O‘zbekistonda 2023 yil «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb e’lon qilindi
“Spot” O‘zbekiston banklarida milliy valyutadagi oflayn va onlayn depozitlar qanday o‘zgarganini o‘rgandi.
“RIEKER” OYOQ-KIYIMLAR SALONI
“RIEKER” OYOQ-KIYIMLAR SALONI – Toshkent tashkilot/kompaniyaning aloqa ma’lumotlari: telefonlar, joylashuvi, faoliyat turlari va boshqa foydali ma’lumotlar). Agar siz ushbu ma’lumotni o’zingiz uchun foydali deb hisoblasangiz, iltimos, ularga murojat qilganingizda, ma’lumotlarini Golden Pages – Uzbekistan biznes-katalogining veb-saytida topganingizni xabar qiling.
“RIEKER” OYOQ-KIYIMLAR SALONI Toshkent shahar xaritasidagi joylashuvi
Ko’proq ko’rsatish
Shahar xaritasida: “RIEKER” OYOQ-KIYIMLAR SALONI tashkilotning joylashgan joyi – Toshkent shahri
Tashkilotining joylashuvi “RIEKER” OYOQ-KIYIMLAR SALONI – Toshkent, O’zbekiston xaritada Toshkenta maksimal darajada aniq ko’rsatilgan, xato 100 metrdan oshmasligi kerak. Agar siz ushbu tashkilotning joylashuvi noto’g’ri deb hisoblasangiz yoki joylashuv xatosi 100 metrdan ortiq bo’lsa , iltimos, bizga bu haqida xabar bering. Xat mavzusida “xaritadagi xato”ni ko’rsating ToshkentА”. Xatda tashkilot yoki kompaniyaning nomini yozing va nega bu tashkilot noto’g’ri joylashgan deb o’ylaysiz.Yaqin kelajakda biz ushbu tashkilotning to’g’ri joylashuvini aniqlashga harakat qilamiz . Hamkorlik uchun oldindan rahmat!
Tegishli havolalar:
- Toshkent Xaritasi.
- Toshkentdagi ko’cha nomlarini o’zgartirish.
- Tashkilotingizni shahar xaritasida qanday joylashtirish kerak.
Kompaniya hozircha mahsulot/xizmatlarni www.goldenpages.uz saytida joylashtirmagan. Agar Siz mahsulot/xizmatlaringizni joylashtirmoqchi bo’lsangiz, havola bo’yicha o’ting.
- Ayollar poyafzali do‘konlari
- Ayollar poyafzali Toshkentda va O‘zbekistonda – sotish, ishlab chiqarish
- Do‘konlari- firmalarga tegishli
- Erkaklar botinkalari-sotish, ishlab chiqarish
- Erkaklar etiklari-sotish, ishlab chiqarish
- Erkaklar mokasinlari-sotish, ishlab chiqarish
- Erkaklar poyafzali do‘konlari Toshkentda va O‘zbekistonda
- Poyafzal do‘konlari Toshkentda
- Poyafzal etkazib berish-xizmatlar
- RIEKER do‘konlar tarmog‘i (filiallari)
- Tovarlarni yetkazib berish Toshkentda va O‘zbekistonda
O‘zbekistonda 2023 yil «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb e’lon qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni Toshkentdagi Kongress-xollda parlamentga Murojaatnoma yo‘lladi. U o‘z chiqishida kelgusi 2023 yilgi «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb nom berishni taklif qildi. Ushbu taklif yig‘ilish qatnashchilari tomonidan gulduros qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlandi.
O‘zbekistonda yillarga qanday nomlar berilgan?
- 2023 yil — Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili
- 2022 yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
- 2021 yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili
- 2020 yil — Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili
- 2019 yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili
- 2018 yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili
- 2017 yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili
- 2016 yil — Sog‘lom ona va bola yili
- 2015 yil — Keksalarni e’zozlash yili
- 2014 yil — Sog‘lom bola yili
- 2013 yil — Obod turmush yili
- 2012 yil — Mustahkam oila yili
- 2011 yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
- 2010 yil — Barkamol avlod yili
- 2009 yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
- 2008 yil — Yoshlar yili
- 2007 yil — Ijtimoiy himoya yili
- 2006 yil — Homiylar va shifokorlar yili
- 2005 yil — Sihat-salomatlik yili
- 2004 yil — Mehr va muruvvat yili
- 2003 yil — Obod mahalla yili
- 2002 yil — Qariyalarni qadrlash yili
- 2001 yil — Onalar va bolalar yili
- 2000 yil — Sog‘lom avlod yili
- 1999 yil — Ayollar yili
- 1998 yil — Oila yili
- 1997 yil — Inson manfaatlari yili
Nega 2023 yilga bunday nom berildi?
