O‘zbekistonda eng ko‘p aholi qaysi viloyatda yashaydi
2022 yilning 1 yanvar holatiga hududlarning demografik ko‘rsatkichlari statistik raqamlarda:
TOP 10: Aholisi eng ko’p davlatlar
Hozirgi kunda yer yuzida 7,6 milliard kishi istiqomat qilmoqda. 2050-yilga borib esa sayyoramiz aholisi 9,8 milliardlik marrani ishg’ol qilishi kutilmoqda. Atigi 7 yildan so’ng Hindiston aholi soni bo’yicha Xitoyni quvib o’tadi va dunyoda birinchi o’ringa chiqib oladi.
2050-yilgacha dunyo aholisi o’sishida Hindiston, Nigeriya, Kongo, Pokiston, Efiopiya, Tanzaniya, AQSh, Uganda va Indoneziya davlatlari asosiy rol o’ynaydi. Ular dunyo aholisining umumiy o’sish sur’atiga ulkan hissa qo’shishi kutilmoqda.
BMT hisob-kitoblariga ko’ra, dunyo aholisi 2030-yilda 8,6 milliard, 2050-yilda 9,8 milliard kishini tashkil qilgani holda, asr so’nggiga borib o’sish sur’ati pasayishi taxmin qilinmoqda. Taxminlarga ko’ra, 2100-yilda dunyo aholisi 11,2 milliardga yetishi mumkin.
Dunyoning aholisi eng tez o’sayotgan mamlakatlaridan biri Nigeriyada istiqmoat qiluvchilar soni 2050-yilgacha ikki barobar ko’payib, AQShdan o’zib ketishi va jahonda uchinchi o’ringa chiqishi kutilmoqda. Ayni paytda Nigeriya aholi soni bo’yicha dunyoda 7-o’rinda turibdi. Hisobot mualliflari e’tiroficha, dunyo aholisi har yili 83 million kishiga ko’paymoqda. Afrika qit’asi aholisi eng tez o’sib borayotgan mintaqa bo’lib turibdi. «Qora qit’a»da har bir ayolga to’g’ri keladigan tug’ishlar soni 4,7 tani tashkil qilgan.
Hisob-kitoblarga ko’ra, hozirda Xitoyda 1,4 milliard kishi istiqomat qiladi. Ikkinchi o’rindagi Hindistonda esa aholi soni 1,3 milliard kishidan oshgan. Dunyo aholisi kesimida 60 yoshdan oshganlar soni 2050-yilga borib 2 marta, 2100-yilda esa 3 marta ortishi, sayyoramiz aholisi asta-sekin «qarib borishi» kutilmoqda.
Dunyoda aholi sonining ko’pligi jihatidan yetakchilik qiluvchi 10 ta davlat:
Xitoy 1 384 688 986
Hindiston 1 296 834 042
AQSh 329 256 465
Indoneziya 262 787 403
Braziliya 208 846 892
Pokiston 207 862 518
Nigeriya 195 300 343
Bangladesh 159 453 001
Rossiya 142 122 776
Yaponiya 126 168 156
Ma’lumot o’rnida aytishimiz mumkinki, O’zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2019 yil 1 yanvar holatiga 33254,1 ming kishini tashkil etib, 2018 yilda 597,4 ming kishiga yoki 1,8%ga o’sdi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi xabar bermoqda.
Jumladan, shahar aholisi soni 16805,0 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,5%), qishloq aholisi soni 16449,1 ming kishini (49,5%) tashkil etgan.
O‘zbekistonda eng ko‘p aholi qaysi viloyatda yashaydi?
O‘zbekistonda eng ko‘p aholi (4 031 324 kishi) Samarqand viloyatida istiqomat qiladi. Mazkur viloyat aholisining 2 002 809 nafari ayollar, 2 028 515 nafari esa erkaklardir. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Statqo‘mga ko‘ra, mamlakatdagi jami aholi 35,3 mln kishini tashkil qiladi. Shundan ayollar 17,5 mln, erkaklar soni esa 17,8 mln.
Umumiy aholining 17,9 mln nafari shaharda, 17,4 mlni esa qishloqlarda istiqomat qiladi.
