O‘zbekistonda 2021-yildagi qo‘shimcha dam olish kunlari to’liq malumot oling
O‘zbekistonda 2021-yildagi qo‘shimcha dam olish kunlari to‘g‘risidagi farmon loyihasi e’lon qilindi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi farmon loyihasini muhokama uchun e’lon qildi.
Mundarija
скрыть
Hujjat bilan 2021-yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlarini belgilash taklif etilmoqda:
2-sentabr — payshanba;
3-sentabr — juma.
Shuningdek, 2021-yilda dam olish kuni 27-mart — shanba, 22-mart — dushanba kuniga ko‘chirish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, 2021-yil 2-yanvar — shanba, 4-sentabr — shanba va 22-mart — dushanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kuni deb hisoblash taklif etilgan.
Loyihada belgilanishicha, budjet tashkilotlarida qo‘shimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini ikki ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi. Har yillik mehnat ta’tilining davomiyligi qisqartirish hisobga olingan holda o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
Farmon loyihasi muhokamasi 28-oktabrgacha davom etadi.
Davlat Xizmatlari
O‘zbekistonda 2021-yildagi qo‘shimcha dam olish kunlari