O’zbekiston tarixi litsey darslik
6
SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O‘zbekiston SSR
Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi to-
monidan tasdiqlangandan keyingina O‘zbekiston hududida
kuchga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O‘zbekiston
SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi.
O‘zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan
oladi, hurmat qiladi va hokazo.
Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz-
ning tom ma’nodagi haqiqiy mustaqillikka erishish yo‘lida
muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shundan e’tiboran mamlaka-
timizning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotiga doir masalalar
mustaqil tarzda hal etila boshlandi.
O‘zbekistonning mustaqillik sari inti-
layotgani uning yangi Ittifoq shart-
nomasini ishlab chiqish jarayoniga
respublika manfaati nuqtayi nazaridan
kelib chiqqan holda, qat’iylik bilan
yondashayotganida yaqqol namoyon bo‘ldi.
Sobiq Ittifoqqa kiruvchi respublikalar rasman teng va suve-
ren deb yuritilsa-da, amalda qaram edilar. Ular o‘z yerlari,
suvlari, o‘rmonlari va yer osti boyliklariga, ko‘pdan ko‘p
korxonalariga o‘zlari egalik qilolmas edilar. 80- yillarning
oxirlari, 90- yillarning boshlarida ko‘pchilik respublikalar
mavjud vaziyatni o‘zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar.
O‘zbekiston Respublikasining rahbari I. A. Karimov 1989- yil
20- sentabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan KPSS MQ sining ple-
numida so‘zlagan nutqida respublikalar bilan Ittifoq o‘rtasidagi
vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo‘yishni ko‘zda tutadigan
yangi shartnoma ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida o‘z fikrini
bildirib: „Biz Ittifoq va respublikalarning vazifalarini,
burchlarini va o‘zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab
qo‘yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustah-
kamlash tarafdorimiz“, — degan edi.
Biroq markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik berish ha-
qidagi talab-takliflarni e’tiborga olishni istamas, to‘g‘rirog‘i
ularga erkinlik berishni xohlamas edi. Markazning qaysarligi
hamda respublikalar jamoatchiligining ta’siri ostida markazdan
ajralish harakati kuchayib bordi. 1990- yil bahorida Boltiqbo‘-
yidagi Latviya, Litva, Estoniya Respublikalari, keyinroq Gru-
ziya va Ozarbayjon Respublikalari Ittifoq tarkibidan chiqqan-
ligini e’lon qildilar.
O‘zbekistonning Itti-
foq shartnomasini yan-
gilashga munosabati
www.ziyouz.com kutubxonasi
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1.
I.A.
Karimov.
O`zbekistonning
o`z
istiqlol
va
taraqqiyot
yo`li. T. O`zbekiston,-1992.
2. I.A. Karimov. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. O`zbekiston, 1993.
3.
I.A.
Karimov.
O`zbekiston
–
bozor
munosabatlariga
o`tishning
o`ziga xos yo`li. T. O`zbekiston, 1993
4.
I.A. Karimov. Bizdan ozod va obod Vatan, qolsin T. O`zbekiston, 1994.
5.
I.A. Karimov Istiqlol va ma’naviyat. T. O`zbekiston, 1995
6.
I.A. Karimov. Vatan sajdagox kabi muqaddasdir. T. O`zbekiston, 1995.
7.
I.A. Karimov. O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. T. O`zbekiston,
1995.
8.
Azizxo`jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat.-T.: TDPU. 2003.
9.
M.Karimov. I.Tursunov. Islom Karimovning «O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish yo`lida» asarini o`rganish «Shark»-T. 1995.
10.
Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tomoyillar. T. O`zbekiston, 2000
11.
J.G`.Yo`ldoshev, S.A.Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari.-T.: O`qituvchi. 2004.
12.
J.G`.Yo`ldoshev. Ta’lim yangilanish yo`lida.-T.: O`qituvchi. 2000.
13.
5-sinf «Jaxon tarixidan hikoyalar» I.Jo`rayev, M.Lafasov, K. Normatov. T. 2000.
14.
6-sinf O`zbekiston tarixi, A.S.Sa’dullayev, Ye.A.Kostetskiy, N.K.Norqulov. Sharq. 1999.
15.
7-sinf O`zbekiston tarixi. A.Muhammadjonov. Toshkent. O`qituvchi 2000
16.
7-sinf Jaxon tarixi. T.Salimov, S.Mahkamov «Sharq»-T.-1999y.
17.
M.Lafasov 7-sinf Jaxon tarixi darsligi.-T.: Cho`lpon. 2005.
18.
M.Lafasov. 9-sinf Jaxon tarixi o`quv qo`llanmasi.-T.: A.Qodiriy nomidagi merosi.-T.:
1999.
19.
U.Jo`rayev. 7-sinf Jaxon tarixidan o`qituvchilar uchun metodik qo`llanma.-T.: 2000.
20.
N. Norqulov, U.Jo`rayev . 8-sinf O`zbekiston tarixi. Sharq. T. 2000.
21.
J.Raximov. 9-sinf O`zbekiston tarixi. Toshkent. 2000.
22.
D.Alimova, R.Karimov, K.Okilov va boshqalar. 10-sinf O`zbekiston tarixi. Sharq. T.
