O’zbekiston respublikasi qizil kitobiga kiritilgan o’simliklar
- Maqolalar
- O‘zbekiston farmatsevtika axborotnomasi
- Badiiy adabiyotlar
- Foydali manbalar
- “Avicenna’s Heritage” tanlovi
- Dorivor oʻsimliklar yetishtiriladigan hududlar
- Yangiliklar
- Matbuot xizmati haqida
- Fotogalereya
- Videogalereya
- Infografika
- OAV vakillarini akkreditasiyadan o’tkazish tartibi
- Davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan soha vakillari
- Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash sohasida qo‘llaniladigan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar
- Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash va ulgurji realizatsiya qilishda moddiy-texnik baza, shu jumladan asbob-uskunalar, texnik vositalar va xodimlarga bo‘lgan talablar
- Farmatsevtika faoliyati (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati
- Statistik ma’lumotlar
- Farmatsevtika faoliyatini (Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) litsenziyalash sxemasi
- Litsenzion nazorat
- Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha murojaatlar reyestri
- Agentlik tomonidan o‘tkazilgan (ishtirok etilgan) ommaviy tadbirlar haqida ma’lumotlar
- Ijtimoiy ahamiyatga molik ochiq ma’lumotlar
- O’tkazilgan tanlovlar (tendеrlar) va amalga oshirilgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
- O‘zbekiston Respublikasiga import qilingan farmatsevtika mahsulotlari ro‘yxati
- Qonun hujjatlari buzilishi, shu jumladan dori vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini shakllantirish tartibi qo‘pol buzilganligi oqibatida lisenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmasevtlar)ning yagona reeestri
- Tan olish yuli bilan ro‘yxaydan o‘tgan dori vositalari
- Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati
- Davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan olib kirishga ruxsat beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar
- Ro’yxatdan o’tgan dori vositalarining qo’llash bo’yicha yo’riqnomasi
- Ishonch telefoni
- Telegram aloqa bot
- Eng ko‘p beriladigan savollar
- Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha maʼlumot
- Bizning manzil
O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan dorivor o‘simlik turlarining soni yangilanadi
O‘zbekiston Respublikasi hududida hozirda 4400 ga yaqin oliy yovvoyi o‘simlik va 2000 dan ziyod zamburug‘ turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko‘plab kamyob endemik va relikt turlar ham bor. Bunday turlarning soni 300 dan ortiq bo‘lib, ular O‘zbekiston florasining 10-12 foizini tashkil etadi. Respublika qo‘riqxonalarida muhofaza qilinayotgan o‘simliklarning umumiy holati nisbatan yaxshi bo‘lishiga qaramay, ko‘plab yovvoyi turlarining tabbiy zaxiralari keskin kamayib ketmoqda. Dunyoga dong‘i ketgan lola va sallagullar, qimmatbaho o‘simlik-yetmak, dorivor o‘simlik bozulbang kabilar keyingi yillarda keskin kamayib ketdi. Bir qancha turlar yo‘qolib ketish holatiga kelib qoldi. Aholining tabiatga noto‘g‘ri munosabati ham o‘simliklarning kamayib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa shahar va qishloqlar atrofida qizil lola, sallagul, shirach va shunga o‘xshash nafis gulli o‘simliklar juda kamayib ketgan. Tabiatga, o‘simliklar dunyosiga nisbatan bepisand munosabatda bo‘lishiga chek qo‘yish, tabiat boyliklarini muhofaza qilish va ko‘paytirish hammamizning asosiy burchimizdir. O‘zbekiston musaqillikka erishgach, atrof-muhitni, hayvonot va o‘simliklar dunyosini muhofaza qilishga alohida eʼtibor qaratildi. 1992 yil 9 dekabrda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, 2004 yil 3 dekabrda “Muhofaza etiladigan tabiy hududlar to‘g‘risida”gi qonunlar, 2016 yil 21 sentyabrda “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”, 2018 yil 16 aprelda esa “O‘rmon haqida”gi qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi. Bu qonunlar barcha o‘simlik turlarini saqlab qolish, ularni asrab avaylash va muhofaza qilishda muhim hujjat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida Qizil kitob ilk bor 1979 yilda taʼsis etilgan. Mazkur Qizil kitobga nabotot olamining kamyob, yo‘qolib ketishi xavfi ostidagi turlari haqidagi maʼlumotlar kiritilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad, jamoatchilik va davlat idoralari eʼtiborini tabiat muhofazasi masalalariga jalb etishdan va turlar genoofondini saqlab qolishga ko‘maklashishdan iborat edi. Qizil kitobning 1984 yilgi nashriga O‘zbekiston florasining yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan 163 ta turi kiritilgan. Bu turlarning taqdiri respublika mutaxassislari, olimlari mutassil shug‘ullanib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida olib borilgan kuzatishlar ayrim o‘simlik turlarining soni va maydoni ancha kengayganligini ko‘rsatmoqda. Masalan, anzur va Suvorov piyozlari oldingi holatiga kelmagan bo‘lsa-da, maʼlum darajada ko‘paydi. Eng kamyob o‘simliklardan sanalgan Minkvis teziumi turlarining soni 7 tadan 17 tagacha ortdi. Qurama tizmasida kamyob o‘simliklardan hisoblangan Korovin shirachi o‘simligining mavjudligi aniqlandi. Ayni vaqda ayrim o‘simlik turlarining soni keskin qisqarib ketdi. Omonqara o‘simligi, Pskom piyozi, Margarita marmaragi kabilar shular jumlasidandir. Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar o‘lkamiz florasiga mansub yana 138 turdagi o‘simlikni Qizil kitobga kiritish lozimligini ko‘satmoqda. 1998 yil maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simlik turlarining soni 301 tani tashkil etgan bo‘lsa, yangi nashrdan 48 oilaga mansub 313 tur o‘simlik o‘rin oladi. Qizil kitobga kiritilgan o‘simlik turlariga Tabiatni muhofaza qilish xalqaro uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan tasnifga binoan kamyoblik darajasiga ko‘ra 4 ta maqom (status) beriladi.
