O’zbekiston tarixi 11 sinf

O’zbekiston tarixi 11 sinf

1990-yil 20-iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq ikkinchi sessiyasida «O‘zbekistonning Mustaqillik Dekleratsiyasi» qabul qilindi (1-ilova).

1991-yil 19—21-avgustda Moskvada G

11 – sinf «O’zbekiston tarixi»
1991-yil 19—21-avgustda Moskvada G.Yanayev boshchiligida sodir etilgan davlat to‘ntarishiga urinish esa, ulug‘davlatchilik, shovinistik va zo‘ravonlik o‘tkazish siyosatini chuqurlashtirishga va mamlakatda diktatorlik tuzumini o‘rnatishga intilish bu jarayonning yakuni bo‘ldi.
Mustaqillik sharofati bilan o‘zbek xalqi:

dunyoga kengroq va tiyrakroq nazar bilan qarashni;

bu ko‘hna olamda sho‘ro tuzumidan boshqa adolatli tuzumlar ham borligini;

boshqacha yashash ham mumkin ekanligini;

«kommunistik mafkura»dan bo‘lak ezgu g‘oyalar ham borligini;

inson qadru qimmatini himoya qiladigan mezonlar ham mavjudligini angladi.

Islom Karimov xalqning xohish-irodasini bajarib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish ishiga boshchilik qildi. 1989-yil 21-oktabrda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining o‘n birinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasida «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilindi.

90-yillarga kelib respublikalar suverenitetini va inson huquqlarini poymol qilgan totalitar buyruqbozlik boshqaruvining istiqbolsiz ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsata boshladi. Bunday holat sobiq SSSRda xalq xo‘jaligini bozor iqtisodiyotiga o‘tkazish hamda Yangi Ittifoq Shartnomasini tayyorlash borasidagi natijasiz qadamlarda ham o‘z ifodasini topdi.

1990-yil 6-avgustda mamlakat Prezidenti M.Gorbachevning «Yangi Ittifoq Shartnomasining asosi sifatida bozor iqtisodiyotiga

1990-yil 4-sentabrda SSSR Oliy Kengashining IV sessiyasida SSSR Ministrlar Sovetining Raisi N.Rijkov «Boshqariladigan bozor iqtisodiga o‘tishga tayyorgarlik va mamlakat xalq xo‘jaligida barqarorlikni vujudga keltirish haqida» ma’ruza qildi. Unda deputatlarning avvalgi fikrlari inobatga olingan variant ishlab chiqilgani aytilsa-da, sessiya Hukumat Dasturini qabul qilmadi. Buning muhim sababi deputatlarda Hukumatga nisbatan ishonch yo‘qola borgan edi. Ayni chog‘da, Hukumat Dasturi sobiq Ittifoqni saqlab qolishni, shuningdek iqtisodiyotni sotsialistik yo‘ldan rivojlantirishni ko‘zda tutar edi.

Ayni paytda, 1990-yil 11-sentabrda RSFSR Oliy Sovetining II sessiyasi S.Shatalinning «500 kun» Dasturini qabul qildi. Dastur fuqarolarning mulkka egalik huquqini, iqtisodiy mustaqillikni, erkin iste’mol bozori va unda erkin narxni joriy etishni, korxonalarga mustaqil iqtisodiy faoliyat huquqini berishni, ittifoqdosh respublikalarning mutlaq suvereniteti, aholi turmush darajasini pasaytirmaslikni ko‘zda tutar edi.

Shunga qaramasdan, SSSR Oliy Soveti 1990-yil 21-sentabrdagi IV sessiyasida har ikkala Dasturni ham qabul qilmadi. 1990-yil 24-sentabrda sessiya «Xalq xo‘jaligini barqarorlashtirishning kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalari»ni muhokama qilib, Hukumat Dasturi va S.Shatalin Dasturidan iborat Yagona Dastur ishlab chiqishni topshirdi. 1990-yil 18-oktabrda sessiya: «Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jahon amaliyotidan kelib chiqqan zarurat, ammo u iqtisodiyotning sotsialistik yo‘nalishiga ziyon yetkazmaydi», — deb xulosa berdi.

Birinchi kuchlar — N.Rijkov va V.Pavlov Dasturi tarafdorlari. Ular sobiq SSSRni saqlab qolish, xalq xo‘jaligini markazdan boshqarish, huquqni ko‘proq markazda to‘plash niyatida edilar. Ular iqtisodiyotni rivojlantirishda sotsialistik yo‘ldan voz kechmaslikni talab qilar edilar.

Ikkinchi kuchlar — S.Shatalin guruhi a’zolari tarafdorlari. Ular SSSRni tarqatib yuborish, ittifoqdosh respublikalar o‘rnida suveren, mustaqil Davlatlar tuzish, cheksiz xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, kolxoz va sovxozlarni tugatib, fermer xo‘jaliklari tuzishni ko‘zda tutdilar. Bu mohiyatan iqtisodiy rivojlanishning sotsialistik yo‘lidan voz kechishni bildirar edi.

Uchinchi kuchlar — bu M.Gorbachev Dasturini quvvatlovchilar. Ular murosa yo‘lini qidirib, yuqorida tilga olingan har ikki dastur yo‘nalishlarini uyg‘unlashtirish va SSSRni saqlab qolish, markazlashgan ma’muriy buyruqbozlik hokimiyatini yo‘qotmaslik g‘oyasini ilgari surar edilar. Yangi Ittifoq Shartnomasini tayyorlash ham shu maqsadlarga yo‘naltirilgan edi. Jumladan, Yangi Ittifoq Shartnomasida mamlakat nomini ham «Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi» deb emas, «Mustaqil Sovet Respublikalari», «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi» deb atash to‘g‘risidagi takliflar ham o‘rtaga tashlana boshladi.
1990-yil 29-oktabrda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi III sessiyasida bu masala yuzasidan Hukumatning hisoboti eshitildi. Oliy Kengash sessiyasi vujudga kelgan ahvoldan chiqishning yo‘li — respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga erishish asosida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va jadallashtirishdan iborat, deb hisobladi.

Shuningdek, 1991-yilning 1-iyunigacha O‘zbekiston Oliy Kengashiga iqtisodiy tizim masalalari va yer, yer osti hamda boshqa tabiiy boyliklarni, ishlab chiqarish korxonalarini O‘zbekiston SSR mulkiga o‘tkazish bo‘yicha Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgarishlar to‘g‘risida Qonun loyihasini kiritish vazifasi qo‘yildi.

1990-yil 29-avgustda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati «Ittifoqning Yangi Shartnomasi va boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o‘tish Dasturining asosiy qoidalari va yo‘l-yo‘riqlariga nisbatan respublikaning tutgan o‘rni to‘g‘risida»gi masalani ko‘rib chiqib, bu borada shoshilmaslik joizligini yana bir bor ta’kidladi. Oliy Kengash Rayosati Ittifoqning Yangi Shartnomasini tuzish hamda boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o‘tish dasturi bo‘yicha tayyorlangan takliflarning birinchi turkumini chuqur o‘rganib chiqish va muhokama qilish uchun O‘zbekiston Oliy Kengashi, Kompartiya Markaziy Qo‘mitasi, O‘zbekiston SSR Fanlar Akademiyasi va boshqa tashkilotlarga yubordi.

Masalan, 1989-yil 20-oktabrda o‘n birinchi chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida «O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish» to‘g‘risidagi masala maxsus muhokama etildi. Sessiyada shu masala yuzasidan respublika Oliy Kengashi Raisi doklad qildi. Ma’ruzada O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonun davlat mexanizmining hamma bo‘g‘inlari Oliy Kengashga bo‘ysunishini nazarda tutishi alohida ta’kidlandi.

Konstitutsiyaga kiritilgan bu o‘zgartirishlar respublika davlat hokimiyatining oliy idorasiga mustaqil davlat oliy idorasiga xos zarur vakolatlarni berdi. Ayni chog‘da, bu vakolatlar uning adolat buzilgan hamma joyda zudlik bilan adolatni tiklashi, jamiyat turmushida yuz berishi mumkin bo‘lgan noxush hodisalarning oldini olish imkoniyatini ham berdi.
Respublika rahbariyatining O‘zbekistonning siyosiy suverenitetini ta’minlashga qaratilgan qat’iy pozitsiyasi I.Karimov tomonidan 80-yillar oxiridan boshlab bir necha marta ko‘ndalang qilib qo‘yildi. Jumladan:

O‘zbekiston rahbari KPSS MKning 1989-yil 20-sentabrdagi Plenumida dadil tarzda: «Biz ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o‘zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo‘yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz»,— deb ta’kidladi.

O‘zbekiston KP MKning 1990-yil 23-martdagi Plenumida I.Karimov: «Siyosiy sistemani yangilash masalalarini O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligi muammolaridan ajralgan holda qarash mumkin emas. Bizda mustaqillik uchun shart-sharoit bor»,— degan fikrni bildirdi.
Darhaqiqat, 80-yillarning oxirlaridan boshlab respublikada iqtisodiy va siyosiy suverenitet uchun qadam-baqadam chora-tadbirlar ko‘rildi. Masalan, O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi 1989-yil 25-noyabrda bo‘lgan «O‘zbekiston SSRni iqtisodiy va sotsial rivojlantirishning 1990-yilgi Davlat plani to‘g‘risida»gi masalani muhokama qilar ekan, respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga oid muhim tadbirlarni belgiladi.
1990-yil 23-martda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Plenumida O‘zbekiston SSRning siyosiy suvereniteti masalalariga oid muammolarni tahlil etishga va konsepsiyalarini ishlab chiqishga jiddiy e’tibor berildi.

Plenum respublika siyosiy tizimi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishni hayot taqozo qilayotganligini ko‘rsatib, real hokimiyat O‘zbekiston Kompartiyasidan, uning barcha darajalaridagi komitetlaridan xalq deputatlari kengashlariga berilishi, yuzaga kelgan vaziyatda O‘zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Prezident muassasasining joriy etilishi — respublika uchun suverenitet va davlatchilikda mohiyat jihatidan yangi bosqichga o‘tishni bildirar edi.

O‘zbekiston Kompartiyasi MK Plenumi Prezidentlik lavozimini tashkil etishni respublika Oliy Kengashi sessiyasiga taklif qildi.
1990-yil 24-martda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining XII chaqiriq birinchi sessiyasi O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug‘aniyevich Karimovni O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti etib sayladi.

1990-yil 18-iyunda o‘z ishini boshlagan O‘zbekiston Oliy Kengashining o‘n birinchi chaqiriq ikkinchi sessiyasi O‘zbekistonning mustaqillikka erishishidagi navbatdagi muhim qadamni qo‘ydi. Mazkur sessiyada Oliy Kengash deputatlari faollik ko‘rsatdilar. 200 dan ortiq deputat sessiya boshlanishidayoq «Mustaqillik Dekloratsiyasi» muhokamasi masalasini kun tartibiga kiritish va kechiktirmasdan shu sessiyada uni qabul qilishni qat’iy talab qildilar.

Natijada «Mustaqillik Deklaratsiyasi» haqidagi masala sessiyaning kun tartibiga kiritildi. Sessiyaning uchinchi kunida «Mustaqillik Deklaratsiyasi» deputatlar tomonidan moddama-modda, bandma-band muhokama qilindi, har bir millat taqdirini o‘zi belgilashi, Deklaratsiya qoidasi bilan kafolatlanishi qayta-qayta ta’kidlandi. Unda o‘zbek xalqining asrlar davomida qo‘lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajribasi va an’analari hisobga olinishi uqtirildi.
Shunday qilib:

1990-yil 20-iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq ikkinchi sessiyasida «O‘zbekistonning Mustaqillik Dekleratsiyasi» qabul qilindi (1-ilova).

Shu kundan boshlab respublikada O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi.

O‘zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlari tayyorlash va qabul qilish ishlari ham dadil boshlab yuborildi. 1991-yil 15-fevralda O‘zbekiston Oly Kengashi «O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qildi.

Respublika Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Prezidenti Farmonlari, hukumat qarorlari katta ahamiyatga ega bo‘lib, ular respublikaning iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustaqil rivojlanish yo‘liga bevosita qaratila boshladi.

O‘zbekiston rahbariyati va xalqining mustaqillik sari dadil qadam qo‘yayotganligini 1991-yil 17-martda o‘tkazilgan SSSR umumxalq referendumini tashkil etish va uning yakunlarida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Shu maqsadda 1991-yil 20-fevraldagi O‘zbekiston Oliy Kengashining Rayosati yig‘ilishida SSSR Oliy Soveti tomonidan referendum uchun belgilangan asosiy byulleten bilan birga «O‘zbekiston yangilanayotgan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida mustaqil, teng huquqli respublika bo‘lib qolishiga rozimisiz?» degan savol qo‘yilgan qo‘shimcha byulleten kiritishga qaror qilindi.

1991-yil 17-martda o‘tkazilgan umumxalq referendumida qo‘shimcha byulleten bo‘yicha 9,2 milliondan ortiq kishi yoki referendumda qatnashganlarning 94 foizi yoqlab O‘zbekistonning mustaqil teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida bo‘lishini qo‘llab ovoz berdi.
Shunday qilib, bu referendumda O‘zbekiston xalqining mutlaq ko‘pchiligida O‘zbekistonni mustaqil respublika sifatida ko‘rish xohishi borligining o‘ziyoq respublika rahbariyatining bu boradagi dadil kuch-g‘ayratini qo‘llab-quvvatlash ifodasi edi.

1991-yil 22-iyulda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati «O‘zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa bo‘ysinuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini O‘zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga o‘tkazish» to‘g‘risida yana bir tarixiy ahamiyatga molik qaror qabul qildi

Mustaqillikka intilish g‘oyasi xalqimiz hayotida tarixan qanday rol o‘ynagan?

Mustaqillik nima? Davlat mustaqilligi-chi?

O‘zbekiston xalqlari hayotida mustamlakachilik qanday illatlar qoldirdi?