2000.
23.
10-sinf Jaxon tarixi. G.Hidoyatov. Sharq. T. 2000.
24.
11-sinf O`zbekiston tarixi N.Jo`rayev Toshkent. 1998.
25.
O`zbekiston tarixini o`qitish va o`rganishning yagona konsepsiyasi.-T.: 1996.
26.
O`zbekiston tarixi fanidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o`quv dasturi.-
T.:2004.
27.
Jahon tarixi fanidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o`quv dasturi.-
T.:2004.
28.
O`zbekiston tarixi umumta’lim va yangi turdagi maktablarning V-XI sinflari uchun
dastur T. 1997.
29.
O`zbekiston tarixi fani dasturi. Universitetlar va pedagogika oliy o`quv yurtlarining tarix
fakultetlari uchun. T. 1996
30.
Q.Usmonov. O`zbekiston tarixi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik.-
T.: ―O`qituvchi‖. 2005.
31.
J.Rahimov O`zbekiston tarixini o`rganishda arxiv manbalaridan foydalanish. T.
O`qituvchi. 1995
32.
T.Rahmatullayev. O`zbekiston xalqlari tarixini o`rganishda arxeologiya materiallaridan
foydalanish T.O`qituvchi. 1994.
33.
Saule Ziyamuxamedova, Buri Ziyamuxemedov.
Novaya pedagogicheskaya texnologiya.-
T.: Abu Ali Ibn Sino. 2002.
1.
Jahon tarixini o’qitishning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadi.
2.
Jahon tarixini o’qitishning vazifalari.
3.
Ijtimoiy – gumanitar fanlarga ixtisoslashgan akademik litseylarda
―O’zbekiston qayta qurish yillarida. Milliy uyg’onishning yangi qudraqtli bosqichi. Milliy
istiqlol uchun kurash (1985 – 1991 yillar)‖ bobini o’rganish.
4.
Ijtimoiy – gumanitar fanlarga ixtisoslashgan akademik litseylarda
―Turkistonda Sho’rolar mustamlakachiligi istibdodining o’rnatilishi. O’lka xalqlarining
milliy ozodlik, erk va mustaqillik uchun kurashlari‖ bobini o’rganish.
5.
Ijtimoiy – gumanitar fanlarga ixtisoslashgan akademik litseylarda
―Turkiston o’lkasida istiqlolchilik harakatining yanada kuchayishi va uning rivojlanish
bosqichlari‖ bobini o’rganish.
6.
Ijtimoiy – gumanitar fanlarga ixtisoslashgan akademik litseylarda ―1918 –
1939 yillarda xalqaro munosabatlar‖ mavzusini o’rganish.
7.
Ijtimoiy – gumanitar fanlarga ixtisoslashgan akademik litseylarda
―ikkinchi jahoin urushining boshlanishi‖ mavzusini o’rganish.
8.
Ijtimoiy – gumanitar fanlarga ixtisoslashgan akademik litseylarda
―Yevropa davlatlari‖ mavzusini o’rganish.
9.
Kasb hunar kollejlarida ―sovet davlatining parchalanishi‖mavzusini
o’rganish.
10.
Kasb
–
hunar
kollejlarida
―O’zbekistonning
mustaqillikka
erishishi‖mavzusini o’rganish.
KURS ISHLARI MAVZULARI
Pedagogika oliy o’quv yurtlari bakalavr yo’nalishida tahsil
olayotgan talabalar uchun ―Tarix o’qitish metodikasi‖ fanidan o’quv –
uslubiy majmua.
Navoiy, 2011.
Uslubiy qo’llanmada ―Tarix o’qitish metodikasi‖ fanining mazmun-
mohiyatini talaba yoshlarga yetkazish, fanning maqsad va vazifalaridan
kelib chiqqan holda talabalar bilimini oshirish, fanning sir-asrorlarini
talabalar ongiga singdirish bo’yicha o’qitishning texnologiyalashtirish
qoidalari, usul, vositalaridan foydalanishning ta’lim texnologiyasi
keltirilgan.
O’zbekiston bugun xalqaro hamjimiyatning va global moliyaviy-
iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanayotgan bir davrda,
uning iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, sohalarni texnik va
texnologik qayta jihozlash va jahon standartlariga mos mahsulotlar
ishlab chiqarish uchun mutaxassis kadrlarni yangi talablar va uslublar
asosida tayyorlash, ularga zamonaviy bilimlarni berish dolzarb
masalalardan biridir. Shunday ekan, O’zbekiston yosh, rivojlanayotgan
mamlakatlar ichida birinchilardan bo’lib ta’lim tizimini isloh qilishga
kirishdi va Respublikamizda kadrlar tayyorlash ―Milliy dastur‖i va
―Ta’lim to’g’risidagi‖ qonunlar qabul qilindi.
―Ta’lim to’g’risida‖gi qonun, Prezidentimizning ―O’zbekiston XXI
asrga intilmoqda‖ kitobi, Oliy majlisning birinchi sessiyasida qilgan
ma’ruzalaridan, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi PF dan kelib
chiqib, respublikamizda kasblar yo’nalishi bo’yicha mutaxassis kadrlar
tayyorlashga alohida e’tibor berilmoqda.