Prezident 2023 yilgi rejalarni to‘g‘ri olish uchun «juda katta-katta odamlarni pastlarga, birinchi marta mahallalargacha tushirilgani»ni ta’kidladi. «Qani, odamlarimiz nima istayapti? Nima niyatlari bor? Nimadan rozi, nimadan norozi? Kelajakka nima takliflari bor?», — degan savollarni qo‘ydi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, 20 mingga yaqin takliflar muhokama qilingan. «Odamlarimiz ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot yo‘nalishlaridagi aniq-aniq masalalarni ko‘tarib, ular bo‘yicha tizimli yechimlarni ham taklif qilgan», — dedi prezident. Davlat rahbari ularni «hozirgi vaqtda odamlarni qiynayotgan va ertangi kunimizga, o‘zgarishimizga, taraqqiyotimizga to‘g‘ri zamin yaratish bo‘yicha takliflar» deb atadi.
«Men bu fikrlarni o‘rganib, bir narsaga amin bo‘ldim. Aholimiz bizdan maktab, bog‘cha va shifoxonalar ko‘paytirish, ta’lim va tibbiyot sifati oshirish; mahallada yo‘l, suv, elektr, transport muammolari hal qilish; ish o‘rinlarini ko‘paytirish, tadbirkorlikka yangi imkoniyatlar yaratishni; adolat ta’minlash, ovoragarchilik, byurokratiya, eng asosiysi, korrupsiyani yo‘q qilishni kutmoqda. Ko‘tarilgan masalalar aniq va o‘rinlidir. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz bu muammolarni yechishimiz shart», — dedi Mirziyoyev.
Prezident ko‘tarilayotgan masalalarni hech kim chetdan kelib hal qilib bermasligini yana bir bor ta’kidladi: «Hech kim chetdan kelib — men har safar shu masalani aytaman — hech kim chetdan mahallaga kelib, rayonga kelib, viloyatga kelib, O‘zbekistonga kelib, bularni hal qilib bermaydi, hech qachon. Faqat va faqat o‘zimiz qilishimiz kerak. O‘zimiz rejalarimizni hozirgi zamonga [moslab], munosib qaror, farmon, qonunlarimizni chiqarishiz kerak. Odamlarimizning tashabbusi, shijoati va salohiyatini ishga solish uchun barcha sharoitlarni yaratish asosiy vazifalarmiz bo‘lib qolishi kerak».
Shavkat Mirziyoyev xalqqa qancha imkoniyat yaratilsa, buning foydasi 10 karra, 100 karra bo‘lib qaytishini, bunga so‘nggi yillarda hamma guvohi bo‘lib turganini aytib o‘tdi. «Qancha sharoit yaratsak, shuncha odamlarimiz rozi bo‘lib, o‘z hayotini, o‘z turmushini, o‘z yo‘nalishini, o‘z rejalarini mutlaqo katta-katta pog‘onada, baland rejalarni amalga oshiryapti», — deya qayd etib o‘tdi prezident.
Shundan so‘ng, davlat rahbari yuqorida aytgan so‘zlariga xulosa qilib, 2023 yilga O‘zbekistonda «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb nom berishni taklif qildi. Yig‘ilganlar ushbu taklifni gulduros qarsaklar bilan olqishlab, qo‘llab-quvvatladi. Prezident buning uchun yig‘ilganlarga minnatdorchilik bildirdi.
«Inson qadri degan g‘oyani hech qachon unutmasligimiz kerak. Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili deb e’lon qilishimiz, agar [buni] chuqur tahlil qilsak, juda ko‘p o‘ylandik, nimalar qo‘yish mumkin, deb. Albatta, kechagi qilgan ishimiz bilan bugungisining davomiyligi, bardavomligi bo‘lishi kerak. Bardavomlik nuqtai nazardan, yana va yana Inson qadri degan g‘oya yillarga qo‘shilib davom etishi kerak. Shuning uchun „Insonga e’tibor va sifatli ta’lim“ [deb nom qo‘ydik]», — deya tushuntirdi prezident.
