O’zbekiston startaplari.

O’zbekiston startaplari.

O'zbekiston startaplari.

Assalom alaykum.

Ushbu maqolada O’zbekistonda yaratilgan yoki O’zbekistonga aloqasi bo’lgan
startaplar ro’yxati, ular haqida qisqacha ma’lumotlar kiritilib boriladi.

O’zbekistonda startaplar harakati boshlanganiga ko’p bo’lmagan bo’lsa-da, ular ko’zga ko’rinarli darajada yutuqlarga erishishmoqda.

1.
MyTaxi.uz — Android va IOS operatsion tizimida ishlovchi qurilmalar yordamida mobil dastur orqali taksi chaqirish xizmati. Hozir faqat O’zbekistonning Toshkent va Farg’ona shaharlarida o’z faoliyatini olib bormoqda. Asoschisi Akmal Payziyev. Mobil dastur ilk bor 2013-yil noyabr oyida e’lon qilingan.

2.
ARBA.UZ — internet do’koni. Uydan chiqmagan holda kundalik ehtiyojlar uchun zaruriy bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari va xo’jalik buyumlarini buyurtma qilish tizimi. Hozirda ushbu sayt faqat Toshkent shahri uchun xizmat ko’rsatadi. To’lovlarni DUET/Online/VISA, Click va naqt pul orqali amalga oshirish mumkin. Hozirda ushbu internet-do’konda 70-80dan ortiq kishi ishlamoqda.

3.
Bringo — kafe va restoranlardan ovqat buyurtma qilish va uni yetkazib berish xizmati. Hozir ushbu xizmat faqat Toshkent shahrida o’z faoliyatini olib bormoqda. To’lovlar faqat naqd pul ko’rinishida.

4.
Kassa.uz — uydan chiqmagan holda, teatr, kino va konsertlarga, sport musobaqalariga onlayn elektron chiptalar xarid qilish tizimi. To’lovlar UzCard tizimi orqali amalga oshiriladi.

5.
TaxiUz — mobil dastur yordamida taksi chaqirish xizmati. ushbu xizmat avtomashinalari taksometrlari O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan sertifikatlangan. Hozir faqat Toshkent shahrida faoliyat olib bormoqda.

6.
Stolik — Android va IOS qurilmalari uchun ishlab chiqarilgan mobil dastur bo’lib, ovqat turi, joyi, muhitiga ko’ra kafe, restoranlar qidirish va joy band qilish xizmati. Bu dastur yordamida foydalanuvchilar o’z vaqtlarini tejashlari va mazmunli hordiq chiqarishlari mumkin. Asoschisi Nodir Qodirov.

7.
Lamuz — Android va IOS qurilmalari yordamida sifatli, mashhur va sevimli musiqalarni eshitish dasturi. Ushbu dastur har kuni yangi musiqa va qo’shiqlar bilan boyitilib boriladi. Ushbu dasturda musiqa qidiruv tizimi bo’lib, u yordamida kerakli qo’shiq va musiqalarni tez qidirib topish mumkin. Asoschisi Baxtiyor Hasanov.

8.
UyBor — butun O’zbekiston bo’ylab uy sotib olish yoki ijaraga olish bo’yicha e’lonlar joylashtiriladigan xizmat bo’lib, uni veb sayt va mobil dasturlari bor. Ushbu xizmatda foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan aqlli qidiruv tizimi ham qo’shilgan.

9.
AVTOTEST — innovatsion avto o’quv maktabi. Ushbu avtomaktab Toshkent shahrida joylashgan bo’lib, boshqa avtomaktablardan o’zlarining maxsus ishlab chiqilgab o’quv metodikasi bilan, o’quv jarayoniga innovatsion texnologiyalarni tadbiq qilgani bilan ajratilib turadi.

10.
arb.uz — Toshkent shahrining eng zo’r restoranlari va kafelarini qidirish, ularning vizual ko’rinishlari, menyulari bilan tanishish uchun ishlab chiqarilgan Android va IOS qurilmalari uchun mobil dastur. Asoschisi Sherzod Nosirov. Ushbu dasturning asosiy imkoniyatlaridan biri, kafe va restoranlar uchun yaratilgan reyting tizimi bo’lib, unda har bir foydalanuvchi o’zi tashrif buyurgan joy haqida fikr, taklif va e’tirozlarini qoldirishi, baho berishi mumkin.