Bu sohada, ya’ni kadrlar tayyorlash va ta’lim samaradorligini
oshirishda bir qator loyihalar, iqtisodiy ta’lim islohotlari amalga
A N N O T A T S I Y A
oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning
kishilarning umumta’lim va professional malaka darajasini oshirish,
yangi talablar asosida kishilarning savodxonligini oshirish, uzluksiz
ta’lim tizimini joriy qilish borasidagi tashabbuslari negizida iqtisodiy
sohalarda yetuk mutaxassislar va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash
orqali
tarmoqlardagi
o’sish
parametrlarining
yaxshilanishiga
erishilmoqda.
Ma’lumki, uzluksiz va uzviylik ta’lim tizimida ortiqcha
takroriylikka chek qo’yib, eng avvalo, jamiyatning ma’naviy va
intellektual salohiyatini kengaytiradi, qolaversa, davlatning ijtimoiy va
ilmiy–texnik taraqqiyotini takomillashtirish omili sifatida ishlab
chiqarishning
barqaror
rivojlanishini
ta’minlaydi.
Pedagogik
texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o’quv – tarbiya jarayoniga
kirib kelishi oqibatida, shuningdek axborot texnologiyalarining tez
almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir inson uchun o’z kasbiy
tayyorgarligini, mahoratini kuchaytirish imkoniyati yaratildi.
Ta’limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik va didaktik
talab talaba (yoki o’quvchi)ning dasturiy bilim, tasavvur va ko’nikmalari
asosida mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish, ilmiy
fikrlashga, o’quv faniga qiziqishni kuchaytirish, kasbiy bilimlarini
faolligini oshirishdan iboratdir. Iqtisodiy ta’limda pedagogika tajribasi,
zamonaviy pedagogik texnologiyalarining talaba (yoki o’quvchi)larni
fanlarga qiziqtirishga, ularning mustaqil ishlashda faolliklarini
oshirishda imkoniyati cheksiz ekanligi tasdiqlanmoqda.
Ta’limning bugungi vazifasi o’quvchilarni kun–sayin oshib
borayotgan axborot–ta’lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko’rsata
olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o’rgatishdan iboratdir.
Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va
sharoitini yaratib berish zarur. SHu sababli, ta’lim jarayonini
texnologiyalashtirish,
aniq
vazifalarni
qo’ygan
holda,
dars
mashg’ulotlarining usul va vositalarini to’g’ri tanlash orqali shaxsning
intellektual salohiyati va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, jamiyatdagi
har bir fuqaroning bilim va malakasini oshirish, tezkor ta’lim uchun
shart-sharoit yaratish mumkin.
YUqoridagilardan kelib chiqqan holda Pedagogika oliy o’quv
yurtlari bakalavr yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun
―Etnologiya‖ fanining maqsadi va vazifalari hamda ta’lim berish
texnologiyasini loyihalashtirishdagi asosiy konseptual yondoshuvlarini
keltiramiz:
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra
ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini
ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum
bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik
faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqgan holda
yondoshishni nazarda tutadi.
Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini
o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha
bo’g’inlarini o’zaro bog’likligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv . Individning jarayonli
sifatlarini shakllantirish, ta’lim oluvchining faoliyatini faollashtirish va
tezlashtirish, o’quv jaryonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari,
tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondashuv. Bu yondashuv o’quv jarayoni ishtirokchilarining
psixologik birligi va o’zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning
natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi
ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish . Ta’lim beruvchi va ta’lim
oluvchi o’rtasida demokratik, tenglik, hamkorlik kabi o’zaro sub’ektiv
munosabatlarga,
faoliyat
maqsadi
va
mazmunini
birgalikda
shakllantirish va erishilgan natijalarni baholashga e’tiborni qaratish
zarurligini bildiradi.
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish
asosida ta’lim oluvchilarning o’zaro faoliyatini tashkil etish usullaridan biridir. Bu
jarayon ilmiy bilimlarni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini
aniqlash, dialektik tafakkurni va ularni amaliy faoliyatda ijodiy qo’llashni
shakllantirishni ta’minlaydi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini
qo’llash – bu yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv
jarayonida qo’llashdir.
O’qitish uslublari va texnikalari. Ma’ruza (kirish, mavzuiy,
ma’lumotli, ko’rgazmali (vizuallashgan), anjuman, aniq vaziyatlarni
yechish), munozara, muammoli uslub, pinbord, aqliy hujum, tezkor-
so’rov, savol-javob, amaliy ishlash usullari.
O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot,
hamkorlik va o’zaro o’qitishga asolangan frontal, jamoaviy va
guruhlarda o’qitish.
O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy vositalari (o’quv qo’llanma,
ma’ruza matni, tarqatma materiallar) bilan bir qatorda – chizmali
organayzerlar, kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: talabalar bilan tezkor qaytar aloqaga
asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.