2022 yilning 1 yanvar holatiga hududlarning demografik ko‘rsatkichlari statistik raqamlarda:
Qoraqalpog‘iston:
• aholi soni – 1 948 488 kishi;
• ayollar soni – 969 982 kishi;
• erkaklar soni – 978 506 kishi;
• shaharda yashovchilar – 954 204 kishi;
• qishloqda yashovchilar – 994 284 kishi.
Andijon viloyati:
• aholi soni – 3 253 528 kishi;
• ayollar soni – 1 605 959 kishi;
• erkaklar soni – 1 647 569 kishi;
• shaharda yashovchilar – 1 699 219 kishi;
• qishloqda yashovchilar – 1 554 309 kishi.
Buxoro viloyati:
• aholi soni – 1 976 823 kishi;
• ayollar soni – 986419 kishi;
• erkaklar soni – 990404 kishi;
• shaharda yashovchilar – 725874 kishi;
• qishloqda yashovchilar – 1250949 kishi.
Farg‘ona viloyati:
• aholi soni – 3 896 395 kishi;
• ayollar soni – 1 931 768 kishi;
• erkaklar soni – 1 964 627 kishi;
• shaharda yashovchilar – 2 188 693 kishi;
• qishloqda yashovchilar – 1 707 702 kishi.
Jizzax viloyati:
• aholi soni – 1 443 408 kishi;
• ayollar soni – 715 807 kishi;
• erkaklar soni – 727 601 kishi;
• shaharda yashovchilar – 675 282 kishi;
• qishloqda yashovchilar – 768 126 kishi.
Navoiy viloyati:
• aholi soni – 1 033 857 kishi;
• ayollar soni – 509 796 kishi;
• erkaklar soni – 524 061 kishi;
• shaharda yashovchilar – 505 449 kishi;
• qishloqda yashovchilar – 528 408 kishi.
Namangan viloyati:
• aholi soni – 2 931 056 kishi;
• ayollar soni – 1 442 007 kishi;
• erkaklar soni – 1 489 049 kishi;
• shaharda yashovchilar – 1 899 471 kishi;
• qishloqda yashovchilar – 1 031 585 kishi.
Qashqadaryo viloyati:
• aholi soni – 3 408 345 kishi;
• ayollar soni – 1 682 982 kishi;
• erkaklar soni – 1 725 363 kishi;
• shaharda yashovchilar – 1 460 018 kishi;
• qishloqda yashovchilar – 1 948 327 kishi.
Samarqand viloyati:
• aholi soni – 4 031 324 kishi;
• ayollar soni – 2 002 809 kishi;
• erkaklar soni – 2 028 515 kishi;
• shaharda yashovchilar – 1 483 084 kishi;
• qishloqda yashovchilar – 2 548 240 kishi.
Surxondaryo viloyati:
• aholi soni – 2 743 201 kishi;
• ayollar soni – 1 356 216 kishi;
• erkaklar soni – 1 386 985 kishi;
• shaharda yashovchilar – 993 343 kishi;
• qishloqda yashovchilar – 1 749 858 kishi.
Sirdaryo viloyati:
• aholi soni – 878 591 kishi;
• ayollar soni – 437 478 kishi;
• erkaklar soni – 441 113 kishi;
• shaharda yashovchilar – 374 258 kishi;
• qishloqda yashovchilar – 504 333 kishi.
Toshkent viloyati:
• aholi soni – 2 941 522 kishi;
• ayollar soni – 1 465 793 kishi;
• erkaklar soni – 1 475 729 kishi;
• shaharda yashovchilar – 1 476 440 kishi;
• qishloqda yashovchilar – 1 465 082 kishi.
Xorazm viloyati:
• aholi soni – 1 924 163 kishi;
• ayollar soni – 961 673 kishi;
• erkaklar soni – 962 490 kishi;
• shaharda yashovchilar – 636 084 kishi;
• qishloqda yashovchilar – 1 288 079 kishi.
Toshkent shahri:
• aholi soni – 2 860 595 kishi;
• ayollar soni – 1 458 448 kishi;
• erkaklar soni – 1 402 147 kishi;
• shaharda yashovchilar – 2 860 595 kishi.
Qiziqarli malumotlar
O‘zbekistonda eng ko‘p aholi qaysi viloyatda yashaydi