O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish tartibi to’liq malumot oling

O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish tartibi to’liq malumot oling

ozbekiston respublikasiga qaytish guvohnomasini olish tartibi 1

O‘zbekistonga qaytish uchun siz Vatanga qaytish guvoxnomasini rasmilashtiringiz kerak.

Kerakli hujjatlar:

Pasport yo‘qolgan taqdirda-pasport nusxasi, pasport yo‘qolganligi to‘g‘risida politsiya bo‘limidan ma’lumotnoma, fotosurat 35×45 mm 2 dona;
Pasport muddati tugagan taqdirda-pasportning o‘zi, fotosurat 35×45 mm 2 dona;
Agar pasport yaroqsiz xolga kelgan bo‘lsa (yirtilgan, chizilgan va hokazo) pasport va pasport nusxasi, fotosurat 35×45 mm 2 dona;
Barcha hollarda davlat boji qiymati 60 AQSh dollari.

Taxminan 7-14 kalendar kunda tayyor bo‘ladi.

16 yoshgacha bo‘lgan bolaga sertifikat berish:

Ikkala ota-onaning pasportlari;
Nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma;
Bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi;
Bolaning pasporti (agar mavjud bo‘lsa), bolaning fotosurati 35×45 mm 2 dona.

Davlat boji 10 AQSh dollari

Tayyorlash uchun taxminan 2 soat vaqt ketadi.

Eslatma:

Agar bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasida otasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa:

Onaning pasporti;
Bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi;
Bolaning fotosurati 35×45 mm 2 dona;

Agar bolada tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma bo‘lmasa: tug‘ruqxonada berilgan tibbiy tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma.

O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi (sertifikat) O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan chet elda vaqtincha yashayotgan va O‘zbekistonda doimiy ro‘xatda turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi yuq shaxslarga quyidagi holatlarda beriladi: shaxsini tasdiqlovchi hujjatini yuqotgan, hujjati yaroqsiz holga kelgan, muddati o‘tgan, hujjatning varaqlari tugagan, avval passport bilan rasmiylashtirilmagan fuqarolarga.

Sertifikatni olish uchun arizachi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligininig interaktiv Konsullik hizmati veb-saytida joylashgan dasturi orqali shaxsni tasdiqlash haqidagi so‘rovnoma – arizasini to‘ldirilib unga elektron fotosuratni biriktiriladi va ikki nushada chop etiladi.

Sertifikatni olish uchun arizachi Konsullik muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:

qog‘ozda
chop
etilgan,
arizachinig
imzosi
qo‘yilgan, bar-kodli ko‘rsatilgan elektron so‘rovnoma – arizasi, 2 nusxada;
2 dona rangli fotosurat (3,5×4,5sm);
muddati
o‘tgan,
yaroqsiz
holga
kelgan,
viza
varaqlari
tugagan shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat yuqolganda — yuqolgan shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa ma’lumotnoma nusxasi va shaxsni tasdiqlovchi hujjat yuqolganligi haqida vaqtincha yashayotgan joydagi vakolatli idoralarning ma’lumotnomasi (imkoniyat darajasida);
avval passport bilan rasmiylashtirilmagan fuqarolar uchun – ularning tog‘ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasining pasportlaridan nusxa;
konsullik to‘lovlari kvtantsiyasi yoki cheki.
Arizachiga sertifikat O‘zbekiston Respublikasi vakolatli idoralari tomonidan uning shaxsi tasdiqlangandan so‘ng beriladi.
Sertifikat bir oydan, alohida vaziyatlarda (kasalligi tufayli, hibsda saqlanayotgan xolda, yashayotgan davlatda kosullik muassasalari bolmagan taqdirda) 3 oy muddatga beriladi. Sertifikatning muddati uzaytirilmaydi.
Sertifikat har bir kishiga alohida rasmiylashtiriladi. Sertifikatga bolalar yozilmaydi.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat yaroqsiz holga kelgan, muddati o‘tgan va viza varaqlari tugagan holda mazkur hujjat Konsullik muassasasiga topshirishi lozim.
Arizachi O‘bekistonga kelgandan so‘ng 10 kundan kech bo‘lmagan muddat ichida Sertifikatni doimiy yashash joyidagi ichki ishlar idoralariga pasport olish uchun topshirishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish uchun 50 AQSh dollari miqdoridagi konsullik to‘lovlari va 5 AQSh dollari miqdoridagi ma’muriy harajatlar olinadi. Bunda 16 yoshga to‘lmagan bolalar konsullik to‘lovlaridan ozod etiladi.

Quyidagi holatlar arizachiga Sertifikat berish rad etilishi mumkin:

o‘zi yoki
shaxsini
tasdiqlovchi
hujjatning
yo‘qolganligi
to‘g‘risida
yolg‘on ma’lumotlar bersa;
taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlat belgilangan talablarga mos kelmasa (hujjatlar etarli emas, so‘rovnoma – arizasidagi ma’lumotlar aniq va to‘liq emas).

Qoshimcha malumot olish uchun +74992300076 yoki +74992383620 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Foydali Maslahatlar
O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish tartibi