Qaytar aloqalarning (ma’lumotning) usul va vositalari: tezkor-
so’rov, o’qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini
belgilab
beruvchi
texnologik
karta
ko’rinishidagi
o’quv
mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda
o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya
mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash : o’quv mashg’ulotida va butun kurs
davomida mavzu yuzasidan nazorat savollarini berib borish orqali
o’qitishning natijalari rejali tarzda kuzatib boriladi. Kurs oxirida test
topshiriqlari yordamida talabalarning bilimlari baholanadi.
Ushbu o’quv-uslubiy majmua asosida ―Tarix o’qitish metodikasi‖
yaratilgan bo’lib, unda ma’ruzalarni o’rganish bo’yicha bakalavr ta’lim
yo’nalishlari uchun davlat ta’lim standarti, o’quv dasturi, o’quv
qo’llanma, ta’lim texnologiyasi, ko’rgazmali taqdimot slaydlari, test
savollari, kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlar mavzulari ro’yxati
jamlangan.
Mazkur o’quv-uslubiy majmuada hozirgi zamon ―Tarix o’qitish
metodikasi‖ masalalarini o’rganish ko’zda tutilgan. Bo’lajak
bakalavrlarni o’rta umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-
hunar kollejlarida amaliy mashg’ulotlar olib borish ko’nikma va
malakalarini shakillantirish, bo’lajak o’qituvchilarni Tarix o’qitish
metodikasining mazmuni, ilmiy-tadqiqot metodlari bilan tanishtirish.
Dastur ma’ruzalar va seminar mashg’ulotlarini internetdan olingan
yangi ma’lumotlar asosida ko’rilishini ko’zda tutadi.
Mazkur o’quv-uslubiy majmua oliy o’quv yurtlari talabalari uchun
tavsiya etiladi. Shu bilan birga o’quv-uslubiy majmuadan o’qituvchilar,
ilmiy
xodimlar,
aspirant
va
tadqiqotchilar,
magistrantlar,
respublikamizda metodika sohasida olib borilayotgan ilmiy
tadqiqotlarga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.
Tuzuvchi:
Katta o’qituvchi Hamroyeva S.I.
Qamariddin usmonov o‘zbekiston tarixi milliy istiqlol davri
QAMARIDDIN USMONOV
O‘ZBEKISTON
TARIXI
Milliy istiqlol davri
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining
2-kurs talabalari uchun darslik
„O‘QITUVCHI“ NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI
TOSHKENT — 2007
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
To‘ldirilgan beshinchi nashri
www.ziyouz.com kutubxonasi
M a s ’ u l m u h a r r i r M. Sharifxo‘jayev, akademik.
Mazkur darslik O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tarix instituti
qoshidagi „Tarixiy adabiyotlarni nashrga tayyorlash va chop etish bo‘yicha
Respublika ekspert guruhi“ning xulosasiga binoan nashr etishga tavsiya
etilgan.
T a q r i z c h i l a r : E. Nuriddinov, tarix fanlari doktori, O‘zR FA Tarix
instituti „O‘zbekistonning istiqlol davri tarixi“ bo‘limi
mudiri.
S. Atabekova, tarix fanlari nomzodi, M. Ulug‘bek
nomidagi O‘zMU tarix fakulteti dotsenti.
©
„O‘qituvchi“ NMIU, 2007,
tuzatishlar bilan
Qat’iy buyurtma — 2007
U
0503020904 — 57
353(04) — 2007
©
„O‘qituvchi“ 2003.
ISBN 978-9943-02-047-4
www.ziyouz.com kutubxonasi
KIRISH
Aziz o‘quvchi!
Qo‘lingizdagi darslik Vatanimizning milliy istiqlol davri tari-
xini yoritishga bag‘ishlangan. O‘zbekiston xalqi XX asrning
so‘nggi o‘n yilligi boshlarida sovet tuzumiga qaramlikdan ozod
bo‘lib, o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini qo‘lga kiritdi. 1991-
yil 31- avgustda Prezident Islom Karimov Oliy Kengashning
navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida O‘zbekistonning davlat
mustaqilligini e’lon qildi. Xalqimizning asriy orzusi ro‘yobga
chiqib, siyosiy mutelik va zug‘umdan qutuldi. Dunyo xaritasida
yana bitta mustaqil davlat — O‘zbekiston Respublikasi paydo
bo‘ldi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda demokratik-huquqiy dav-
lat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, tartibga solinadi-
gan bozor iqtisodiyotiga o‘tish maqsadida keng qamrovli
demokratik islohotlar amalga oshirildi. Mazkur darslikni o‘qish,
o‘rganish jarayonida Siz mustaqillik yillarida milliy-huquqiy dav-
lat qurilishi jarayonini — markaziy va mahalliy davlat hokimiyati
organlari barpo etilishi va ularning faoliyatini, shuningdek,
ochiq fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi, o‘zini o‘zi
boshqarish organlari, nodavlat tashkilotlarning vujudga kelishi
va ularning faoliyatini bilib olasiz. Mazkur darslik mustaqillik yil-
larida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiy-
atini, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish jaray-
onini idrok etishda, ko‘p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar
tabaqasining shakllanishini, yuksak texnologiyalar asosida
bunyod etilgan yangi zamonaviy korxonalar va ularning faoliya-
tini, sanoat, transport, aloqa, qishloq xo‘jaligi sohasida
erishilgan yutuqlarni o‘rganishda Sizga yordam beradi. Shuning-
dek, Siz mamlakatimizning ma’naviy-madaniy hayotida sodir
bo‘lgan chuqur o‘zgarishlarni, bu sohada erishilgan yutuqlarni
bilib olasiz. Qo‘lga kiritilgan yutuqlarimizga Yurtboshimiz Is-
lom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning
„o‘zbek modeli“ asos bo‘lib xizmat qilganini, bu yo‘lning maz-
mun-mohiyatini qalban anglab yetasiz, deb umid qilamiz.
