O`zbekistonda COVID-19 ga qarshi vaksina bilan emlanganlar 900 ming nafardan oshdi
Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabariga ko`ra, vaksinasiya boshlangandan beri yurtimizda jami 902 ming nafardan ortiq yurtdoshimiz koronavirusga qarshi to`liq emlandi.
️10 iyulda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 114061 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 86772 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 14178 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 13111 nafarni tashkil qildi.
️Ayni kungacha mamlakatimizda jami 4857947 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 2951794 nafarni,
2-bosqichda emlanganlar 1419252 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 486901 nafarni tashkil qildi.
10 iyul kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
Farg`ona viloyati (21180 doza),
Namangan viloyati (16813 doza),
Samarqand viloyati (13520 doza) band qildi.
Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:
Namangan viloyatida 609058 doza,
Farg`ona viloyatida 604819 doza,
Andijon viloyatida 556693 dozani tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
O`zbekistonda COVID-19 ga qarshi vaksina bilan emlanganlar 900 ming nafardan oshdi