“O`zbekistonda bolalarning respirator kasalliklarga chalinishi ko`paymoqda“– vazirlik
O`zbekistonda yosh o`g`il-qizlar orasida o`tkir respirator kasalliklarning davriy ko`tarilishi kuzatilmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ushbu xastalikka chalinishning asosiy ulushi Toshkent shahri aholisi hissasiga to`g`ri kelyapti. Natijada poytaxtdagi bolalar klinik shifoxonalariga yuklamalar yilning boshqa davrlariga nisbatan ortgan.
Vazirlik bunga qarshi choralar ishlab chiqdi:
➖Zangiota-1 yuqumli kasalliklar shifoxonasida o`tkir respirator virusli infeksiyalarga chalingan bolalar uchun ajratilgan o`rinlar sonini 300 tadan 500 taga oshirish belgilandi.
➖So`nggi kunlarda aholidan haroratining ko`tarilishi, yo`tal belgilari bilan chaqiruvlar soni ortgani sababli “103” xizmatiga ertalab soat 06:00 dan 14:00 gacha poytaxt shifoxonalarida zaxirada bo`lgan 40 taavtomashina qo`shimcha ajratildi.
➖Shu yilning 25 noyabridan vazirlik tomonidan tez tibbiy yordam xizmatiga 29 ta to`liq jihozlangan “Isuzu” rusumdagi avtomashinalari tibbiy brigadalar bilan doimiy foydalanish uchun ajratiladi.
➖Bugungi kunda poytaxtdagi 12 ta ko`p tarmoqli markaziy poliklinika va 72 ta oilaviy poliklinikada ertalab soat 8:00 dan kechki 20:00 gacha bo`lgan muddatda chaqiruv bo`yicha tibbiy brigadalar faoliyati yo`lga qo`yildi.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
“O`zbekistonda bolalarning respirator kasalliklarga chalinishi ko`paymoqda“– vazirlik