3
www.ziyouz.com kutubxonasi
4
Mustaqillik yillarida ona-Vatanimiz — O‘zbekiston jahon
hamjamiyatiga qo‘shildi. Dunyodagi yirik, rivojlangan mamla-
katlar bilan siyosiy-diplomatik, iqtisodiy, madaniy aloqalar
o‘rnatildi, o‘zaro manfaatli aloqalar tobora kengayib bormoqda.
O‘zbekiston xalqaro muammolarni hal etishdagi qat’iy siyosati
va amaliy faoliyati bilan xalqaro maydonda obro‘-e’tibor qozon-
di. O‘zbekiston jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallagan,
o‘zining mustaqil ovoziga ega bo‘lgan davlat darajasiga ko‘tarildi.
Qo‘lingizdagi darslik O‘zbekiston tarixining bu sohadagi yorqin
sahifalarini bilib olishda Sizga ko‘maklashadi, albatta.
Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta max-
sus ta’lim vazirligi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
tomonidan tasdiqlangan „O‘zbekiston tarixi“ fani o‘quv dasturi
asosida tayyorlandi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
5
I B O B
Mustaqil O‘zbekiston davlatining
tashkil topishi
1-
§
. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon
qilinishi va umumxalq tomonidan ma’qullanishi
1990- yil 18- iyun kuni XII chaqiriq
respublika Oliy Kengashining ikkinchi
sessiyasi ochildi. Deputatlarning taklifi
bilan O‘zbekistonning Mustaqillik Deklaratsiyasini qabul qilish
masalasi sessiya kun tartibiga kiritildi. Oliy Kengashning doimiy
komissiyalari, faol deputatlar va huquqshunos mutaxassislar to-
monidan ishlab chiqilgan Mustaqillik Deklaratsiyasi matni sessi-
yada qizg‘in muhokama qilindi va 20- iyun kuni qabul qilindi.
Mustaqillik Deklaratsiyasida xalqimizning xohish-irodasiga
to‘la mos keladigan oliy maqsad 12 moddadan iborat bo‘lib,
ularda quyidagicha muhim tartib-qoidalar belgilab qo‘yildi:
„O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi:
— o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajriba-
si va tarkib topgan boy an’analari;
— har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huqu-
qini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi;
— har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’min-
lashni oliy maqsad deb bilgan holda;
— O‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy
mas’uliyatni chuqur his etgan holda;
— xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qad-
riyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat
mustaqilligini e’lon qiladi“.
O‘zbekiston SSR ning davlat mustaqilligi O‘zbekiston SSR
demokratik davlatining o‘z hududida, barcha tarkibiy qismlarida
va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir .
O‘zbekiston SSR davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu
hudud xalqning muhokamasiga qo‘yilmay turib o‘zgartirilishi
mumkin emas.
Mustaqillik Deklaratsi-
yasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
6
SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O‘zbekiston SSR
Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi to-
monidan tasdiqlangandan keyingina O‘zbekiston hududida
kuchga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O‘zbekiston
SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi.
O‘zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan
oladi, hurmat qiladi va hokazo.
Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz-
ning tom ma’nodagi haqiqiy mustaqillikka erishish yo‘lida
muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shundan e’tiboran mamlaka-
timizning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotiga doir masalalar
mustaqil tarzda hal etila boshlandi.
O‘zbekistonning mustaqillik sari inti-
layotgani uning yangi Ittifoq shart-
nomasini ishlab chiqish jarayoniga
respublika manfaati nuqtayi nazaridan
kelib chiqqan holda, qat’iylik bilan
yondashayotganida yaqqol namoyon bo‘ldi.
Sobiq Ittifoqqa kiruvchi respublikalar rasman teng va suve-
ren deb yuritilsa-da, amalda qaram edilar. Ular o‘z yerlari,
suvlari, o‘rmonlari va yer osti boyliklariga, ko‘pdan ko‘p
korxonalariga o‘zlari egalik qilolmas edilar. 80- yillarning
oxirlari, 90- yillarning boshlarida ko‘pchilik respublikalar
mavjud vaziyatni o‘zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar.
O‘zbekiston Respublikasining rahbari I. A. Karimov 1989- yil
20- sentabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan KPSS MQ sining ple-
numida so‘zlagan nutqida respublikalar bilan Ittifoq o‘rtasidagi
vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo‘yishni ko‘zda tutadigan
yangi shartnoma ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida o‘z fikrini
bildirib: „Biz Ittifoq va respublikalarning vazifalarini,
burchlarini va o‘zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab
qo‘yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustah-
kamlash tarafdorimiz“, — degan edi.