O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va uning ahamiyati haqida so‘zlang.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning obyektiv zaruriyat ekanligini tushuntiring.

«Yangi Ittifoq Shartnomasi»ni tuzishdagi harakatlar qanday natija berdi?

Iqtisodiy mustaqillik uchun amaliy harakatlar natijalari haqida so‘zlab bering.

Iqtisodiy va siyosiy mustaqillikni ta’minlovchi huquqiy asoslarni yaratishda qanday choralar ko‘rildi?

«Mustaqillik Deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi, mohiyati va ahamiyati haqida so‘zlang.

O‘zbekistonda o‘tkazilgan birinchi umumxalq referendumida qo‘shimcha byulleten bo‘yicha qanday masala ovozga qo‘yildi? Referendum yakunining tarixiy ahamiyati nimadan iborat?

11 sinf «O’zbekiston tarixi»

11 – sinf «O’zbekiston tarixi»
1991-yil 19—21-avgustda Moskvada G.Yanayev boshchiligida sodir etilgan davlat to‘ntarishiga urinish esa, ulug‘davlatchilik, shovinistik va zo‘ravonlik o‘tkazish siyosatini chuqurlashtirishga va mamlakatda diktatorlik tuzumini o‘rnatishga intilish bu jarayonning yakuni bo‘ldi.
Mustaqillik sharofati bilan o‘zbek xalqi:

dunyoga kengroq va tiyrakroq nazar bilan qarashni;

bu ko‘hna olamda sho‘ro tuzumidan boshqa adolatli tuzumlar ham borligini;

boshqacha yashash ham mumkin ekanligini;

«kommunistik mafkura»dan bo‘lak ezgu g‘oyalar ham borligini;

inson qadru qimmatini himoya qiladigan mezonlar ham mavjudligini angladi.

Islom Karimov xalqning xohish-irodasini bajarib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish ishiga boshchilik qildi. 1989-yil 21-oktabrda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining o‘n birinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasida «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilindi.

90-yillarga kelib respublikalar suverenitetini va inson huquqlarini poymol qilgan totalitar buyruqbozlik boshqaruvining istiqbolsiz ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsata boshladi. Bunday holat sobiq SSSRda xalq xo‘jaligini bozor iqtisodiyotiga o‘tkazish hamda Yangi Ittifoq Shartnomasini tayyorlash borasidagi natijasiz qadamlarda ham o‘z ifodasini topdi.

1990-yil 6-avgustda mamlakat Prezidenti M.Gorbachevning «Yangi Ittifoq Shartnomasining asosi sifatida bozor iqtisodiyotiga

1990-yil 4-sentabrda SSSR Oliy Kengashining IV sessiyasida SSSR Ministrlar Sovetining Raisi N.Rijkov «Boshqariladigan bozor iqtisodiga o‘tishga tayyorgarlik va mamlakat xalq xo‘jaligida barqarorlikni vujudga keltirish haqida» ma’ruza qildi. Unda deputatlarning avvalgi fikrlari inobatga olingan variant ishlab chiqilgani aytilsa-da, sessiya Hukumat Dasturini qabul qilmadi. Buning muhim sababi deputatlarda Hukumatga nisbatan ishonch yo‘qola borgan edi. Ayni chog‘da, Hukumat Dasturi sobiq Ittifoqni saqlab qolishni, shuningdek iqtisodiyotni sotsialistik yo‘ldan rivojlantirishni ko‘zda tutar edi.

Ayni paytda, 1990-yil 11-sentabrda RSFSR Oliy Sovetining II sessiyasi S.Shatalinning «500 kun» Dasturini qabul qildi. Dastur fuqarolarning mulkka egalik huquqini, iqtisodiy mustaqillikni, erkin iste’mol bozori va unda erkin narxni joriy etishni, korxonalarga mustaqil iqtisodiy faoliyat huquqini berishni, ittifoqdosh respublikalarning mutlaq suvereniteti, aholi turmush darajasini pasaytirmaslikni ko‘zda tutar edi.

Shunga qaramasdan, SSSR Oliy Soveti 1990-yil 21-sentabrdagi IV sessiyasida har ikkala Dasturni ham qabul qilmadi. 1990-yil 24-sentabrda sessiya «Xalq xo‘jaligini barqarorlashtirishning kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalari»ni muhokama qilib, Hukumat Dasturi va S.Shatalin Dasturidan iborat Yagona Dastur ishlab chiqishni topshirdi. 1990-yil 18-oktabrda sessiya: «Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jahon amaliyotidan kelib chiqqan zarurat, ammo u iqtisodiyotning sotsialistik yo‘nalishiga ziyon yetkazmaydi», — deb xulosa berdi.

Birinchi kuchlar — N.Rijkov va V.Pavlov Dasturi tarafdorlari. Ular sobiq SSSRni saqlab qolish, xalq xo‘jaligini markazdan boshqarish, huquqni ko‘proq markazda to‘plash niyatida edilar. Ular iqtisodiyotni rivojlantirishda sotsialistik yo‘ldan voz kechmaslikni talab qilar edilar.

Ikkinchi kuchlar — S.Shatalin guruhi a’zolari tarafdorlari. Ular SSSRni tarqatib yuborish, ittifoqdosh respublikalar o‘rnida suveren, mustaqil Davlatlar tuzish, cheksiz xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, kolxoz va sovxozlarni tugatib, fermer xo‘jaliklari tuzishni ko‘zda tutdilar. Bu mohiyatan iqtisodiy rivojlanishning sotsialistik yo‘lidan voz kechishni bildirar edi.

Uchinchi kuchlar — bu M.Gorbachev Dasturini quvvatlovchilar. Ular murosa yo‘lini qidirib, yuqorida tilga olingan har ikki dastur yo‘nalishlarini uyg‘unlashtirish va SSSRni saqlab qolish, markazlashgan ma’muriy buyruqbozlik hokimiyatini yo‘qotmaslik g‘oyasini ilgari surar edilar. Yangi Ittifoq Shartnomasini tayyorlash ham shu maqsadlarga yo‘naltirilgan edi. Jumladan, Yangi Ittifoq Shartnomasida mamlakat nomini ham «Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi» deb emas, «Mustaqil Sovet Respublikalari», «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi» deb atash to‘g‘risidagi takliflar ham o‘rtaga tashlana boshladi.
1990-yil 29-oktabrda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi III sessiyasida bu masala yuzasidan Hukumatning hisoboti eshitildi. Oliy Kengash sessiyasi vujudga kelgan ahvoldan chiqishning yo‘li — respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga erishish asosida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va jadallashtirishdan iborat, deb hisobladi.

Shuningdek, 1991-yilning 1-iyunigacha O‘zbekiston Oliy Kengashiga iqtisodiy tizim masalalari va yer, yer osti hamda boshqa tabiiy boyliklarni, ishlab chiqarish korxonalarini O‘zbekiston SSR mulkiga o‘tkazish bo‘yicha Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgarishlar to‘g‘risida Qonun loyihasini kiritish vazifasi qo‘yildi.

1990-yil 29-avgustda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati «Ittifoqning Yangi Shartnomasi va boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o‘tish Dasturining asosiy qoidalari va yo‘l-yo‘riqlariga nisbatan respublikaning tutgan o‘rni to‘g‘risida»gi masalani ko‘rib chiqib, bu borada shoshilmaslik joizligini yana bir bor ta’kidladi. Oliy Kengash Rayosati Ittifoqning Yangi Shartnomasini tuzish hamda boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o‘tish dasturi bo‘yicha tayyorlangan takliflarning birinchi turkumini chuqur o‘rganib chiqish va muhokama qilish uchun O‘zbekiston Oliy Kengashi, Kompartiya Markaziy Qo‘mitasi, O‘zbekiston SSR Fanlar Akademiyasi va boshqa tashkilotlarga yubordi.

Masalan, 1989-yil 20-oktabrda o‘n birinchi chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida «O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish» to‘g‘risidagi masala maxsus muhokama etildi. Sessiyada shu masala yuzasidan respublika Oliy Kengashi Raisi doklad qildi. Ma’ruzada O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonun davlat mexanizmining hamma bo‘g‘inlari Oliy Kengashga bo‘ysunishini nazarda tutishi alohida ta’kidlandi.

Konstitutsiyaga kiritilgan bu o‘zgartirishlar respublika davlat hokimiyatining oliy idorasiga mustaqil davlat oliy idorasiga xos zarur vakolatlarni berdi. Ayni chog‘da, bu vakolatlar uning adolat buzilgan hamma joyda zudlik bilan adolatni tiklashi, jamiyat turmushida yuz berishi mumkin bo‘lgan noxush hodisalarning oldini olish imkoniyatini ham berdi.
Respublika rahbariyatining O‘zbekistonning siyosiy suverenitetini ta’minlashga qaratilgan qat’iy pozitsiyasi I.Karimov tomonidan 80-yillar oxiridan boshlab bir necha marta ko‘ndalang qilib qo‘yildi. Jumladan:

O‘zbekiston rahbari KPSS MKning 1989-yil 20-sentabrdagi Plenumida dadil tarzda: «Biz ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o‘zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo‘yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz»,— deb ta’kidladi.

O‘zbekiston KP MKning 1990-yil 23-martdagi Plenumida I.Karimov: «Siyosiy sistemani yangilash masalalarini O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligi muammolaridan ajralgan holda qarash mumkin emas. Bizda mustaqillik uchun shart-sharoit bor»,— degan fikrni bildirdi.
Darhaqiqat, 80-yillarning oxirlaridan boshlab respublikada iqtisodiy va siyosiy suverenitet uchun qadam-baqadam chora-tadbirlar ko‘rildi. Masalan, O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi 1989-yil 25-noyabrda bo‘lgan «O‘zbekiston SSRni iqtisodiy va sotsial rivojlantirishning 1990-yilgi Davlat plani to‘g‘risida»gi masalani muhokama qilar ekan, respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga oid muhim tadbirlarni belgiladi.
1990-yil 23-martda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Plenumida O‘zbekiston SSRning siyosiy suvereniteti masalalariga oid muammolarni tahlil etishga va konsepsiyalarini ishlab chiqishga jiddiy e’tibor berildi.

Plenum respublika siyosiy tizimi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishni hayot taqozo qilayotganligini ko‘rsatib, real hokimiyat O‘zbekiston Kompartiyasidan, uning barcha darajalaridagi komitetlaridan xalq deputatlari kengashlariga berilishi, yuzaga kelgan vaziyatda O‘zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Prezident muassasasining joriy etilishi — respublika uchun suverenitet va davlatchilikda mohiyat jihatidan yangi bosqichga o‘tishni bildirar edi.

O‘zbekiston Kompartiyasi MK Plenumi Prezidentlik lavozimini tashkil etishni respublika Oliy Kengashi sessiyasiga taklif qildi.
1990-yil 24-martda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining XII chaqiriq birinchi sessiyasi O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug‘aniyevich Karimovni O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti etib sayladi.

1990-yil 18-iyunda o‘z ishini boshlagan O‘zbekiston Oliy Kengashining o‘n birinchi chaqiriq ikkinchi sessiyasi O‘zbekistonning mustaqillikka erishishidagi navbatdagi muhim qadamni qo‘ydi. Mazkur sessiyada Oliy Kengash deputatlari faollik ko‘rsatdilar. 200 dan ortiq deputat sessiya boshlanishidayoq «Mustaqillik Dekloratsiyasi» muhokamasi masalasini kun tartibiga kiritish va kechiktirmasdan shu sessiyada uni qabul qilishni qat’iy talab qildilar.

Natijada «Mustaqillik Deklaratsiyasi» haqidagi masala sessiyaning kun tartibiga kiritildi. Sessiyaning uchinchi kunida «Mustaqillik Deklaratsiyasi» deputatlar tomonidan moddama-modda, bandma-band muhokama qilindi, har bir millat taqdirini o‘zi belgilashi, Deklaratsiya qoidasi bilan kafolatlanishi qayta-qayta ta’kidlandi. Unda o‘zbek xalqining asrlar davomida qo‘lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajribasi va an’analari hisobga olinishi uqtirildi.
Shunday qilib:

1990-yil 20-iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq ikkinchi sessiyasida «O‘zbekistonning Mustaqillik Dekleratsiyasi» qabul qilindi (1-ilova).

Shu kundan boshlab respublikada O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi.

O‘zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlari tayyorlash va qabul qilish ishlari ham dadil boshlab yuborildi. 1991-yil 15-fevralda O‘zbekiston Oly Kengashi «O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qildi.

Respublika Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Prezidenti Farmonlari, hukumat qarorlari katta ahamiyatga ega bo‘lib, ular respublikaning iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustaqil rivojlanish yo‘liga bevosita qaratila boshladi.

O‘zbekiston rahbariyati va xalqining mustaqillik sari dadil qadam qo‘yayotganligini 1991-yil 17-martda o‘tkazilgan SSSR umumxalq referendumini tashkil etish va uning yakunlarida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Shu maqsadda 1991-yil 20-fevraldagi O‘zbekiston Oliy Kengashining Rayosati yig‘ilishida SSSR Oliy Soveti tomonidan referendum uchun belgilangan asosiy byulleten bilan birga «O‘zbekiston yangilanayotgan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida mustaqil, teng huquqli respublika bo‘lib qolishiga rozimisiz?» degan savol qo‘yilgan qo‘shimcha byulleten kiritishga qaror qilindi.

1991-yil 17-martda o‘tkazilgan umumxalq referendumida qo‘shimcha byulleten bo‘yicha 9,2 milliondan ortiq kishi yoki referendumda qatnashganlarning 94 foizi yoqlab O‘zbekistonning mustaqil teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida bo‘lishini qo‘llab ovoz berdi.
Shunday qilib, bu referendumda O‘zbekiston xalqining mutlaq ko‘pchiligida O‘zbekistonni mustaqil respublika sifatida ko‘rish xohishi borligining o‘ziyoq respublika rahbariyatining bu boradagi dadil kuch-g‘ayratini qo‘llab-quvvatlash ifodasi edi.

