O`zbekistonda homilador va emizikli ayollar nima uchun emlanmayotganiga izoh berildi
AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida Innovasion rivojlanish vaziri o`rinbosari Shahlo Turdiqulova homilador va emizikli ayollar nima uchun emlanmayotganini tushuntirdi:
«Buning asosiy sababi — koronavirusga qarshi vaksinalarning klinik sinovlari homilador va emizikli ayollarda o`tkazilmagan. Chunki Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti talabiga ko`ra, klinik sinovlar aholining qaysi qatlamida o`tkazilgan bo`lsa, vaksinalar ham o`sha qatlam orasida qilinishi lozim.
Bundan tashqari, bugungi kunda bu borada butun dunyo olimlari, xususan, o`zimizda ham emizikli ayollarni emlash bo`yicha o`rganishlar olib borilmoqda. Masalan, emizuvchi hayvon — sigirlarda vaksinalar sinovdan o`tkazildi, hozircha hech qanday nojo`ya ta`sir sezilmadi. Emlangan sigir sutida antitanachalar topildi. Bu — emizuvchilar emlangan taqdirda, kasallikka qarshi immunitet uning bolasiga ham o`tadi, degani.
O`ylaymanki, keyingi bosqich sinovlarda emizikli ayollarga ham qo`llash mumkin. Hozirgacha bo`lgan tadqiqotlar nojo`ya ta`siri yo`q ekanini ko`rsatmoqda».
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
O`zbekistonda homilador va emizikli ayollar nima uchun emlanmayotganiga izoh berildi