Biroq markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik berish ha-
qidagi talab-takliflarni e’tiborga olishni istamas, to‘g‘rirog‘i
ularga erkinlik berishni xohlamas edi. Markazning qaysarligi
hamda respublikalar jamoatchiligining ta’siri ostida markazdan
ajralish harakati kuchayib bordi. 1990- yil bahorida Boltiqbo‘-
yidagi Latviya, Litva, Estoniya Respublikalari, keyinroq Gru-
ziya va Ozarbayjon Respublikalari Ittifoq tarkibidan chiqqan-
ligini e’lon qildilar.
O‘zbekistonning Itti-
foq shartnomasini yan-
gilashga munosabati
www.ziyouz.com kutubxonasi
7
Ittifoq bo‘yicha o‘z milliy davlat tuzilmalaridan tashqarida
yashayotgan 60 milliondan ortiq aholi milliy-etnik muammo-
lar, mojarolarga duchor bo‘ldi.
Rossiya, Ukraina, Belarus parlamentlari davlat suvereniteti
to‘g‘risida Deklaratsiya qabul qildilar. Ittifoqdosh respublikalar
ketidan RSFSR ga kiruvchi muxtor respublikalar ham suvere-
nitet haqida deklaratsiyalar qabul qilishdi. Markazda va joylarda
SSSR Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki respublika
Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi, degan masalada bahs va
munozaralar kuchaydi. Markazdagilar „Kuchli markaz —
kuchli respublikalar“ desa, joylardagilar „Kuchli respublika-
lar — kuchli markaz“ der edilar.
Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq
shartnomasini yangilash zarurligini e’tirof etishga majbur bo‘ldi.
SSSR Oliy Soveti mazkur masala bilan shug‘ullanuvchi
maxsus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi. 1990- yil
iyulda Moskvada markaz vakillari bilan respublikalar delegat-
siyalari yangi shartnoma matnini tayyorlashga kirishdilar. 1990-
yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi.
Dasturda respublikalar o‘z hududlaridagi butun milliy boylik-
larga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish huquqiga ega ekanligi
ta’kidlangan edi. Ammo shartnomaga bunday yondashuv
markazdagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul
qilmadi. SSSR Oliy Soveti respublikalarning istak va manfaatlarini
batamom inkor etgan yangicha shartnoma loyihasini tuzib respub-
likalarga tarqatdi. Respublikalar, shu jumladan O‘zbekiston,
markaz loyihasini qabul qilmadi. Shu tariqa, shartnoma loyihasini
tuzish harakatining birinchi bosqichi natijasiz tugadi.
1991- yil fevral — mart oylarida Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida
ishlashning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Boltiqbo‘yi respub-
likalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakillari qatnashmadi,
Ozarbayjon kuzatuvchi bo‘lib qatnashdi. Bu bosqichda Ittifoq bilan
respublikalar vakolatlarini farqlab qo‘yishga harakat qilindi. Nihoyat,
Ittifoq va respublikalar vakolatlari belgilab qo‘yilgan yangi shartnoma
loyihasi matbuotda e’lon qilindi. Respublikalarda mazkur loyiha
muhokama qilindi. Respublikalar, jumladan O‘zbekiston, markaziy
idoralar hali o‘zining eskicha hukmron mavqeyini saqlash ruhi
singdirilgan bu hujjatdan qanoatlanmaganliklarini bildirdilar.
SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini o‘zgartirish, SSSRni
teng huquqli suveren respublikalar Federatsiyasi sifatida yangi-
lash xususida xalqning fikrini bilish maqsadida 1991- yil
17- mart kuni Butunittifoq referendumini o‘tkazishga qaror qildi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
8
1991- yil 20- fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashining rayosati
ham referendum o‘tkazishni ma’qulladi va SSSR Oliy Soveti
tomonidan tayyorlangan byulleten bilan birga yana bitta
qo‘shimcha byulletenni ovozga qo‘yishga qaror qildi.
Qo‘shimcha byulletenga „Siz O‘zbekistonning mustaqil
teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq
(Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?“ degan savol
qo‘yildi. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93
foizi bu savolga „Ha“ deb javob berdilar. Demak,
o‘zbekistonliklar o‘z mamlakatini mustaqil davlat sifatida
Federativ Ittifoqda bo‘lishini, O‘zbekistonning suveren
respublika sifatida rivojlanishini yoqlab ovoz bergan edi-
lar.
O‘zbekiston rahbariyati referendum natijalariga asoslanib,
respublikalarga to‘la mustaqillik berishni ko‘zlamaydigan shart-
noma loyihasini rad etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
I. A. Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mita-
sining 1991- yil 12- martda bo‘lgan IV plenumida so‘zlagan
nutqida: „Ittifoq shartnomasini imzolash uchun eng qulay payt
qo‘ldan boy berib qo‘yildi. Ikki yil muqaddam bu masalani
ko‘targan kishilarning ovoziga hech kim quloq solmadi.
Markaz 1922- yildagi shartnomaga mahkam yopishib olib,
oqilona takliflarni qabul etmadi, ishni paysalga soldi“, — de-
gan edi. Bu fikrning to‘g‘riligini hayot to‘la isbotladi.