1991-yil 22-iyulda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati «O‘zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa bo‘ysinuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini O‘zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga o‘tkazish» to‘g‘risida yana bir tarixiy ahamiyatga molik qaror qabul qildi

Mustaqillikka intilish g‘oyasi xalqimiz hayotida tarixan qanday rol o‘ynagan?

Mustaqillik nima? Davlat mustaqilligi-chi?

O‘zbekiston xalqlari hayotida mustamlakachilik qanday illatlar qoldirdi?

O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va uning ahamiyati haqida so‘zlang.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning obyektiv zaruriyat ekanligini tushuntiring.

«Yangi Ittifoq Shartnomasi»ni tuzishdagi harakatlar qanday natija berdi?

Iqtisodiy mustaqillik uchun amaliy harakatlar natijalari haqida so‘zlab bering.

Iqtisodiy va siyosiy mustaqillikni ta’minlovchi huquqiy asoslarni yaratishda qanday choralar ko‘rildi?

«Mustaqillik Deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi, mohiyati va ahamiyati haqida so‘zlang.

O‘zbekistonda o‘tkazilgan birinchi umumxalq referendumida qo‘shimcha byulleten bo‘yicha qanday masala ovozga qo‘yildi? Referendum yakunining tarixiy ahamiyati nimadan iborat?

3-§. DAVLAT SUVERENITETINING E’LON QILINIShI
80- tarafdorlari o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun ommaviy axborot vositalari, SSSR xalq deputatlari syezdi va Oliy

1991-yil 19—21-avgustda Moskvada davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinib ko‘rildi. «Favqulotda Holat Davlat Komiteti» tuzilib, SSSR Prezidenti M.Gorbachev zo‘ravonlik bilan o‘z vazifasidan chetlashtirildi. Fitnachilar Prezident vakolatlari vitse-prezident G.Yanayevga o‘tkazilganligini e’lon qildilar.

Fitnachilarning maqsadi Ittifoq hududida yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikni qo‘lga kiritishlariga, o‘z taqdirlarini o‘zlari hal qilishlariga yo‘l qo‘ymaslik edi.

Butun mamlakat uchun fojiali bo‘lgan o‘sha kunlarda O‘zbekiston rahbariyati, partiya, sovet tashkilotlari, korxona va xo‘jaliklarning rahbarlari xalq saylagan deputatlar, barcha sofdil kishilar, xalqni sabr-toqat va osoyishtalikka da’vat qildilar. Ular barqaror ijtimoiy-siyosiy vaziyatni saqlash, respublika hududida favqulodda holat joriy etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, Konstitutsiyaga qarshi davlat to‘ntarishini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi ig‘vogarona harakatlarga uchmaslik uchun o‘zlarining butun imkoniyatlaridan foydalandilar.

Faollar bilan uchrashuvlarda, respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Deklaratsiyasiga va konstitutsion tuzum qoidalariga rioya qilinajagi aytildi. Xalqqa Markazdan har qanday ko‘rsatmalar, turli va’dalar berilishi, dag‘dag‘alar qilinishiga qaramay, respublika o‘z siyosiy yo‘lidan qaytmasligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov Hindiston safaridan qaytgan hamonoq — 19-avgust kuni kechqurun Toshkent shahrining faollari bilan uchrashib, qat’iy tarzda O‘zbekiston nuqtai nazarini ma’lum qildi. Respublika rahbariyati Markazdan beriladigan qonunga xilof bo‘lgan har qanday ko‘rsatmalarni bajarishni man etdi. 20-avgustda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati, O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo‘shma majlisi bo‘ldi. Unda fitna munosabati bilan vujudga kelgan vaziyat muhokama qilinib, O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘li o‘zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Bayonotda respublikada vaziyat barqaror ekanligi va favqulotda holat joriy etishga xojat yo‘qligi ta’kidlandi. Unda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, har qanday ig‘vogarona harakatlarning oldini olish, hamma joyda qattiq intizom va tartibni saqlash vazifalari ilgari surildi. Bayonotda O‘zbekiston «Mustaqillik Deklaratsiyasi» qoidalarini amalga oshirish yo‘lida boraveradi, deb ko‘rsatildi.

Shu kuni O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqdi. Murojaatda O‘zbekistonning o‘z mustaqilligiga erishish yo‘li qat’iy ekanligi yana bir bor alohida uqtirildi.

Shuningdek, Murojaatda turli ijtimoiy-siyosiy guruhlar o‘rtasidagi ixtiloflarni hal etish uchun kuch ishlatish, eng avvalo, harbiy kuch ishlatishni ochiq-oydin qoralandi. Prezident xalqni og‘ir sinovlardan o‘tayotgan bir paytda sabr-toqatli, bardoshli va vazmin bo‘lishga, tinchlikni saqlash maqsadida jipslashishga chaqirdi.

1991-yil 21-avgust kuni O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan «Favqulodda Holat Davlat Komiteti»ning O‘zbekiston Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan qarorlari va farmonlari noqonuniy deb e’lon qilindi.
Islom Karimov «Favqulodda Holat Davlat Komiteti» faoliyatiga o‘z munosabatini bildirmagan, qo‘rqoq va prinsipsiz mavqeda turgan KPSS Markaziy Komiteti Siyosiy Byurosi va Kotibiyati yuz minglab kommunistlarning sha’ni va qadr-qimmatini zarba ostiga qo‘yganini qoraladi. Buning ustiga respublika kommunistlarini chalg‘itishga va davlat to‘ntarishini qo‘llab-quvvatlashga majbur qilishga urinish bo‘lganini oshkora aytdi. I.Karimov bundan buyon KPSS Markaziy Komiteti Siyosiy Byurosining tarkibida qola olmasligi to‘g‘risida Bayonot berdi. Mazkur Bayonotni O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti Byurosi va Markaziy Nazorat komissiyasi Rayosati ma’qulladi.
O‘zbekiston Prezidentining 1991-yil 25-avgustdagi Farmoniga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi Qo‘mitasi qonuniy ravishda O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston Prezidentiga bo‘ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat Xavfsizlik Qo‘mitasi, prokuraturasi, adliya organlari, ichki qo‘shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo‘shilmalari partiyadan butunlay xoli qilindi.
Markaz va respublikalar o‘rtasidagi munosa-batlar tobora taranglashib, markaz boshqaruv qobiliyatini yo‘qotgan, har bir mintaqa, har bir respublika o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to‘g‘ri baholay bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O‘zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni taklif qildi.

Respublika Oliy Kengashi Rayosati 1991-yil 26-avgust kuni O‘zbekistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash hamda 31 avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qaror qildi.

O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Partiya nazorat komissiyasining 1991-yil 28-avgustda bo‘lgan qo‘shma Plenumi Respublika Kompartiyasining KPSS MK bilan aloqasini to‘xtatishga, KPSSning barcha tashkilotlaridan chiqishga, uning Markaziy organlardagi o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
Ana shunday vaziyatda O‘zbekiston Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi 1991-yil 31-avgustda o‘z ishini boshladi. Unda «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi masalalar kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Prezident I.A.Karimov ma’ruzasi tinglandi. U o‘z nutqida 1991-yil o‘rtalarida Markaziy Hukumat olib borayotgan ichki siyosatni tahlil qildi. 19—21-avgust kunlari Moskvada «Favqulodda Holat Davlat Komiteti» a’zolarining odamlar boshiga azob-uqubatlar solishganini, butun-butun xalqlarning ozodligini, respublikalar mustaqilligini yana kishanlamoqchi bo‘lganliklarini xalqqa ro‘yi-rost bildirdi. Alg‘ov-dalg‘ovli kunlarda ham O‘zbekistonning o‘z yo‘li va maqsadi borligi, bu xalq manfaatiga mos yo‘l ekanligi, qanday qilib bo‘lmasin, undan qaytmasligi aytildi. Prezident Oliy Kengashga O‘zbekistonning mustaqilligi to‘g‘risidagi Qonunni muhokama etish va uni qabul qilishni taklif etdi.

1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi sessiyasi bir ovozdan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunni qabul qildi (2-ilova). O‘zbekiston SSRning nomi «O‘zbekiston Respublikasi» deb o‘zgartirildi. So‘ngra «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti» qabul qilindi (3-ilova)

17 moddadan iborat bu Qonun suveren O‘zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi.

Bunday Qonunning qabul qilinishi Mustaqillik uchun kurashning natijasi hisoblanadi. Bu esa huquqiy, iqtisodiy hamda ma’naviy-axloqiy munosabatlar natijasi sifatida eng muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham ushbu Qonunga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 30-sentabrda bo‘lib o‘tgan yettinchi sessiyasida Konstitutsiyaviy Qonun maqomi berildi shu munosabat bilan 1991-yil 18-noyabrda Oliy Kengashning sakkizinchi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Qarorda quyidagilar belgilangan edi:

1. 1991-yil 29-dekabr yakshanba kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining referendumi o‘tkazilsin.

21991-yil 29-dekabrda o‘tkazilgan umumxalq referendumiga 10 millionga yaqin kishi yoki saylov ro‘yxatiga kiritilganlarning 94 foizi qatnashdi. O‘zbekiston Respublikasini mustaqil davlat deb e’lon qilinishini yoqlab 9,7 million kishi yoki referendumda qatnashganlarning 98 foizi ovoz berdi.
Referendum butun respublika hududida qonun asosida tashkiliy jihatdan uyushqoqlik, fuqarolarning yuksak siyosiy faolligi bilan o‘tdi. Buni referendumda AQSH, Turkiya, Malayziya va boshqa mamlakatlardan kelgan betaraf kuzatuvchilar ham tasdiqladilar.
O‘zbekiston milliy davlat mustaqilligini 4 oy mobaynida 60 dan ortiq davlat tan oldi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi bilan 170 dan ortiq mamlakat diplomatik munosabatlar o‘rnatgan.

O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqish g‘oyasi Oliy Kengashning 1990-yil 20-iyunda bo‘lib o‘tgan ikkinchi sessiyasida ilgari surilgan. Sessiyada Prezident I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning vakillari, davlat hamda jamoat tashkilotlari, korxonalar, xo‘jaliklarning rahbarlari, taniqli huquqshunoslar, olimlar va mutaxassislar kirdi. Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan Konstitutsiyaning g‘oyaviy mag‘zi, ya’ni konsepsiyasi ustida ish boshlab yuborildi. Natijada, 1992-yil bahorida Konstitutsiya loyihasining 149 ta moddadan iborat yangi varianti ishlab chiqildi va u 1992-yil 26-sentabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi.

1992-yil 8-dekabrda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining to‘qqizinchi sessiyasida 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiya qabul qilingan kun — 8-dekabr mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida dam olish kuni deb e’lon qilindi.
1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sakkizinchi sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.

1992-yil 2-iyulda Oliy Kengashning o‘ninchi sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.

1992-yil 10-dekabrda Oliy Kengashning o‘n birinchi sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.

O‘zbekiston Prezidentining 1994-yil 16-iyundagi Farmoniga muvofiq 1994-yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — so‘m muomalaga kiritildi.

4-§. ISLOM KARIMOV — MUSTAQIL

O‘ZBEKISTONNING BIRINCHI PREZIDENTI

1991-yil oxirida O‘zbekiston hayotida tom ma’noda ulkan tarixiy voqea sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi sakkizinchi sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari to‘g‘risida» Qonun qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga ikki nomzod — O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasidan Islom Abdug‘aniyevich Karimov hamda «Erk» Demokratik partiyasidan Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo‘yildi.

Saylovlar yakuniga ko‘ra, 8,5 milliondan ortiq kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 1,2 million saylovchi (12,3 foiz) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi.

Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini ko‘rib chiqib, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari to‘g‘risida»gi Qonunning 35-moddasiga asosan Islom Abdug‘aniyevich Karimovni 1991-yil 29-dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi.

1992-yil 4-yanvarda O‘zbekiston Oliy Kengashining navbatdan tashqari IX sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov quyidagicha qasamyod

keng miqyosli islohotlarni uzluksiz davom ettirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 26-martda Prezident I.Karimovning vakolatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirish yuzasidan umumxalq referendumini o‘tkazishga qaror qildi.
1995-yil 26-martda o‘tkazilgan umumxalq referendumida O‘zbekiston xalqi mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning vakolatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirishni yoqlab ovoz berdi.
Ana shu nuqtai nazardan qaraganda Oliy Majlisning mamlakatda Prezident vakolatini 2000-yilgacha cho‘zish yuzasidan umumxalq referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qabul qilgan qarori va shu qaror asosida 1995-yil 26-martda o‘tkazilgan umumxalq referendumi katta siyosiy-ijtimoiy ahamiyat kasb etdi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov 2000-yil 9-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Bu kun mustaqil O‘zbekistonimiz tarixida asrlar tutashgan paytda sodir bo‘lgan, davlatimizning XXI asrdagi hayotiga va taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan muhim siyosiy voqea sifatida muhrlanib qoladi. Bo‘lib o‘tgan saylovning ahamiyati uning muqobillik va demokratik tamoyillar asosida o‘tganligidadir. Saylovchilarga tanlash imkoniyati berildi va ular o‘z xohish-irodasiga binoan, o‘zi tanlagan nomzod uchun ovoz berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylov komissiyalaridan kelib tushgan bayonnomalar asosida shuni aniqladiki, 9-yanvarda bo‘lib o‘tgan saylovda ro‘yxatga olingan 12,7 million saylovchidan 12,1 millioni ishtirok etdi. Bu esa ro‘yxatga olingan saylovchilar umumiy miqdorining 95,1 foizini tashkil etadi. Fidokorlar milliy demokratik partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan Islom Karimov uchun saylovchilarning 91,9 foizi ovoz berdi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan Abdulhafiz Jalolovga 4,2 foiz saylovchi ovoz berdi.
2000-yil 9-yanvarda o‘tkazilgan Prezidentlikka saylov yakuniga ko‘ra, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonunning 35-moddasiga muvofiq Islom Abudug‘aniyevich Karimov yana 5 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylandi.