«[Insonga] qachon e’tibor bo‘ladi? Ta’lim, ta’lim, ta’lim va yana bir marta ta’lim. Men olti yil oldin shu masalalarga chuqur e’tibor qilib, birinchi kundan beri ta’limimiz haqida ko‘p gapiraman. Agar ta’lim bo‘lsa, bilim bo‘lsa, sifat o‘zgaradi. Ta’lim bo‘lmasa, sifat o‘zgarmasa, e’tibor ham o‘zgarmaydi», — dedi Mirziyoyev.
«Nima uchun yilga bunday nom beryapmiz? Biz O‘zbekistonda olib borayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlashni ustuvor vazifa etib belgilaganmiz. Aslida ham bizning eng bebaho boyligimiz bu — bunyodkor xalqimiz, duogo‘y ota-onalarimiz, navqiron avlodimiz emasmi? Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog‘lig‘i joyida bo‘lishi, yaxshi ta’lim olishi, oilasini tebratish uchun qanday sharoit kerak bo‘lsa, hammasini yaratib berishga harakat qilyapmiz va bu yo‘ldan aslo to‘xtamaymiz», — dedi davlat rahbari.
Prezidentning ta’kidlashicha, ta’lim sifatini oshirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir: «Yusuf Xos Hojib bobomiz aytganlaridek, „Zakovat bor joyda ulug‘lik bo‘ladi, bilim bor joyda buyuklik bo‘ladi“. Shuning uchun ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz, ta’lim dargohlariga borib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan ko‘proq muloqot qilib, sifatni oshirish bo‘yicha ular qo‘ygan masalalarni birgalikda hal qilishimiz zarur».
Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylarning «obro‘i joyiga qo‘yilsa», maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oliygohlarda sifat o‘zgarishlarin amalga oshirilsa, «butun harakatlarimiz ikki-uch karra o‘zgarishi»ni aytib o‘tdi. «Yutuqlar bizniki bo‘ladi, faqat bilim kerak. Bilim kerak, nimaga desangiz, har birimiz orqamizga qarab, qanday buyuk ajdodlarning farzandi ekanimizni hech qachon unutmasligimiz kerak», — deya qo‘shimcha qildi prezident.
«Газета.uz» 15 905
- # murojaatnoma
- # shavkat mirziyoyev
2023 yil oyoq kiyimlar
Mavjud 32 ta bankdan 27 tasida mazkur omonat turini ochish mumkin bo‘lib, maksimal foiz stavkasi 24%ni tashkil qilmoqda.
Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot
E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan . Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” toʻgʻridan-toʻgʻri bank bilan bogʻlanishni tavsiya qiladi.
“Spot” O‘zbekiston banklarida milliy valyutadagi oflayn va onlayn depozitlar qanday o‘zgarganini o‘rgandi.
Hozirda mavjud 32 ta bankdan 27 tasida milliy valyutada omonatlarni joylashtirish mumkin bo‘lib, ular besh oydan uch yilgacha saqlanadi.
Omonatlarni oflayn tarzda 16 ta bankda, masofadan turib esa 27 ta bankda ochish mumkin. Onlayn depozitlar bank filiallarida ro‘yxatdan o‘tishga qaraganda 1−3% yuqori foiz stavkasida taqdim etiladi.
Maqola chop etilgan vaqtda onlayn omonatlarning eng yuqori stavkasi (24%) 13 oyga joylashtirish bilan “Madad Invest Bank” va “Davrbank” tomonidan taklif etilmoqda.
Omonat o chishda talab etiladigan minimal summa miqdori uning turiga qarab farqlanadi. Masalan, aksariyat banklarda onlayn depozit qo‘yishning minimal miqdori 500 ming, oflaynda esa 1 mln so‘mni tashkil qiladi.
Ma’lumotlar banklarning rasmiy saytlaridan olindi.
*Depozitni muddatidan oldin yopish imkoniyati mavjud. Saqlash muddatiga qarab foizlar kamaytirilishi yoki to‘lanmasligi mumkin.
- # omonatlar
- # so’mdagi omonatlar
Qiziqarli malumotlar
O‘zbekistonda 2023 yil «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb e’lon qilindi