11.
Smartup — Biznesni avtomatlashtirish uchun Android va IOS qurilmalari uchun yaratilgan maxsus mobil dasturlar jamlanmasi. Ushbu mobil dasturlar jamlanmasi 3 ta mustaqil tizimdan iborat: Smartup FMCG — xalq iste’mol mahsulotlarini yetkazib beruvchi kompaniyalarni ish faoliyatini avtomatlashtiruvchi tizim, Smartup Pharm — tibbiyot va farmatsevtika hodimlarini faoliyatini avtomatlashtiruvchi kompleks tizim va Smartup Menu — kafe, restoran va mehmonxonalar uchun maxsus interaktiv va elektron katalogi. Ishlab chiqaruvchi: «Greenwhite Solutions» kompaniyasi. Ushbu kompaniya ish faoliyatini 2012-yilda boshlagan.

12.
Yummy.uz — Android, IOS va veb sayt ko’rinishdagi loyiha bo’lib, u yerda shahardagi kafe, restoran, ko’ngil-ochar maskanlar, umuman shaharlardagi har qanday joy haqida ma’lumotlar mavjud. Har bir foydalanuvchi o’zi tashrif buyurgan joy haqida fikr qoldirishi, u joyga baho berishi mumkin. Bundan tashqari, bu xizmat tadbirkorlar uchun ham foydali bo’lishi mumkin. Chunki, tadbirkorlar o’z kompaniyalarini ushbu servisda joylashtirib, oddiy foydalanuvchilarning fikrlarini bilishlari, o’zlari ko’rsatayotgan xizmatlardagi muommolarni topishlari va uni bartaraf etishlari mumkin.

13. Workly.io — Newmax kompaniyasi tomonidan yaratilgan Android va IOS qurilmalari uchunm, hamda veb sayt ko’rinishida ishlab chiqilgan xizmat bo’lib, u korxona, tashkilot, firmalarda ishchilarning keldi-ketdisini nazorat qilish, ishchi vaqtini boshqarish, analitika va hisobot yuritish kabi biznes uchun muhim bo’lgan imkoniyatlarga ega. Hozirda ushbu xizmat O’zbekiston bozoridan boshqa bozorlarda o’z imkoniyatlarini sinab ko’rmoqchi va buning uchun katta kuch bilan harakat qilyapti.

14. Lebazar — sevimli supermarketlardan mahsulotlar yetkazib berish xizmati. Asoschi Botir Arifjanov. Toshkent shahridagi supermarketlardan uyga mahsulot yetkazib berish xizmati bo’lib, Arba’dan farqi mahsulotlarni o’z omborlarindan emas balki ushbu loyiha bilan hamkorlik qilayotgan, buyurtma berayotgan mijozning manziliga eng yaqin supermarketlardan veb sayt yordamida yoki android va IOS qurilmalari orqali mahsulotlarni buyurtma qilib, taksi haydovchilari yordamida mizoj ko’rsatgan manzilga yetkazib beradi. Hozirgi kunda korzinka.uz supermarketlar tamog’i, Magnit Supermarket, Real Market, Sebzor Supermarket va Yulduz Supermarket supermarketlaridan mahsulotlar yetkazib berish xizmati yo’lga qo’yilgan.

15. itZZaMe — kafe, restoranlar va ularga tashrif buyuruvchilar o’rtasida vositachilik qiladigan mobil dastur. Hozircha faqat Toshkent shahrida faoliyat olib boradi. Unda har bir kafe va restoranlar haqida batafsil ma’lumotlar joylashtirilgan bo’lib, foydalanuvchilar mobil dastur yordamida qo’shimcha ma’lumotlar, menyular va ularning rasmlari bilan tanishishlari mumkin bo’ladi. Ushbu dasturda «Umumiy katalog», «Interaktiv qidiruv» va «Ma’lumot beruvchi» kabi oddiy foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan asosiy imkoniyatlar mavjud. Hozirda ushbu dasturning android va IOS qurilmalar uchun mobil ilovalari ishlab chiqilgan.

Startup
O’zbekiston startaplari.