2002-yil 27-yanvar kuni «Siz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolat muddati 5 yildan 7 yil qilib o‘zgartirilishiga rozimisiz?»,— mavzuida umumxalq referendumi o‘tkazildi. Referendum yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolat muddati 5 yildan 7 yil qilib o‘zgartirildi. Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasida O‘zbekiston Prezidenti vakolati muddatini 2007-yilgacha cho‘zishga qaror qilindi.

Albatta, mamlakat uchun hayot-mamot bosqichi bo‘lgan bir paytda uning yangi jamiyatga o‘tishi bilan bog‘liq vazifalarni bajarish davlat rahbaridan yangi sharoitga mos boshqaruv tizimini ishlab chiqishni, jamiyatning iqtisodiy asosini vujudga keltirishni taqozo qilardi. Aholining barcha toifalarini yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi g‘oyalar tizimini yaratishni talab etardi. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li ana shu tarzda tanlandi

SIYOSIY ISLOHOTLAR. MILLIY DAVLATChILIK

POYDEVORINING BARPO ETILIShI

6-§. QONUN ChIQARUVChI HOKIMIYaTNING

Ayni paytda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlatlarning 185 tasidan 160 tasida Parlament instituti mavjud.. Masalan, AQSHda 535 deputatdan iborat Kongress, Rossiyada 626 deputatdan iborat Federal Majlis, Turkiyada 550 deputatdan tashkil topgan Buyuk Millat Majlisi, Shvetsiyada 349 deputatdan iborat RIKS, Misrda 454 deputatdan iborat Xalq Majlisi, Isroilda 120 a’zodan iborat Knesset faoliyat ko‘rsatadi. O‘zbekistonda esa 120 deputat va 100 senat a’zosidan iborat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyat ko‘rsatadi.
1994-yil 22-sentabrda bo‘lib o‘tgan mamlakat Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq o‘n oltinchi sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.

1994-yil 25-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, shuningdek, mahalliy kengashlarga deputatlar saylovlarini Qonun talablari asosida o‘tkazish uchun mamlakat bo‘yicha 250 okrug va 7192 uchastka saylov komissiyasi tuzildi. Ular tarkibiga mehnat jamoalarida obro‘-e’tibor va hurmat qozongan, partiyasiz bo‘lgan munosib kishilar kiritildi. Saylovlarga nomzodlar qo‘yishda ko‘ppartiyaviylik va muqobillik Qonunda belgilangan tartibda ta’minlandi. Oliy Majlis deputatligiga 139 saylov okrugida uchtadan, 106 saylov okrugida ikkitadan nomzod ovozga qo‘yildi. Saylovda ro‘yxatga olingan 11,2 million saylovchining 93,6 foizi, ya‘ni 10,5 milliondan ortiq kishi o‘z konstitutsion huquqidan foydalandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqirig‘i deputatligiga Xalq demokratik partiyasidan 247, «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan 146, hokimiyatning vakillik organlaridan 250 nomzod ko‘rsatildi.
1994-yil 25-dekabrda hamma joyda saylovlar qonun talablariga muvofiq umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi. 1995-yil 8-yanvarda hamda 25-yanvarda qayta saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylovchilar xalqning munosib farzandlari uchun yakdillik bilan ovoz berdilar. Oliy Majlisga 250 deputat saylandi.
Bu Oliy Majlisni — yangi Parlamentni demokratik yo‘l bilan shakllantirishning mamlakatimiz tarixidagi ilk tajribasi bo‘ldi.

1995-yil 23—24-fevral kunlari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq birinchi sessiyasi O‘zbekiston tarixida istiqbolli sahifalar ochdi. Sessiyada I.A.Karimov «O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari» to‘g‘risida keng qamrovli ma’ruza qildi.

Sessiya O‘zbekiston Parlamenti hokimiyat vakillik organlaridan saylangan 120 kishidan iborat deputatlar blokini, 69 deputatdan tarkib topgan Xalq demokratik partiyasi fraksiyasini, 47 deputatni uyushtirgan «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasini, 14 deputat ishtirokidagi «Vatan taraqqiyoti» partiyasi fraksiyasini ro‘yxatga oldi.

Oliy Majlis 1995—2003-yillarda 200 dan ortiq qonun va 300 dan ortiq qaror qabul qildi. Bular, shubhasiz, jamiyatimiz oldida turgan vazifalarni huquqiy jihatdan ta’minlashda muhim qadamlar bo‘ldi. Ko‘ppartiyaviylik jamiyatimiz hayotida, parlamentchilikning demokratik asoslarini yanada rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (VIII bob, 34-modda)da fuqarolarning siyosiy partiyalarga uyushish huquqi kafolatlangan. Oliy Majlis ana shu qomus asosida siyosiy partiyalarning huquqiy asosini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi Qonunini tayyorladi va 1996-yil 26-dekabrda bo‘lgan yettinchi sessiyada qabul qilindi. Oliy Majlis iqtisodiy islohotlarni huquqiy asoslar bilan ta’minlashga alohida e’tibor berdi. Jumladan, Oliy Majlis tomonidan «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida» (1995-yil dekabr), «Konsessiyalar to‘g‘risida» (1995-yil avgust), «Erkin iqtisodiy» zonalar (1996-yil aprel), «Aksionerlik jamiyatlari hamda aksionerlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida» (1996-yil aprel) qonunlarning, shuningdek, «Ayrim korxonalar va mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ba’zi masalalari to‘g‘risida»gi qarorning qabul qilinishi iqtisodiy islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash yo‘lidagi jiddiy tadbir bo‘ldi.

Bundan tashqari, Oliy Majlisda «Mulk to‘g‘risida», «Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida» (1994-yil may), «Garov to‘g‘risida» (1998-yil may) va boshqa bir qator qonunlarga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu qonunlar mamlakat taqdiri uchun ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lgan muhim vazifalarni hal etishga, shu jumladan, o‘rta mulkdorlar qatlamini vujudga keltirishga qaratildi.

Pul-kredit tizimini, soliq siyosatini yanada takomillashtirish, milliy valyutani mustahkamlash, pulning qadrsizlanishini kamaytirish, narxlarning barqarorligini ta’minlash maqsadida Oliy Majlis tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida», «Muddatida to‘lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirib olish to‘g‘risida» (1995-yil dekabr) qonunlar qabul qilindi.

Parlament mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy o‘zgarishlarning asosi qishloqdagi islohotlarga hal qiluvchi darajada bog‘liq ekanligini hisobga olib, «Yer to‘g‘risida»gi Qonunga (1992-yil yanvar) o‘zgartirishlar kiritdi, «O‘simliklarning karantini to‘g‘risida» (1995-yil avgust) va «Naslchilik to‘g‘risida» (1995-yil dekabr) yangi qonunlarni qabul Ma’lumki, har bir mustaqil davlatning o‘ziga xos davlat ramzlari bo‘lganidek, uning o‘ziga mos mukofotlari ham bo‘lishi lozim. 1995-yil 22-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq to‘rtinchi sessiyasida «Davlat mukofotlari to‘g‘risida» Qonun qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasida Oliy darajadagi mukofot sifatida 1995-yil may oyida «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni va «Oltin Yulduz» medali ta’sis etildi.

«O‘zbekiston Qahramoni» unvoni va «Oltin Yulduz» medaliga birinchi bo‘lib suveren va mustaqil O‘zbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni ta’minlash ishiga ho‘shgan ulkan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat ko‘rsatganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov sazovor bo‘ldi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston fuqarolaridan Bo‘ron Ro‘ziyev, A.N.Panin, Erkin Alimuhamedov, Muyassar Temirova, Komiljon Mamajonov, Oysha Qo‘chqorova, Nikolay Kucherskiy, Ibrohim Fayzullayev, Sodiqjon Abdurasulov, Mirumar Asadov, Parda Ziyatov, Qobiljon Obidov, Abdulla Oripov, Jonsaid Turdiyev, Anvar Qurbonov, Do‘stmurod Abdullayev, Abduvali Abdurahimov, Ataxon Alamatov, G‘aybulla Raxmonov, Erkin Vohidov, Mavluda Ismatova, Martiya Raxmatova, Said Ahmad (Husanxo‘jayev Said Ahmad), Ulug‘bek Umarovlar ham «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni va «Oltin Yulduz» medali bilan taqdirlandilar.
Ayni chog‘da, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy hayotida ko‘rsatgan jasurligi, qahramonligi, fidoiyligi va mehnatdagi faolligi uchun fuqarolar «Mustaqillik», «Amir Temur», «Buyuk xizmatlari uchun», «El-yurt hurmati», I—II darajali «Sog‘lom avlod uchun», «Mehnat shuhrati», I—II darajali «Shon-sharaf» va «Do‘stlik», «Jaloliddin Manguberdi» ordenlari bilan, «Jasorat» va «Shuhrat» medallari bilan mukofotlanadigan bo‘ldilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 26-apreldagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari ta’sis etildi (6-ilova).

Bundan tashqari, 25 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlarni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ularning adabiyot, san’at, fan, ta’lim sohalaridagi hamma jamoatchilik faoliyatidagi yutuqlarini munosib taqdirlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi maxsus farmoni bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyati, ish yuritish shakli va tartibi rivojlanib, takomillashib bormoqda. Jumladan, Prezident I.Karimov 2000-yil 25-mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq ikkinchi sessiyasida so‘zga chiqdi. To‘g‘ri, aslida barcha siyosiy partiyalar amalda kelajagi buyuk O‘zbekiston uchun, fuqarolarning to‘q va farovon hayot kechirishlaridan iborat mushtarak maqsad uchun kurashadilar. Biroq, bu maqsadga erishish yo‘llari albatta turlicha bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan I.Karimov sessiyada qonunchilik mexanizmini eng yaxshi xorijiy mamlakatlar parlamentlari tajribalarini hisobga olgan holda yanada muhim ahamiyat kasb etishiga e’tiborni qaratdi. Buning uchun huquqiy hujjatlarni tayyorlash va ko‘rib chiqishning yanada takomillashgan tartibini joriy etishni taklif qildi. Davlat rahbari parlament ishini takomillashtirish zarurati to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surdi va kelajakda ikki palatali qonun chiqaruvchi organ tuzishni taklif etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq yettinchi sessiyasi (2001-yil 6-dekabr)da ko‘rib chiqildi.

Ushbu sessiyada ikki palatali parlamentga o‘tish bo‘yicha jamoatchilik fikrini olish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida» qaror qabul qilindi.

2002-yil 27-yanvarda «Siz kelgusi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?» mavzusida umumxalq referendumi o‘tkazildi. Kelgusi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti ikki palatali qilib saylanishini yoqlab referendumda qatnashganlarning 93,6 foizi ovoz berdi.

Referendum natijalariga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning sakkizinchi sessiyasida (2002-yil 4-aprel) «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi. Bu hujjat O‘zbekistonning qonun chiqaruvchi oliy organi — ikki palatali parlamentning tuzilishi, tarkibi, faoliyat yuritish asoslarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini yetti yillik qilib belgilash, eng muhimi — demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati poydevorini shakllantirish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini tasdiqlab berdi.

Mazkur sessiyada referendum natijalariga asoslanib O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XVIII (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi), XIX (O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti), XX (Vazirlar Mahkamasi), XXIII (Saylov tizimi) boblariga tuzatish va qo‘shimchalar kiritildi.
Tuzatish va qo‘shimchalar kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XVIII bob 76-moddasiga ko‘ra:

O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati — besh yil.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining tarkibi, ularning vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XVIII bob 77—80-moddalarida keltirilgan (7-ilova).

Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasida (2002-yil 12-dekabr) «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida» va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qildi. Bu qonunlar Oliy Majlis palatalarining maqomini, ularni shakllantirish tartibini, vakolatlarini, o‘zaro hamda boshqa hokimiyat organlari bilan hamkorlik qilish tamoyillarini aniqlab berdi.

1990-yil 24-martda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida O‘zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Qonun qabul qilindi. Qonunga ko‘ra respublikada Prezident lavozimi ta’sis etildi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Konstitutsiyasi mamlakat Prezidenti haqidagi yangi — 12-bob bilan to‘ldirildi.

1990-yil 15-noyabrda Prezident I.Karimov «O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida» Farmon chiqardi. Unda, jumladan, shunday deyiladi: «O‘zbekiston SSRda ijroiya va boshqaruv hokimiyat tuzilishini takomillashtirish hamda «O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish» to‘g‘risidagi O‘zbekiston SSR Qonuniga binoan O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibi tasdiqlansin».

Prezidentning mazkur Farmoni asosida xalq xo‘jaligi bir necha tarmoqlarga: 1) Dehqonchilik sanoati; 2) Xalq iste‘moli mollari; 3) Qurilish-naqliyot; 4)Mashinasozlik; 5) Yoqilg‘i-energetika; 6) Umumiqtisodiyot; 7) Moddiy-texnika; 8) Madaniyat ishlari komplekslariga ajratilib, uning rahbarlari belgilandi. Ular Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiritildi. Prezident ayni bir paytda Vazirlar Mahkamasi Raisi bo‘lib qoldi. 1992-yil 4-yanvardagi Qonun bilan u tugatilib, O‘zbekiston Respublikasining Bosh Vaziri lavozimi ta’sis etildi. U Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasi birinchi qismiga quyidagi qoida kiritildi:

«O‘zbekiston Respublikasining hukumati Bosh Vazirdan, Bosh Vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlaridan, mamlakat vazirlaridan, davlat qo‘mitalarining raislaridan, yirik konsernlarning va birlashmalarning rahbarlaridan iborat bo‘ladi».