1991- yil aprelda Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belarus, O‘zbe-
kiston, Qozog‘iston Respublikalari rahbarlarining uchrashuvi
bo‘ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos
keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo‘llari
ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni
Qirg‘iziston, Òojikiston, Òurkmaniston Respublikalari ham
imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo‘ldi.
1991- yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti
M.S.Gorbachyovning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi
bo‘ldi. Ishtirokchilar tomonidan „Mamlakatdagi vaziyatni bar-
qarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo‘l-
maydigan choralar to‘g‘risida qo‘shma Bayonot“ imzolandi. Bu
hujjat „9+1“ (9 respublika + markaz) degan nomni oldi. Uning
mazmuni markazning yon berganini, Kiyevda bildirilgan fikr-
mulohazalarga rozi bo‘lganini ko‘rsatadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
9
1991- yil 3- iyunda Novo-Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakil-
lari bilan Respublika rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘ldi. Mulk, til
va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi to‘g‘risida keskin munozara
bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov mavjud
Ittifoq, uning tuzilmasi, markaz bilan respublikalar o‘rtasida vako-
latlar taqsimoti hech kimni qoniqtirmasligini keskin qilib qo‘ydi,
markazchilik nuqtayi nazarini o‘tkazishga urinuvchilarni qattiq
tanqid qildi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari
asosan inobatga olingan „Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risida
shartnoma“ loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha barcha Respublikalar
Oliy Kengashlariga muhokama uchun jo‘natildi.
Mazkur shartnoma loyihasi O‘zbekiston Oliy Kengashida
1991- yil 14- iyunda muhokama qilindi. Kengash Federatsiya
tamoyillari asosida Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzish tarafdori
ekanligini bildirdi. Shu bilan birga respublikalar vakolatlarini
yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi.
1991- yil iyul oyining oxirlarida Novo-Ogoryovoda yangi
shartnoma loyihasini uzil-kesil tayyorlash uchun markaz vakil-
lari va respublika rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Markazni
ham, respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan „Mus-
taqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risida shartnoma“ loyihasi tayyorlandi.
Ammo hamma rozi bo‘lgani holda „Mustaqil davlatlar ittifoqi
to‘g‘risidagi shartnoma“ni imzolash 1991- yil 20- avgust kuniga
qoldirildi. SSSR Prezidenti M. S. Gorbachyov Foros (Qrim)ga
dam olish uchun jo‘nab ketdi. Markaziy hokimiyatni saqlab
qolish, respublikalarga mustaqillikni bermaslik payida yurganlar
uchun qandaydir bir „imkoniyat“ vujudga kelgan edi.
Moskvada markaziy hokimiyatni saq-
lab qolishga, respublikalar jilovini o‘z
qo‘lida ushlab qolishga urinuvchilar to-
monidan fitna tayyorlandi. Fitnachilar 1991- yil 18- avgust kuni
tayyorlangan va 19- avgustda matbuotda e’lon qilingan „Sovet rah-
bariyatining Bayonoti“da M. S. Gorbachyovning salomatligi yo-
monlashdi, shu sababli uning SSSR Prezidenti vazifalarini ijro
etish imkoniyati yo‘q, degan soxta axborot bilan chiqdilar. Bayo-
notda Prezident vakolatlari vitse-prezident G. I. Yanayevga o‘tka-
zilganligi e’lon qilindi. Aslida esa Prezident M. S. Gorbachyov
sog‘-salomat edi, ammo o‘zini himoya qila olmadi. Fitnachilar uni
mamlakatdan, xalqdan, dunyodan ajratib, barcha aloqa
vositalarini uzib, 72 soat qamal qilib qo‘ygan edi. Fitnachilar
tomonidan mamlakatni idora qilish uchun quyidagi tarkibda
SSSRda favqulodda holat davlat qo‘mitasi (FXDQ) tuzildi:
1991- yil avgust
www.ziyouz.com kutubxonasi
1 0
O. D. Baklanov — SSSR Mudofaa Kengashi Raisining birinchi
o‘rinbosari, V. A. Kryuchkov — SSSR Davlat xavfsizligi qo‘mita-
sining raisi, V. S. Pavlov — SSSR Bosh vaziri, B. K. Pugo —
ichki ishlar vaziri, V. A. Starodubsev — SSSR dehqonlar uyush-
masi raisi, I. Òizyakov — SSSR sanoat, qurilish, transport va aloqa
davlat korxonalari hamda inshootlari uyushmasining Prezidenti,
D. Ò. Yazov — SSSR mudofaa vaziri, G. I. Yanayev — SSSR
Prezidenti vazifasini bajaruvchi. Shu tariqa fitnachilar
M.S.Gorbachyovni noqonuniy yo‘l bilan hokimiyatdan chetlash-
tirib, o‘zlari hokimiyatni egallab oldilar.
Mazkur qo‘mita sovet rahbariyatining Bayonoti, sovet xalqiga
murojaatnoma, davlatlar va hukumatlarning boshliqlariga hamda
BMÒ Bosh kotibiga murojaat va boshqa qarorlarni e’lon qildi.
