya qilinadi