O‘zbekistonda Prezidentlik institutining yuzaga kelishi va takomillashuvida 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda fuqarolarning shu sohadagi saylov huquqi, saylovni o‘tkazish tartibi, Prezidentlikka nomzodlar ko‘rsatish va ularni ro‘yxatga olish, ovoz berish va saylov yakunlarini chiqarish tartibi kabi o‘ta muhim huquqiy qoidalar o‘z ifodasini topdi.

1992-yil 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasida shunday deyilgan:

Tuzatish va qo‘shimchalar kiritilgan Konstitutsiyaning XX bobida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibi va vakolatlari bayon etilgan (9-ilovaPrezident Islom Karimov ishlab chiqqan mashhur besh tamoyilning biri — o‘tish davrida davlat Bosh islohotchi bo‘lib qolishi zarurligining mohiyati shunday paytda ko‘zga yaqqol tashlanadi. Ijro hokimiyati bilan davlatning jilovi bir kishining qo‘lida bo‘lgan taqdirda va uni parlament qonun bilan himoyalab turgan bir sharoitda mamlakatda sog‘lom ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ruhiy vaziyat barqaror bo‘ladi. Demak, tub islohotlarning samaradorligi, har bir fuqaro hayoti va istiqboli kafolatlangan hisoblanadi.

7—9-ilovada keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalarini tahlil qilish natijalari asosida Oliy Majlisi, Prtzident va Vazirlar Mahkamasi vakolatini tavsiflab bering. Shu asosda quyidagi jadvalni to‘ldiring.

7-§. MAHALLIY DAVLAT BOShQARUV TIZIMIDAGI

Ular orasida Oliy Kengashning o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi— Asosiy Qonuni (1992-yil 8-dekabr), «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonun (1993-yil sentabr), «Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish idoralari to‘g‘risida»gi Qonun (1993-yil sentabr), «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risida»gi Qonun (1994-yil may) kabilar muhim o‘rin egallaydi. Bu qonun va rasmiy hujjatlarda mahalliy hokimiyat organlarining jamiyatdagi o‘rni o‘z o‘rniga qo‘yiladi. Ularning omma o‘rtasidagi obro‘-e’tibori oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100-moddasida mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga quyidagi vakolatli huquqlar berilgan:

Qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash.

Hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish.

Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish. O‘zbekiston Prezidenti 1994-yil 24-noyabrda «Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi Farmoni bilan tuman va shahar hokimiyatlariga uy-joy qurish va shaxsiy xo‘jalik yuritish uchun sotish vakolatini berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100-moddasida shunday deyilgan: «Mahalliy hokimiyat organlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradilar, xalq deputatlari quyi Kengashlari faoliyatiga rahbarlik qiladilar, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashadilar. Yuqori organlarning o‘zlariga berilgan vakolat doirasidagi qabul qilgan qarorlarni quyi organlar ijro etishi majburiydir. Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning vakolatlari muddati — 5 yil».

Tuman va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimiyati tomonidan tayinlanadi va ishdan olinadi. Shaharlardagi tumanlarning hokimlari tegishli shahar hokimlari tomonidan tayinlanadi va ishdan ozod qilinadi. Viloyat, tuman va shahar hokimlarining qarorlari, Xalq deputatlari kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.

Ko‘rinib turibdiki, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik idorasi bo‘lib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga rahbarlik qiladilar. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari saylovini o‘tkazish tartibi «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risida»gi Qonun bilan belgilanadi. Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga shaharlardagi tuman, shahar va viloyat Kengashlari kiradi.
1994-yil 25-dekabrdagi Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylovlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari katta tayyorgarlik ko‘rdilar.

Toshkent shahrida Oliy Majlisga saylov o‘tkazuvchi 30 ta okrug, Xalq deputatlari shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 60 ta okrug tuzildi. Qonunda belgilangan tartibda va tavsiya etilgan vaqtda kalendar rejasiga asosan Oliy Majlisga saylov o‘tkazuvchi 30 ta saylov Komissiyasi va shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 60 ta saylov komissiyasi tashkil etildi.

Saylov komissiyalari tarkibiga sanoat korxonalari, jamoat tashkilotlari, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash xodimlari va mahalla yig‘inlari vakillaridan iborat 810 kishi jalb etildi.

1994-yil 25-dekabrdagi va 1999-yil 5-dekabrdagi viloyatlar, tumanlar va shaharlarda vakillik organlari bo‘lmish Xalq deputatlari Kengashlariga mehnatkashlar ommasining munosib vakillari saylandilar.

O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq viloyat, tuman, shahar hokimi mahalliy hududning oliy mansabdor shaxsi sifatida tegishli hudud ijroiya hokimiyatini boshqaradigan bo‘ldi. Joylarda hokimliklar joriy etildi. Mamlakatning 12 viloyati va Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va tegishli Xalq deputatlari Kengashlari sessiyasida tasdiqlanadigan hokimlar boshchiligidagi hokimliklar tashkil qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida shunday deyilgan: «Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalar hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini-o‘zi boshqarish organi bo‘lib, ular 2.5 YIL muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. O‘zini-o‘zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Respublika Oliy Majlisining 1995-yil 23—24-fevral kunlari bo‘lib o‘tgan birinchi sessiyasida «Boshqaruv vazifalarining asosiy qismini markazdan viloyatlarga, viloyatlardan — tumanlardagi davlat va boshqaruv idoralariga o‘tishini ta’minlash darkor. Shu tariqa bu bosqich asta-sekin o‘z-o‘zini boshqarish jamoatchilik tashkilotlariga ham yetib boradi», deb aytgan so‘zlari g‘oyat o‘rinlidir. Bu yo‘l bevosita mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllanishi va fuqarolar o‘z-o‘zini boshqarish tamoyilining bosh yo‘nalishiga aylanib qoldi.

«Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonunning 1-moddasida shunday deyilgan: «O‘zini-o‘zi boshqarish organlari jamiyat va davlat ishlarini bajarishda qatnashishga doir o‘z haq-huquqlarini ro’yobga chiqarishlarida fuqarolarga ko‘maklashadi, o‘z hududlaridagi ijtimoiy va xo‘jalik masalalarini hal etish, ommaviy-madaniy tadbirlar o‘tkazish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, mamlakat hukumatining qarorlarini bajarishda yordamlashadi».

Fuqarolar yig‘ini vakolatlari kengaytirildi. Ular qonunning 17-moddasiga muvofiq davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan kelishgan holda savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining ish vaqtini aholiga qulay holda belgilashlari, ma’muriy komissiya tashkil etishlari mumkin. Bu mamlakatda fuqarolar faolligini oshirish, shu asosda o‘z turmushini yo‘lga qo‘yish va jamiyat umumiy qiyofasini shakllantirish imkonini beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat «Mahalla» xayriya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi 1992-yil 12-sentabrdagi hamda xayriya jamg‘armaga mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi 1992-yil 8-oktabrdagi Farmoni mahallalarga homiylikni tashkil etishda katta siyosiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu Farmon mahalla qo‘mitalarining o‘z hududlarida istiqomat qiluvchi kambag‘al oilalarga, nogironlarga, yolg‘iz keksalarga moddiy yordam berish hamda aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasida keng miqyosli ishlarga katta ko‘mak berdi.

8-§. KADRLAR SIYoSATIDA YaNGIChA YO‘L
Masalan, 1987-yilda O‘zbekistonga Moskva, Leningrad va Rossiyaning boshqa mintaqalaridan 400 dan ortiq kishi partiya, Sho‘ro komsomol tashkilotlarida va ma’muriy organlarda ishlash uchun yuborildi.
Mamlakatda eng avvalo, mahalliy boshqaruv organlari kadrlarini davr talabiga mos darajada mustahkamlashga kirishildi. 1994-yil 4-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi to‘qqizinchi sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.

1992-yil davomida Toshkent shahri va 12 viloyatda Prezident tavsiyasi asosida birinchi marta hokimlar tayinlandilar. Shu davrda respublikaning 212 shahar va tumanida ham shunday lavozim ta’sis etildi.

Hokimlarning ko‘pchiligi rahbarlik ishida va katta hayot tajribasiga ega kishilarni tashkil qilar edi. Ayni paytda hokimlar safiga yangi kuchlar ham kelib qo‘shildi. Masalan, 50 dan ortiq hokimlar birinchi marta tuman va shahar rahbarligiga kelgan kishilar edilar. Ular mamlakatda yashovchi turli millatlarning vakillari edi. Jumladan, 7 millat vakili hokim qilib tasdiqlandi.

Yangi sharoitda rahbarlik lavozimlariga ko‘plab yangi, yosh kadrlar qo‘shildi. Bu hol mustaqillik sharoitida rahbarlikning yangicha ish uslubini ularga o‘rgatishni taqozo qila boshladi. Shu maqsadda 1992-yil 3-aprelda Toshkentda viloyat, shahar va tuman hokimlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning birinchi uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuvda kadrlar siyosatining shakllanishi va uning strategiyasi atroflicha tahlil qilindi. Mavjud kamchiliklar va galdagi vazifalar belgilab berildi. Chunki, joylarda partiya va sovet takshilotlari eskicha uslubdan hamon voz kecha olmayotgan edilar. Fuqarolar bilan ishlash, ularning talab va istaklarini qondirish borasida joylarda jiddiy nuqsonlarga yo‘l qo‘yilayotgani uchrashuvda qayd qilindi.

O‘zbekistonda istiqlol yillarida kadrlar tarbiyalash borasida, ular bilan ishlashdagi dastlabki tajribani tahlil qilar ekan, Prezident I.Karimov kadrlarni uch toifaga bo‘ladi.

Birinchi toifa — bu hozirgi og‘ir vaziyatdan foydalanib qolishga harakat qiladigan, faqat o‘z manfaatini o‘ylaydigan, xalq g‘ami tashvishidan begona kishilar.

Ikkinchi toifa — befarq, loqayd odamlar bo‘lib, ular hech kimga qarshi gapirishni, dushman orttirishni xohlamaydigan kimsalar.

Uchinchi toifa — yosh, tashabbuskor, kuch-g‘ayratga to‘la, Vatan ravnaqi uchun fidoiylik bilan xizmat qiluvchi kadrlar.

1995-yil sentabr oyida mamlakat Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi tashkil qilindi.

9—10-§§. MUSTAQILLIK YILLARIDA QORAQALPOG‘ISTON DAVLATChILIGI TARAQQIYoTI

1924-yilda Qozog‘iston ASSR tarkibida Qoraqalpog‘iston Muxtor (Avtonom) viloyati tashkil qilindi. Viloyat volostlarga bo‘linadigan To‘rtko‘l, Chimboy, Xo‘jayli va Qo‘ng‘irot okruglaridan iborat edi.
1925-yil 12—19-fevralda To‘rtko‘l shahrida Muxtor viloyat Sho‘rolarning 1-Ta’sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Muxtor viloyatining Qozog‘iston ASSR tarkibiga «o‘z ixtiyori bilan kirganligi» qonunlashtirildi.
Albatta, viloyat aholisining milliy tarkibi ham e’tiborga loyiq edi. Muxtor viloyat tashkil etilgan paytda viloyat hududidagi aholining 38,5 foizini qoraqalpoqlar, 28,7 foizini o‘zbeklar, 28,6 foizini qozoqlar va bor yo‘g‘i 1 foizga yaqinini (shahar aholisidan tashqari) ruslar tashkil etgan.

Oradan 8 yil o‘tar-o‘tmas Qoraqalpog‘iston Muxtor viloyatini yana «O‘z ixtiyoriga ko‘ra» Qozog‘iston tarkibidan olib RSFSR tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Muxtor Sho‘ro Sotsialistik Respublikasi (QQASSR)ga aylantirish» zarurati tug‘ildi. Bu qo‘lbola zaruriyat Qoraqalpog‘iston viloyati Ijroiya Qo‘mitasining 1932-yil 5-martdagi navbatdan tashqari bo‘lib o‘tgan IV plenumida quyidagicha asoslandi: «Qoraqalpog‘istonning Moskva va sanoat Markazlaridan uzoqligini, madaniy va iqtisodiy jihatdan qoloqligini, yanada rivojlanishi istiqbollarini. hisobga olib, Butunittifoq Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi Prezidumidan Qorqalpog‘iston Muxtor viloyatini RSFSRga kiradigan Muxtor Sho‘ro Sotsialistik Respublikasiga aylantirish so‘ralsin».

Qoraqalpoq xalqining «iltimosi» qondirilib, Butunittifoq MIK Prezidiumi 1932-yil 20-martdagi qarori bilan Qoraqalpog‘iston Muxtor viloyati Qoraqalpog‘iston Muxtor Sho‘ro Sotsialistik Respublikasiga aylantirilib RSFSR tarkibiga kiritildi.
Ammo oradan yana bor-yo‘g‘i 4 yil o‘tar-o‘tmas Qoraqalpog‘iston Muxtor Sho‘ro Sotsialistik Respublikasini RSFSR tarkibidan O‘zbekiston Sho‘ro Sotsialistik Respublikasiga «oshirish ehtiyoji» paydo bo‘ldi. Bu «ehtiyoj» uchun RSFSR bilan QQASSR o‘rtasida umumiy chegaralar yo‘qligi «asos» bo‘ldi. 1936-yil may oyida tayyorlangan SSSRning yangi Konstitutsiyasi loyihasida QQASSRni RSFSR tarkibidan chiqarib, O‘zbekiston SSR tarkibiga kiritish ko‘zda tutilgan edi.
Butunittifoq Sho‘rolarining 1936-yil 5-dekabrda bo‘lib o‘tgan favqulodda VIII qurultoyida SSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Mazkur Konstitutsiya asosida tayyorlanib 1937-yil 12-fevralda tasdiqlangan O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasida QQASSRning O‘zbekiston Sho‘ro Sotsialistik Respublikasi tarkibiga kirganligi qonun bilan mustahkamlandi.
Qoraqalpog‘iston xalqlari qariyb 70 yildan beri O‘zbekiston xalqlari bilan ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha sohalarida bir-birlari bilan og‘alarcha yelkadosh bo‘lib yashab kelmoqdalar.

