O’zbekistonda avto kredit 2020 YIL

O’zbekistonda avto kredit 2020 YIL

O’zbekistonda avto kredit 2020 YIL

DO`STLARGA ULASHING:

Banklarda avto kredit berish uchun sharoitlar 2019-yilga nisbatan qanday o’zgarishlar kuzatildi.

2019-yil dekabr oyida aniq bo’lishicha, avto kreditdan qarzdorlar 2,7 barobarga oshgan. Bunday kreditlar bo’yicha qarz yuki 67.3% hollarda tavsiya etilgan darajadan oshadi. 2019-yilning 1-iyul xolati bo’yicha O’zbekistonda avtomobil kreditlari bo’yicha 85 ming dona debitor qarzdorlik mavjud edi, bu 2018-yilning xuddi shu davrga nisbatan 2.9 barobar va 2017-yildan 12 marta ko’p degani. Yopilmagan avtokreditlar umumiy soni 4519 ta, bu 2018-yilga nisbatan 2.7 marta ko’proq va  2017-yilga nisbatan 19 marta ko’proq.

2020-yilning yanvar oyida avto kreditga bo’lgan yuqori talabni 16 ta bank qoplashga tayyor. 2019-yildan asosiy farqi bu stavkalarning o’sishi. O’tgan yili o’rtacha foiz stavkalar darajasi 25-27% oralig’ida bo’lgan bo’lsa, endi eng keng tarqalgan avtokredit 30%. Barcha banklarga dastlabki to’lovni amalga oshirish majburiy. Odatda, bu avtomobil narxining 30%, garchi ko’proq va kamroq variantlar ham mavjud bo’lsada. Bir necha banklar boshqa banklarga nisbatan qulayroq avtokredit turlarini taklif qilmoqda — lekin dastlabki depozit miqdori va kredit muddatiga qarab foiz stavkasi o’zgarib boradi.

avtokredit8459252

Iltimos, diqqat: ushbu ma’lumot faqat maqola e’lon qilingan vaqtda joriy hisoblanadi va faqat axborot maqsadida taqdim etiladi, aniq ma’lumot uchun bank bilan bog’lanishingizni tafsiya qilamiz.

Bank avtokredit jadvali 2020-yil yanvar oyi xolati.

Bank Muddat Bosh/to’lov Foiz stavkasi
AgroBank 12-24 oy 50% 28-30%
Asia Alliance Bank 12-36 oy 25% 27-31%
Davr-Bank 35 oygacha 30% 30%
Ipak Yo’li Bank 36 oygacha 40% 23.8%
Ipoteka Bank 12 oygacha 40% 30%
Kapital Bank 12 oygacha 30% 24%
Orient Finans Bank 48 oygacha 25% 26-28%
TrastBank 36 oygacha 30% 24-28%
TurkistonBank 36 oygacha 30% 28-30%
НаmkorBank 36 oygacha 30% 30%
UzPromStroyBank 12, 24, 36 oy 25% 28-31,9%
UniversalBank 36 oygacha 30% 42%
SavdogarBank 30 oygacha 30% 30%
Ravnaq-Bank 12-36 oy 30% 28-32%
Ziraat Bank 12, 24, 36 oy 30% 24-27%
Tenge Bank
36 oygacha 30% 25,9%

O’zbekistonda avto kredit 2020 YIL