Butunittifoq doirasida mo‘rtlashib qolgan ijtimoiy-siyosiy
vaziyat yanada taranglashdi. Mamlakatdagi siyosiy kuchlar vazi-
yatga turlicha munosabat bildirdilar.
Qaltis vaziyatda 1991- yil 19- avgustda O‘zbekiston Preziden-
ti I. A. Karimov Hindistonga qilgan rasmiy tashrifidan qaytib
keldi va Òoshkent shahri faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uch-
rashuvda Prezident O‘zbekistonning nuqtayi nazarini bildirib,
respublikamizda favqulodda holat joriy etishga hojat yo‘qligi,
O‘zbekistonda vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko‘rsatmalar
bajarilmasligini qat’iy ta’kidladi.
1991- yil 20- avgust kuni Òoshkentda O‘zbekiston SSR Oliy
Kengashi rayosati va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar
Mahkamasining Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Òoshkent
shahar rahbarlari ishtirokidagi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis
mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni muhokama qilib Bayonot
qabul qildi. Bayonotda O‘zbekiston Respublikasi tinch vaqtda
kuch, avvalo, harbiy kuch ishlatishga qarshi ekanligi ta’kidlandi.
Unda tinchlik, osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash, har
qanday ig‘vogarona harakatlarning oldini olish, hamma joyda
qattiq intizom va tartibni saqlash, mish-mishlar va ehtiroslarga
berilmaslik vazifalari ilgari surildi. Bayonotda O‘zbekiston davlat
mustaqilligi to‘g‘risidagi Deklaratsiya qoidalarini og‘ishmay va
izchil amalga oshirish yo‘lidan boraveradi, deb ko‘rsatildi.
O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov 1991- yil 20- av-
gust kuni respublika aholisiga o‘zining murojaatini e’lon
qildi: „Hozircha mamlakatning hokimiyat doiralari qan-
day yo‘l bilan, nimalar orqali, qanday siyosat orqali bu
www.ziyouz.com kutubxonasi
1 1
maqsadlarga erishish mumkinligi haqida to‘liq, hozircha
batafsil ma’lumot berganicha yo‘q. Bu ma’lumotlar bilan
chuqur tanishganimizdan keyingina bo‘layotgan o‘zga-
rishlarga o‘zimizning munosabatimizni albatta bildira-
miz“. Prezident xalqqa: „Biz birovning gapiga kirib ish
tutmaymiz, biz o‘zimiz tanlagan yo‘limizdan va belgilab
olgan maqsadimizdan qaytganimiz yo‘q. Ishonamanki, bu
og‘ir sinovlardan ham eson-omon o‘tamiz“, — deb muro-
jaat qildi. Xalqni og‘ir sinovlardan o‘tayotgan bir paytda
sabr-toqatli, bardoshli va vazmin bo‘lishga, tinchlikni
saqlash maqsadida jipslashishga chaqirdi.
I. A. Karimovning Respublika aholisiga murojaatidan. „Sovet
O‘zbekistoni“ gazetasi, 1991- yil, 21- avgust soni.
1991- yil 21- avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
o‘z farmoni bilan O‘zbekiston hududida hokimiyat va
boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muas-
sasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR
va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyalariga hamda qonunlariga,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlariga va Vazirlar
Mahkamasining qarorlariga so‘zsiz mos kelishi kerak, deb belgi-
lab qo‘ydi. Farmonda SSSR da favqulodda holat davlat qo‘mitasi-
ning SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, O‘zbekiston
SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari
va qarorlari haqiqiy emas, deb belgilab qo‘yildi.
Fitnachilarning qonunga xilof ravishda urinishlari natijasida
1991- yil 19—21- avgust kunlari Moskvada fojiali hodisalar ro‘y
berdi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilan demokra-
tik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna bostirildi. Fitnani
uyushtiruvchilar qamoqqa olindi. M.S.Gorbachyov Prezidentlik
lavozimiga qaytib keldi. Biroq mamlakatdagi siyosiy vaziyat tang
ahvolga tushib qoldi. Markaziy hokimiyat falaj bo‘lib qoldi. Sovet
Ittifoqi Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi.
I. A. Karimov favqulodda holat davlat qo‘mitasi faoliyatiga
o‘z munosabatini bildirmagan qo‘rqoq va prinsipsiz mavqeda
turgan KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy Byurosi va Kotibiyati
yuz minglab kommunistlarning sha’ni va qadr-qimmatini zarba
ostiga qo‘yganini qoraladi. Buning ustiga respublika kommu-
nistlarini chalg‘itishga va davlat to‘ntarishini qo‘llab- quvvat-
lashga majbur qilishga urinish bo‘lganini oshkora aytdi.
I. A. Karimov bundan keyin KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyo-
www.ziyouz.com kutubxonasi
1 2
siy Byurosining tarkibida qola olmasligi to‘g‘risida bayonot berdi.
Mazkur Bayonotni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ byurosi va
Markaziy nazorat komissiyasi rayosati ma’qulladi.
1991- yil 25- avgustda O‘zbekiston Prezidentining
maxsus farmoni e’lon qilindi. Farmonga binoan Respubli-
ka ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik qo‘mitasi
O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi.
Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar va-
Qiziqarli malumotlar
O’zbekiston tarixi litsey darslik