Sobiq Ittifoq parchalangandan so‘ng mustaqil O‘zbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi maqomini oldi. Bu tabiiy hodisa edi. Chunki, asrlar mobaynida qoraqalpoqlar bilan o‘zbek xalqi o‘rtasida do‘stlik, qardoshlik munosabatlari qaror topgan, turmush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik vujudga kelgan edi. Orol bo‘yi kengliklarida qadimdan o‘zbek va qoraqalpoq ajdodlari birgalikda yashab, mehnat qilishdi. O‘zlarining taraqqiyot yo‘llarini bosib o‘tishdi.

1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida «O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat suvereniteti to‘g‘risida»gi Deklaratsiya qabul qilindi.
Mazkur Deklaratsiya 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunda o‘zining huquqiy asosini topdi. Unda Qoraqalpog‘istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi e’tirof etildi. Qonunda Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni teng huquqlilik, ikki tomonlama shartnomalar, bitimlar va boshqa qonun aktlari asosida mustahkamlash ko‘rsatib berildi.

O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida (70—75-moddalar) o‘z aksini topdi (10-ilova).

Natijada ikki tomonlama hurmat asosida qoraqalpoq xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash, mustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi roli oshdi. Kelajakka qat’iy ishonch bilan qaraydigan, olis istiqbolni yaratishning kafolatini beradigan huquqiy maqomga ega bo‘ldi.

Konsitutsiyaning 21-moddasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarosi ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Bu qoraqalpoq xalqiga O‘zbekiston xalqlarining barcha huquqlardan foydalanish imkonini beradi. Ularning haq-huquqlari va erkinliklarini kafolatlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi taraqqiyoti uchun qator imkoniyatlar beradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasida mustahkamlab qo‘yilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Raisi o‘rinbosarlaridan biri — Oliy Majlis deputati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi Raisi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati rahbari lavozimi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. 107-moddaga binoan esa, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasining xuddi shunday sud organlarining rahbarlari kiradi. Sud hujjatlari o‘zbek tili bilan birga qoraqalpoq tilida ham olib boriladi (115-modda).

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 71-moddasida belgilab qo‘yilganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z Konstitutsiyasiga ega bo‘lmog‘i kerak. Ana shu huquqiy asosga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining o‘n ikkinchi sessiyasida (1993-yil 9-aprelda) Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga hech qanday monelik qilmaydi, aksincha, uni bosh huquqiy asos sifatida biladi va Qoraqalpog‘iston hududida to‘la amal qilishini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog‘istonning butun hududida majburiy ekanligi e’tirof etilgan.
Qoraqalpog‘iston milliy davlatchiligi o‘z taraqqiyoti tarixida birinchi marta ana shunday insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo‘ldi. Ayni paytda u suveren davlatning barcha ramzlariga ega.
1992-yil 14-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida Qoraqalpog‘iston Davlat bayrog‘i tasdiqlandi.

1993-yil 9-aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi sessiyasida Davlat gerbi tasdiqlandi.

1993-yil 4-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n to‘rtinchi sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan 1994-yil 25-dekabrda Oliy Kengashning 75 deputatdan iborat yangi tarkibi muqobillik asosida saylandi. Respublika parlamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi deb ataldi. Jo‘qarg‘i Kengesning 1995-yil 11-yanvarda Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Jo‘qorg‘i Kenges Raisi, uning o‘rinbosarlari, mandat komissiyasi, 8 ta qo‘mita raislari va uning a’zolari saylandi. Ayni paytda, deputatlar qo‘mitalar raislari rahbarligida Qoraqalpog‘iston qonunchilik tizimini yaratishda faol ishtirok etmoqdalar.

Xususan, demokratik jamiyat qurish hamda erkin bozor munosabatlarini shakllantirishga mo‘ljallangan muhim qonun va qarorlar qabul qilindi. Jo‘qorg‘i Kenges Raisi qoshida doimiy harakatdagi Kengash tashkil qilindi. Uning tarkibiga Jo‘qarg‘i Kenges Raisi, Rais o‘rinbosarlari, mandat komissiyasi va qo‘mitalar raislari kiradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijroiya hokimiyat organi Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Uning tarkibiga Rais, ikkita birinchi o‘rinbosar va 4 ta tarmoq o‘rinbosarlari kiradi. Shuningdek, ijroiya hokimiyat tarkibiga vazirliklar va qator tarmoq qo‘mitalari rahbarlari ham kiritilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida o‘zining ish olib boruvchi doimiy vakiliga ega.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan qator jamoat tashkilotlari bu yerda demokratik jarayonlarning tobora qaror topayotganidan dalolat beradi. Ayni paytda, Respublika hududida hukumatga qarashli bo‘lmagan qator tashkilotlar, jumladan, «Orol va Amudaryoni himoya qilish uyushmasi», «EKOSAN», «Aralsos», «Sog‘lom avlod uchun» singari bir qator xalqaro tashkilotlarning bo‘limlari ish olib bormoqda.

Ayni vaqtda, shuni ta’kidlash joizki, istiqlol yillarida Qoraqalpog‘istonda qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyatining zamonaviy tizimini vujudga keltirishda dastlabki qadamlar qo‘yilgan bo‘lsa-da, xali bu borada qator muammolar saqlanib qolmoqda.

1997-yil 17-iyul kuni Nukusda bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasi qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyati faoliyatlarida davom etib kelayotgan kamchiliklarni chuqur tahlil qildi. Xususan, qabul qilingan qonun va qarorlarni hayotga to‘la tatbiq qilinishida, ijroiya intizomini qaror topdirishda xali jiddiy kamchiliklar borligi qayd qilindi.

Jumladan, Jo‘qarg‘i Kenges va Vazirlar Kengashi faoliyatlaridagi bir-birini takrorlash hollari tanqid qilindi. Amaliy faoliyatga xalaqit berayotgan rasmiyatchilik, qog‘ozbozik, bo‘lar-bo‘lmas ma’lumotlar to‘plash kabi nuqsonlar tilga olindi.

Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishdagi rasmiyatchilik illatlariga barham berish alohida ta’kidlandi. Jo‘qarg‘i Kenges amalda tarixga aylanib qolgan va o‘tmish sarqiti hisoblangan — sho‘rolar davridagi «Oliy Sovet Prezidiumi» rolini bajarayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Jo‘qarg‘i Kenges qo‘mitalari faoliyati o‘z maqomiga va o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarga mos kelmayotgani, ishlab chiqarishga doir masalalar bilan o‘ralashib qolayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Uchala hokimiyat organi kengashi va sud hokimiyatlari o‘z maqomi doirasida ish olib bormog‘i lozimligi qayd etildi. Ana shunda haqiqiy demokratik jamiyat shakllanadi.

11-§. QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASINING IQTISODIY

VA IJTIMOIY TARAQQIYoTI

O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ko‘p millatli Qoraqalpog‘iston xalqlarining, ana shu mo‘tabar yurt kishilarining ham munosib hissasi bor.

Shu bois O‘zbekiston hukumati bu masalada Qoraqalpog‘iston Respublikasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda. 1996-yilda ushbu maqsadlar uchun 10 milliard so‘m ajratildi. Bu Qoraqalpog‘iston milliy daromadining 55 foizini tashkil qiladi. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘istonga berilayotgan moliyaviy yordam miqdori 1994-yilga nisbatan 18-barobar ko‘paydi.

Bugungi kunda O‘zbekiston markaziy byudjetidan Qoraqalpog‘istonga berilayotgan subvensiya, ya’ni moliyaviy yordam miqdori 9 milliarddan oshiq so‘mni yoki butun Qoraqalpog‘iston byudjeti xarajatlarining 75 foizini tashkil etmoqda.

O‘zbekiston hukumatining amaliy yordami hamda qoraqalpoq xalqining fidoiy mehnati tufayli keyingi yillarda Qoraqalpog‘istonda aholi turmush sharoitini yaxshilash, tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Eng avvalo, elda tinchlik va barqarorlik mustahkamlandi. Hamjihatlik bilan yurt istiqboli yo‘lida mehnat qilishga sharoit yaratildi.

O‘lkada mulkchilikning yangi shakllari paydo bo‘la boshladi. Ishlab chiqarish va xizmat sohasida nodavlat sektorning hissasi oshib bordi. Ayni paytda sanoat, qishloq xo‘jaligi va savdoda bu ko‘rsatkich 80—90 foizni tashkil etmoqda. Qoraqalpog‘iston iqtisodiyotining boshqa yo‘nalishlarida ham islohotlar izchil amalga oshirila boshlandi.

Qoraqalpog‘istonda 1996-yilda 51 ta mayda ulgurji tizim, shu jumladan 2 ta savdo uyi, 13 ta mayda ulgurji savdo do‘konlari va omborlar, 17 ta ko‘tara savdo bozor hamda O‘zbekiston tovar xomashyo birjasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi 19 ta supermarket do‘konlari faoliyat ko‘rsatdi. 1997-yilning birinchi yanvarigacha bo‘lgan ma’lumotlarga qaraganda xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larning umumiy hajmi 330 million so‘mni tashkil etdi. Uning 20 foizi o‘lka ijtimoiy taraqqiyotiga ajratildi. 50 foizi esa bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat mulkini xususiylashtirish qo‘mitasi xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 13,8 million so‘m kredit ajratdi. 2002-yilda 9 ta korxona davlat tasarrufidan chiqarildi.

Bozor fondining faoliyati sezilarli ravishda faollashdi. 1996-yilda fond birjalari filiallarida 191,6 million so‘mlik aksiyalar sotildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat korxonalarini aksionerlik jamiyatlariga aylantirish, qimmatbaho qog‘ozlar bozorini rivojlantirishga oid farmonlarini bajarish amalda o‘z samaralarini bera boshladi.

1997-yil 1-yanvar holatiga qaraganda respublikada soliq idoralari tomonidan 318 ta aksionerlik jamiyatlari ro‘yxatga olindi. 1996-yil yakuniga ko‘ra ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 11 milliard so‘mlikni tashkil etdi. Bu 1995-yilga nisbatan 2,2 marta ko‘pdir.

Jami sanoat ishlab chiqarish hajmida nodavlat korxonalarining ulushi 90 foizga o‘sdi. 144 ta sanoat korxonalari va birlashmalaridan 113 tasi mulkchilikning turli shakllariga o‘tib ishlay boshladi.
To‘rtko‘l tumanida 2000-yil 6-martdan e’tiboran Rossiyaning Savvinovo yigiruv fabrikasi bilan hamkorlikda yiliga 2750 tonna ip-kalava ishlab chiqaradigan qo‘shma korxonani qurib tugallashga kirishildi. Kichik va xususiy korxonalar, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar rivojlandi. Mikrofirmalar soni 1999-yildagi 3755 tadan 2000-yilga kelib 5565 taga yoki 1,5 martaga, fermer xo‘jaliklari soni esa 1823 tadan 2353 taga yoki 1,6 martaga ko‘paydi. Birgina 2002-yilning o‘zida respublikaning 12 ta tumanida 21 ta qishloq xo‘jalik korxonalari negizida yangidan 901 fermer xo‘jaliklari tuzildi va faoliyat ko‘rsatib turgan 79 ta fermer xo‘jaliklariga qo‘shimcha yer maydonlari ajratilib, jami 980 ta fermer xo‘jaliklari tuzildi. Ular bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga moslasha boshladilar. Mehnat unumdorligi va mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘sa boshladi. Respublikada 1996-yilda amaldagi narxlarda 10754,4 so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi. Bu solishtirma narxlarda olganda 1995-yildagiga nisbatan 101,5 foizni tashkil etadi. 2000-yilga kelib yalpi mahsulot yetishtirishda kichik va o‘rta biznes hajmining ulushi 27 foizni tashkil etdi. Bu 1999-yilgi ko‘rsatkichdan 3 foizga ko‘p demakdir. Kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari va byudjetdan tashqari jamg‘armalar tomonidan 2000-yilda 2,9 milliard so‘m miqdorida kreditlar berildi. Natijada harakatsiz turgan korxonalar sonini 771 taga kamaytirish imkoniyati tug‘ildi.
1991—2003-yillarda natura ko‘rinishida mahsulot ishlab chiqarish ham ko‘paydi, xususan past voltli apparaturalar, yo‘l qurilishi mashinalari ehtiyot qismlari, yengil sanoat texnologik uskunalari va ularning ehtiyot qismlari, mebellar va boshqalar ana shular jumlasidandir.

Paxtadan ip ishlab chiqarish, ip gazlamalari, tayyor trikotaj buyumlar, iste’mol mahsulotlaridan un, makaron, mineral suvlar ishlab chiqarish ko‘paydi.

2003-yilda yig‘ma temir-beton konstruksiyalari va detallari, toshdan bezakli materiallar tayyorlash, qandolatchilik mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, uzum vinosi, salqin ichimliklar va osh tuzi ishlab chiqarish o‘sdi.

Bir qator yangi sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Jumladan, 1995-yilda Xo‘jayli shahrida shisha idishlar zavodi qurilib foydalanishga topshirildi. Natijada respublikaga chetdan shisha idishlarni tashib keltirish sezilarli darajada kamaydi.

Respublikaning Ustyurt-Orolbo‘yi mintaqasi yirik neftgaz hududlarining (Kaspiybo‘yi, To‘qay va Amudaryo tekisligi) qo‘shilgan joyida joylashgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida eng katta neftgaz maydoni (90 ming kv. km dan ziyod) bo‘lib hisoblanadi.

Mustaqillik yillarida mazkur hududda 7 ta gaz va gaz kondensati koni ochildi. Bu konlarda aniqlangan umumiy gaz zaxirasi 100,1 milliard metr kub, gaz kondensati zaxirasi 2523,1 ming tonnani tashkil etadi.

1995-yilda Qo‘ng‘irotdagi 37,4 milliard metr kub gaz va 739 ming tonna gaz kondensati zaxirasiga ega bo‘lgan «Urga» koni foydalanishga topshirildi. 2003-yilga kelib mazkur kondan bir kunda 3,2 million metr kub gaz, 24 tonna gaz kondensati qazib olinmoqda. 2002-yilning noyabr oyidan boshlab «Sharq Berdaq» koni foydalanishga topshirildi. Mazkur kon bir kunda 3,0 million metr kub gaz va 16 tonna gaz kondensatini qazib olish quvvatiga ega.

2002-yili Ustyurt-Orolbo‘yi hududida joylashgan konlardan 1,2 milliard metr kubdan ortiq gaz va 10,4 ming tonna gaz kondensati qazib olindi.

Mustaqillik yillarida respublikada aholi punktlarini gazlashtirish bo‘yicha bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. 2000-2003-yillar mobaynida 98 aholi punktlariga tabiiy gaz yetkazib berildi.
1993-yilda respublikada 59 foiz aholi gaz, 52 foiz aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan bo‘lsa, 2003-yilga kelib esa aholini gaz bilan ta’minlash 91,7 foizni, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash esa 66,2 foizni tashkil etdi.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq xo‘jaligining qurilish sohasida ham muayyan ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, aholining infratuzilma inshootlari bo‘yicha keyingi 12 yil ichida 97 ta qishloq shifokorlik shahobchalari, 90 o‘rinli shifoxona, 11900 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab binolari, 7,5 ming kv. m turar joy, 2 ming km gaz tarmoqlari, 1,4 ming km suv tarmoqlari foydalanishga topshirildi. Natijada respublikada 390 ta qishloq aholi punktlari toza ichimlik suvi bilan, yuzga yaqin aholi punktlari esa tabiiy gaz bilan ta’minlandi.

«Qoraqalpoqqurilish» aksionerlik jamiyatida Italiya firmalarining yuqori sifatli jihozlari bilan jihozlangan, yiliga 60 ming kvadrat metr marmar bloklari va plitalari ishlab chiqaradigan yangi marmar sexi ochildi. «Nukusun» zavodida esa spirt ishlab chiqaradigan yangi sex qurildi.

Yengil sanoat ishlab chiqarishining bazasi kengaya bordi. 1993-yilda Nukus shahrida «Kateks» to‘qimachilik majmuasi, 1995-yilda Ellikqal’a tumanida ham «Elteks» nomli xuddi shunday to‘qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi.

Moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Nukus va Qo‘ng‘irot un kombinatlari, To‘rtko‘lda 3 million shartli banka konserva mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikqal’a tumanida esa shunday quvvatga ega bo‘lgan konserva sexi foydalanishga topshirildi.

1991—2003-yillar mobaynida respublikada arxitektura qurilishi sohasida katta yutuqlarga erishildi. Bu yillar mobaynida San’at va Berdaq nomidagi muzeylar, Mirzo Ulug‘bek, Ajiniyoz, «Markaziy bank», «Xalq», «Paxta», «Tadbirkor», «Asaka» banklari, Xo‘jalik sudi, Nukus aeroporti binolari, respublika markaziy shifoxonasining binolari qayta ta’mirlandi va bunyod etildi. 80 kilometrli Qo‘ng‘irot—Beynov avtomobil yo‘li, Nukus—Xo‘jayli yo‘nalishida temir-beton ko‘prigi qurilib foydalanishga topshirildi.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida 144 ta sanoat korxonasidan 113 tasi mulkchilikning turli shakllariga o‘tib ishlay boshladi. Nodavlat shakliga o‘tib ishlayotgan korxonalarning rivojlanish darajasi nisbatan yuqori bo‘ldi. Shuningdek, bu korxonalarning iqtisodiy samaradorligi, foyda olish borasida ham sezilarli yutuqqa erishdi. Bu borada xususiy korxonalar, ayniqsa, peshqadamlik qila boshladi.

Nukus aeroportining bahosi 151,8 million so‘m bo‘lgan yangi binosi qurilib, foydalanishga topshirildi.
2002-yili rasmiy delegatsiya zalida va Nukus shahar aviakassa agentligining binosiga jahon andozalariga javob beradigan darajada ta’mirlash ishlari olib borildi va zamonaviy texnik asbob-uskunalar bilan jihozlandi. 2002-yilda Nukus aerovokzal majmuasi ta’mirdan chiqarildi va soatiga 200 nafar mijozga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘ldi

Yangidan «Uchquduq—Miskin—Qorao‘zak» temir yo‘l liniyalari ishga tushirilib, qo‘shni Turkmaniston Respublikasi hududidan o‘tmaydigan bo‘ldi. Miskin, To‘rtkul va Ellikqal’a temir yo‘l vokzallari qurib foydalanishga topshirildi. «Qo‘ng‘irot—Nukus—Chimboy», «Nukus—To‘rtkul» va «To‘rtkul—Uchquduq» yo‘nalishlari tashkil etildi. «Uchquduq—Miskin—Nukus», «Toshkent—Nukus—Qo‘ng‘irot—Toshkent», «Andijon—Nukus—Saratov» va boshqa shaharlararo yo‘nalishlar tashkil etildi.

Hozirgi vaqtda «O‘ztelekom» aksionerlik kompaniyasining «Qoraqalpoqtelekom» filialida 132,9 ming telefon nuqtasi, ya’ni 202 avtomat telefon stansiyasi aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
1999-yildan boshlab Yaponiya fondining OECF krediti bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasining 9 ta shahar tumanlarida (Nukus, Taxiatosh shaharlari va To‘rtkul, Beruniy, Ellikqal’a, Xo‘jayli, Kegayli, Nukus tumanlari) qayta qurish va rivojlantirish loyihasi bo‘yicha yangidan 306 kilometr shisha tolali kabelli 78,5 ming raqamlik ATS va 6720,0 ming portga ega raqamli shaharlararo telefon stansiyalari ishga tushirildi. Mazkur ATSlar orqali abonentlar jahondagi 180 davlatiga sanoqli soniyalarda bog‘lanishi va sifatli so‘zlashish imkoniyatiga ega. Mazkur dasturning ikkinchi bosqichi bo‘yicha Chimboy, Qorako‘zak, Taxtako‘pir, Amudaryo, Qanliko‘l, Bo‘zatov tumanlarida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Qoraqalpog‘istonda mehnatga layoqatli aholining asosiy qismi qishloqda istiqomat qiladi. Mustaqillik yillarida boshqa sohalar qatorida agrar sektorda ham iqtisodiy qayta qurish, bozor munosabatlariga o‘tish ro‘y berdi. Qishloq xo‘jaligi ilgarigidek, o‘lka iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘i bo‘lib qoldi. 1997-yil 1-yanvar holatiga respublikada 263 ta qishloq xo‘jalik korxonasi faoliyat ko‘rsatdi. Nodavlat sektorining jami ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushi 98,3 foizni tashkil etdi. Ayrim qishloq xo‘jalik mahsulotlari, jumladan, paxta yetishtirishda nodavlat korxonalarining hissasi 97,9 foizni, donchilikda 98,1 foizni, kartoshkachilikda 99,7 foizni, sabzavotchilikda 98,8 foizni, polizchilikda 100 foizni, go‘sht yetishtirishda 98,9 foizni, sut va tuxum ishlab chiqa
Mustaqillik yillarida respublikada pilla, g‘alla, paxta, sholi va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, 2003-yilda o‘lkada 568 tonna pilla, 9 ming 746 tonna g‘alla yetishtirildi. Dehqonchilikda ekin maydonlarining tarkibi o‘zgardi. Mazkur yilda rejadagi 8,0 ming gektar o‘rniga 91,5 ming gektar paxta, 55,0 ming gektar o‘rniga 61,0 ming gektar yerga sholi ekildi.
Respublika oziq-ovqat majmuasida shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarning hissasi tobora ko‘payib bormoqda. Qoraqalpog‘istonda dehqon fermer xo‘jaliklarini tashkil etish bo‘yicha yetarli tajriba to‘plandi. Masalan, Ellikqal’a tumanida dehqonlarga yer, ishlab chiqarish vositalari va yetishtirilgan mahsulotlarga egalik qilish imkonini berish maqsadida mavjud 14 ta jamoa xo‘jaliklari dehqon-fermer xo‘jaliklari uyushmasiga aylantirildi. Dehqonlarga meros qilib qoldirish huquqi bilan yerlar uzoq muddatga ijaraga berildi. Ana shu tajribani ma’qullab, O‘zbekiston hukumati yerni uzoq muddatga ijaraga berish bo‘yicha maxsus qaror qabul qildi.

1991-2003-yillarda investitsiya faoliyatida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Kapital qurilishda korxonalarning mablag‘lari hisobidagi qurilishlar hajmi ko‘payib, byudjet mablag‘ining hissasi kamaydi.

Respublikada istiqlol yillarida tashqi iqtisodiy aloqalarga ham katta e’tibor berildi. Masalan, 1996-yildagi tashqi savdo oboroti 228,4 mln. AQSH dollarini tashkil etdi, bu 1995-yildagiga nisbatan 3,7 marta ko‘p bo‘ldi.

1996-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining tashqi savdodagi asosiy sheriklarining hissasi: Rossiya — 11,4 foiz, AQSH — 14,1 foiz, Janubiy Koreya — 11,1 foiz, Shvetsariya — 9,4 foiz, Niderlandiya — 7,2 foizni tashkil etdi.

O‘tgan yillar mobaynida respublikada xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo‘shma korxonalar tuzish borasida muayyan ijobiy ishlar amalga oshi-rildi. 2003-yilga kelib respublika bo‘yicha 43 ta qo‘shma korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan ishlab chiqarish sohasida 32 ta, savdo sohasida 2 ta, xizmat ko‘rsatish sohasida 4 ta, qishloq ho‘jalik sohasida 4 ta, transport sohasida 1 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

Respublikada 2003-yil 1-yanvar holati bo‘yicha chet el kredit liniyalari orqali 6,5 million AQSH dollari miqdorida investitsiyalar, shu jumladan 5,6 million AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etildi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 2003-yilda 2,2 milliard so‘mni tashkil etdi.

Granit plitalari, tikuv, konditer va qurilish mahsulotlari kabi 8 turdagi yangi mahsulotlarni eksport qilish yo‘lga qo‘yilib, ularning umumiy soni 23 taga yetdi.

Eksport qilingan tovarlar hajmi 122,9 million dollarga teng bo‘ldi. Uning tashqi savdo oborotidagi ulushi 53,8 foizni tashkil etdi. G‘arb mamlakatlariga eksport qilingan xomashyo 113,6 million AQSH dollarini, MDH mamlakatlariga jo‘natilganlari esa 9,3 million AQSH dollarini tashkil etdi.

Uzoq G‘arbga asosan paxta tolasi, toladan olingan mahsulotlar, qayta ishlangan neft mahsulotlari sotildi. Paxta tolasi jami eksport mahsulotlarining 95 foizini tashkil etdi.
2002-yilda respublikada ishlab chiqarilgan 26,1 million AQSH dollari miqdoridagi tovarlar eksport qilindi.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘zini o‘zi boshqarish nodavlat va notijorat tashkilotlar faoliyatiga ham katta e’tibor qaratildi. 2000-yilga qadar bo‘lgan davrda respublikada 140 ta nodavlat va notijorat tashkilotlar mavjud edi. Aytish joizki, «Perzent» («Farzand»), «Qishki gullar», «Xalq hunarmandlarining ijodiy ustaxonasi», «Progress», «Orolning oltin merosi» va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari to‘plagan tajribalar diqqatga loyiqdir.
Mustaqillik yillarida o‘lkada aholini ijtimoiy muhofaza qilish, ularni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarning huquqlarini muhofaza qilish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Istiqlol yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimida ham muayyan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu borada eng avvalo aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlash uchun tegishli moddiy texnik baza yaratish hamda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. Bugungi kunda o‘lkada bu sohada 1432 ta malakali shifokor, 3640 ta o‘rta tibbiyot xodimlari aholi sog‘ligi yo‘lida faoliyat ko‘rsatishmoqda. O‘tgan yillar mobaynida respublika shifoxonalari va poliklinikalarini zamonaviy tibbiy-apparaturalar bilan ta’minlash bo‘yicha alohida yutuqlarga erishildi. 1999-yili Yaponiya granti bo‘yicha respublikaga bir nechta xorijiy tibbiyot asbob-uskunalari keltirib o‘rnatildi.

Respublika tibbiyoti erishgan natijalardan eng muhimi — onalar o‘limi soni kamaydi. O‘lkada «Homilador ayollarni va bolalar salomatligini mustahkamlash bo‘yicha milliy Dastur» hamda «Yosh avlodni sog‘lomlashtirish kompleks Dasturi» ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur Dasturlar bo‘yicha mamlakatda ayollar va bolalar salomatligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada 2001-yilda Respublika shoshilinch tibbiyot tez yordam markazi hamda Respublika akusherlik va genekologiya ilmiy tadqiqot institutining Nukus filiali tashkil etilib, aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish hamda xotin-qizlarning sog‘lig‘ini saqlash, kasalliklarning oldini olish, bemorlarni sog‘lomlashtirish borasida ham ijobiy natijalarga erishildi.

Respublikada jarrohlik, maxsus davolash ambulatoriya markazlari tashkil topdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi bilan 1992-yilda Nukusda Orol muammosiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1992-yil 2-sentabrda «Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi tibbiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, ijtimoiy va ekologik muammolarni yechishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qildi.
Bu qarorning bajarilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hukumati katta kuch sarfladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholi punktlarini elektrlashtirish to‘la hal qilindi. 1992—2003-yillarda Tuyamo‘yin suv omboridan respublika aholi punktlariga 4 ming kilometrdan ortiq vodoprovod tarmog‘i olib kelindi, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 66,2 foizga yetdi. Shu yillarda 19,6 kilometr kanalizatsiya va 5000 ming kilometrdan ortiq gaz tarmoqlari yotqizildi. Respublika aholisining tabiiy gaz bilan ta’minlanishi 91,7 foizni, shu jumladan, shaharda 99,4 foizni, qishloqda 77,3 foizni tashkil etdi.
1995-yil sentabrda I.A.Karimov tashabbusi bilan Nukusda o‘tkazilgan xalqaro konferensiya esa tarixiy voqea bo‘ldi. Bu anjumanning asosiy hujjatlaridan biri — Nukus Deklaratsiyasi bo‘lib, butun dunyo jamoatchiligi e’tibori Orol muammosiga qaratildi.
1997-yil mart oyida Almatida Markaziy Osiyo Respublikalari Kengashi yig‘ilishi bo‘ldi. Bu yig‘ilishda ham I.A.Karimov tashabbusi bilan Orolbo‘yi xalqlariga ijtimoiy muammolarni yechishda amaliy yordam berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

O‘zbekiston hukumatining Orolbo‘yi muammolari to‘g‘risidagi tashabbuslari yerlik xalqlar tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanmoqda. Amudaryo bo‘yidagi mehnatkashlar ekologik vaziyatning yaxshilanishiga, xalqaro forumlarda Orol dengizi muammolarini hal qilishga doir qabul qilingan qaror o‘z samarasini berishiga qat’iy ishonch bildirmoqdalar.

Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti haqidagi quyidagi jadvalni to‘ldiring:
12-§. QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA XALQ TA’LIMI,

FAN VA MADANIYaT

Qoraqalpoq xalqi qadimiy va boy tarixga ega. Uning milliy madaniyati, jozibali san’ati, mumtoz adabiyoti, qadriyatlari udum va an’analari olamga mashhurdir.

Mustaqillik tufayli qoraqalpoq xalqi juda ko‘p qadriyatlarini qayta tiklash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Adolat va tenglik, ozodlik va erk uchun kurashgan Yernazar Olako‘z, Ollayor Do‘stnazarov singari xalq qahramonlarining — jasoratli, o‘t yurakli qoraqalpoq farzandlarining orzu-armonlari amalga oshdi.

Bugungi kunda Ibroyim Yusupov, To‘lepbergen Qaibergenov, Tilovbergen Jumamuratov kabi Qoraqalpoq yozuvchi va shoirlarining asarlari xalqlarimiz ma’naviy xazinasidan munosib joy oldi.

Sobir Kamolov, Charjau Abdirov kabi yirik olimlar O‘zbekiston fani rivojiga juda katta hissa qo‘shdilar.

Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston madaniy hayotida ham jiddiy o‘zgarishlar haqida gap ketganda, avvalo xalq ta’limi tizimida yuz bergan o‘zgarishlarni ta’kidlash o‘rinli. Bugungi kunda respublika xalq ta’limi tizimi milliy uyg‘onish, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy rivojiga xizmat qilishda yetakchi rol o‘ynamoqda.

Respublikada yangi tipdagi o‘rta umumta‘lim muassasalari — litseylar, gimnaziyalar va alohida fanlarni chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladigan maktablar, biznes maktablar, kollejlar va boshqalar tez rivojlanmoqda.

Hozirgi vaqtda Respublikada 25 tadan ziyod maktab va maktab internatlarda o‘quvchilarning fanlarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari asosida muayyan fanlarni chuqur o‘rgatishga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari qator maktablarda ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan.

2003-yilga kelib Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida uzluksiz ta’lim tizimini tubdan isloh qilishda samarali natijalarga erishildi. Eski turdagi ta’lim muassasalari o‘rniga yangi turdagi kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari tashkil etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1998—2002-yillarda 3 ta akademik litsey va 33 ta kasb-hunar kollejlari qurilib foydalanishga topshirildi.

Hozirgi paytda respublikada 763 ta umumta‘lim maktabi, 405 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 91 maktabdan tashqari ta’lim muassasasi (shundan 28 tasi bolalar sport maktabi) faoliyat ko‘rsatmoqda.
Bolalarga xorijiy tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa san’atini, kompyuter savodxonligi asoslarini o‘rgatuvchi guruhlar tashkil etildi.

Barcha qishloq hunar-texnika bilim yurtlarida respublika uchun zarur bo‘lgan soha kadrlarini tayyorlashga e’tibor kuchaytirildi. Milliy hunarmandchilikni rivojlantirishga, gilam to‘qish, keramika buyumlari tayyorlash, ganchkorlar va boshqa shu kabi hunar egalarini tayyorlashga ahamiyat berila boshlandi.

Respublikada o‘rta bo‘g‘indagi kadrlarni tayyorlash tizimida 2003-yilga kelib 71 ta o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatdi. Shundan 68 tasi kasb-hunar kollejlari, 3 tasi akademik litseylardir. Bugungi kunda mazkur o‘quv yurtlarida 51 mingdan ortiq o‘quvchi tahsil olmoqda.
Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat Universitetida bugungi kunda 33 ta mutaxassislik bo‘yicha bakalavrlar, 15 ta mutaxassislik bo‘yicha esa magistrlar tayyorlanmoqda.
O‘ziga xos tarixga ega bo‘lgan Ajiniyoz nomli Nukus Davlat pedagogika institutida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlanmoqda. Mazkur o‘quv yurtining 15 ta fakultetida 4 ming 402 ta talaba ta’lim olmoqda.

O‘lkada sog‘liqni saqlash sohasidagi kadrlarni tayyorlash borasida ham muayyan ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi.

Respublika sog‘liqni saqlash muassasalarining tibbiyot xodimlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 1991-yilda Nukusda Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining Qoraqalpog‘iston filiali tashkil etildi.

. Keyingi besh yil mobaynida yangidan maktablar qurish va kapital ta’mirlash hisobidan 30 ta maktab avariya holatidan chiqarildi. 2001-yili hashar yo‘li bilan 2 ta maktab binosi, 2002-yili 8 ta maktab binosi qurilib foydalanishga topshirildi. 2003-yilning o‘zida esa 7 ta maktab va kasb-hunar kolleji yangidan qurilib ishga tushirildi.

1991—2003-yillarda fan sohasida ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘ldi.

1992-yilda O‘zbekiston Respublika Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoq filialiga O‘zbekiston Respbulikasi FAning Qoraqalpoq bo‘limi maqomi berildi.

Uning tarkibida ilgari 3 ta institut mavjud bo‘lgan bo‘lsa, yana ikkita institut qo‘shildi. «Tarix, arxeologiya va etnografiya» hamda «Bioekologiya» institutlari ham shu bo‘lim tarkibiga kirdi. Botanika bog‘i bo‘linmasiga esa bo‘lim maqomi berildi. 1994-yilda esa Fanlar Akademiyasi tarkibiga O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli tajriba instituti va tibbiyot klinikasi ham kiritildi.

Fanlar Akademiyasi tashkil etgan bunday tadbirlar olimlarga tibbiy va ijtimoiy fanlarni yanada rivojlantirish, xalq xo‘jaligi va madaniyatini yuksaltirishda muayyan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishga yordam berdi. Qoraqalpoq fanida erishilgan yutuqlar hamda to‘rt jildlik «Qoraqalpoq tilining izohli lug‘ati»ni yaratishdagi xizmatlari uchun Fanlar Akademiyasining 4 nafar ilmiy xodimi (M.Qalandarov, R.Yesemuratova, T.To‘raboyev, D.Qozoqboyev) 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasining Beruniy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.

1992-yilda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining Qoraqalpoq bo‘limi tashkil etildi. Uning tarkibiga Sh.Musayev nomidagi Chimboy yer ishlari instituti hamda sholichilik va chorvachilik institutlarining filiallari kiritildi.

Nukusda O‘rta Osiyo irrigatsiya ilmiy tekshirish institutining bo‘limi faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublikada oliy o‘quv yurtlari ham ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Keyingi yillarda Toshkent olimlari ko‘magida katta miqdordagi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlandi.
Respublikadagi 60 nafar fan doktori va 600 nafar fan nomzodidan deyarli 30 foizi O‘zbekiston mustaqilligi yillarida ilmiy daraja oldilar.
Ilgari Fanlar Akademiyasi haqiqiy a’zoligiga saylangan Ch.A.Abdirov, S.K.Kamolov, A.B.Baxiyevlar qatoriga T.Yeshanov, A.Dauletov, U.Hamidov va J.Bozorboyev ham qabul qilindilar. 1997-yilda esa ikki nafar rassom (J.Izentayev va J.Quttimuratov) O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasining akademikligiga saylandilar.

Respublika olimlari keyingi yillarda chet el mutaxassislari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Respublika Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoq bo‘limi «Bioekologiya» instituti xodimlari Germaniya olimlari bilan birgalikda 1993-yildan beri Orolbo‘yi ekologiyasi muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olib borishmoqda.

1995-yilda Mo‘ynoqda Germaniya Federativ Respublikasi yordamida «Bioekologiya» institutining xalqaro ekologiya stansiyasi ochildi.
«Tarix, arxeologiya va etnografiya» instituti Avstraliyaning Sidney universiteti olimlari hamda fransuz arxeologlari bilan birgalikda ish olib bormoqdalar.

Mustaqil O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonning dolzarb masalalari respublika shoir va yozuvchilari ijodida katta o‘rin egallaydi. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergan Qaipbergenov qatoriga yangi nomlar kelib qo‘shildi. Saginbay Ibrohimov, Kenesboy Rahmonov kabi shoirlar, Guloysha Yesemuratova, O‘zarboy Abdurahmonov, Muratboy Nizanovlar ana shular jumlasidandir.

2000 yil aprel oyida Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasida 1999 yilda yaratilgan badiiy asarlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘ldi. Unda eng yaxshi asarlarga Qoraqalpoq Yozuvchilar uyushmasining mukofoti berildi. Jumladan, Davlatmurod Karimov «Qur’oni Karim»ni o‘zbek tilidan Qoraqalpoq tiliga tarjima qilgani uchun, Gulchehra Rahimova mustabid tuzum qurbonlari haqidagi qissasi uchun va Minayxon Jumanazarova «Cho‘lpon» nashriyotida chop etilgan «Qalbingizda qolgim keladi» she‘rlar to‘plami uchun mazkur mukofotga sazovor bo‘ldilar. Ayniqsa, 1999-yil 4-mayda O‘zbekiston Prezidentining Farmoniga ko‘ra T.Qaipbergenov va I.Yusupovning «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlanishi respublika hayotida katta voqea bo‘ldi.

1993-yil yanvarda Toshkentda Qoraqalpog‘iston madaniyati kunlari, noyabr oyida esa Qoraqalpog‘istonda Toshkent madaniyati kunlari o‘tkazildi. Xuddi shuningdek, 2000-yil iyun oyida Qoraqalpog‘istonda Toshkent shahri va Xorazmdan kelgan madaniyat xodimlari va ijodkorlar ishtirokida ma’naviyat kunlari o‘tkazildi. Dekabr oyida esa Toshkentda Qoraqalpog‘iston madaniyati kunlari uyushtirildi. Bu tadbirlar Nukus va Toshkent madaniyat xodimlari faoliyatini bir-birlariga yaqinlashtirdi. 1996-yilda Qoraqalpoq xoreografiyasi tarixida birinchi marta «Oyjamol» nomli Qoraqalpoq baleti (N.Muhammedinova musiqasi, T.Xodjayev asari) sahnalashtirildi. 1996-yilda O‘zbekiston mustaqilligining 5 yilligi oldidan o‘tkazilgan «O‘zbekiston — Vatanim manim» qo‘shiq-tanlovida yosh qo‘shiqchi Roza Kutekeyeva «Mustaqillik gullari» qo‘shig‘i bilan ishtirok etib, faxrli ikkinchi o‘rinni oldi. Shu yili yana Amir Temur rolining eng yaxshi ijrosi uchun tanlovida Berdaq nomidagi drama teatri artisti Bozorboy Uzoqberganov qatnashib, birinchi o‘rinni oldi. Bu misollar Qoraqalpog‘iston san’atkorlari mustaqillik yillarida erishgan muvaffaqiyatlardan dalolat beradi.

Qoraqalpog‘iston san’atida erishilgan muvaffaqiyatlarni keng targ‘ib etishda Rassomlar uyushmasi, I.V.Savitskiy nomidagi San’at muzeyi, Tarix-o‘lkashunoslik muzeyi hamda Jangovor va mehnat shuhrati muzeylari katta ishlarni olib bormoqda.
Qoraqalpog‘iston Jo‘qarg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining «Erkin Qoraqalpog‘iston», «Qoraqalpog‘iston xabarlari» gazetalari, yozuvchilar uyushmasining «Amudaryo» jurnali, «Respublika Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoq bo‘limi xabarlari» ilgarigidek muntazam chiqarilmoqda. 1991-yildan respublikada hukumatga qarashli bo‘lmagan «Orol qizlari» jurnali chop etila boshladi.

Istiqlol yillarida Nukus shahrining 60 yilligi, To‘rtko‘l shahrining 120 yilligi, Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘lining 170 yilligi, Amir Temurning 660 yilligi keng nishonlandi. Bular O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston tarixidagi eng muhim voqealar, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik ramzidir.

O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Nukus shahrining 60 yilligi bayramida: «O‘zbekiston taqdiri, bu — Qoraqalpog‘iston taqdiridir, o‘zbek xalqining taqdiri, bu — qoraqalpoq xalqining kelajagidir» degan otashnafas so‘zlari qoraqalpoq xalqi xotirasida abadiy saqlanib qoladi.

Bugun Qoraqalpoq xalqi shuni yaxshi biladiki, uning amaldagi suvereniteti, mustaqilligi faqat O‘zbekiston bilan birga bo‘lgandagina ta’minlanishi mumkin. Shuning uchun ham Qoraqalpoq xalqi o‘z taqdirini o‘zbek xalqi va O‘zbekiston bilan abadiy bog‘lagan. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyalari buning mustahkam huquqiy kafolatidir.

Qiziqarli malumotlar
O’zbekiston tarixi 11 sinf