1. Yo‘qolgan yoki yo‘qolib ketganligi ehtimoldan yiroq emas. Bir necha yillar davomida tabiatda uchratilmagan, lekin yig‘ib olish qiyin bo‘lgan ayrim joylardagina yoki madaniy sharoitda saqlab qolish ehtimoli mavjud bo‘lgan turlar.
2. Yo‘qolib ketish arafasida turgan. Yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan, saqlab qolinishi uchun maxsus muhofazani talab etadigan turlar.
3. Kamyob. Maʼlum kichik maydonlardagina o‘ziga xos sharoitlarda saqlab qolingan, ammo tez yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan va jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar.
4.Son jihatdan kamayib borayotgan. Soni va tarqalgan maydonlari maʼlum vaqt ichida tabbiy sabablarga ko‘ra yoki inson omili taʼsiri ostida kamayib ketayotgan turlar. Ayni vaqtda, bunday o‘simliklarni har tomonlama nazoratga olish talab etiladi.
Qizil kitobning mazkur yangi nashri mutaxassislar, davlat idoralari hamda jamoat tashkilotlari oldiga qo‘riqxonalar va buyurtmaxonalarni kengaytirish, yovvoyi o‘simliklar sotishni taqiqlash, xomashyo uchun yig‘iladigan o‘simliklarni terish uchun litsenziyalar joriy etish kabi bir qancha dolzarb masalalarni qo‘yadi. O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish bu jarayonda keng jamoatchilik ishtirok etgan taqdirdagina ijobiy samara beradi. Barcha yakdillik bilan harakat qilsagina, nabotot olamining bebaho boyliklarini saqlab qolishga, ularni asrab-avaylab, munosib ravishda kelgusi avlodlarga qoldirishga erisha olamiz.
O‘zbekistonda Qizil kitobga kiritilgan 180 dan ortiq o‘simlik bor
Inson tabiatdan foydalanish jarayonida odatda tabiiy jarayonlarga to‘sqinlik qiladi va buning oqibatlarini o‘ylamaydi. Aslida atrofimizdagi hayvonlar va o‘simliklar million yillar davomida evolyusiya natijasida murakkab biologik tizimni hosil qilgan. Tabiatda har bir tirik organizm yoki biologik tur tabiiy barqarorlikni ta’minlaydi. Agar ushbu tizimning biron bir qismi yo‘qolsa, barqarorlik izdan chiqadi.
Shu bois ham Birlashgan Millatlar tashkilotining 1992 yil Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan atrof-muhit va rivojlanish bo‘yicha konferensiyasida bioxilma-xillik haqida Konvensiya imzolangan. O‘zbekiston Respublikasi 1995 yilda ushbu Konvensiyaga a’zo bo‘lgan.
Umuman, mamlakatimiz hududi Yer sharining 0,3 foizini tashkil qiladi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 180 dan ortiq o‘simlik turi yashaydi. Ya’ni, Qizil kitobga kiritilgan o‘simlik va hayvon turlarining deyarli yarmi muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan tashqarida o‘smoqda va yashamoqda.
Qayd etish lozimki, qishloq xo‘jaligi, yaylov yerlar va urbanizatsiya quruqlikdagi hayvonlarning tabiiy yashash muhitini mayda bo‘laklarga bo‘ladi va buzadi. Oziq-ovqat, tibbiyot va boshqa sohalar uchun bioxilmaxillikdan me’yordan ortiq foydalanish ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Baliq ovlash sanoati baliqlar biomassasining 80 foizini, o‘rmon-butalarni kesish va brakonerlik oqibatida daraxt turlarining ko‘p turlarini yo‘q bo‘lib ketish chegarasigacha olib kelgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, tabiatimiz bioxilma-xilligini asrash, saqlab qolish hamda kelajak avlodga yetkazish Konstitutsion burchimizdir.
Viloyatimizning shahar va tuman markazlarida, mahallalar va ko‘p qavatli uylar oraliqlarida, tashkilotlarga tegishli bo‘lgan hududlar, avtomagistral va temir yo‘llar yoqasidagi, daryo, soy, kanal, zovur va ariqlar yoqasidagi, fermer xo‘jaliklari yerlarida va davlat zaxira yerlaridagi daraxt va butalar xatlovdan (inventarizatsiyadan) o‘tkazilib, shakllantirilgan yagona elektron bazaga kiritilmoqda.
Qayd etish lozimki, joriy yil 1 maydan boshlangan bu tadbir Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 yanvardagi “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxt va butalardan foydalanishni tartibga solish va ulardan foydalanish sohasida ruxsat berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining joriy yil 30 oktyabrdagi farmoni bilan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy joriy etildi. 2019 yil 1 noyabrdan 2020 yil 31 dekabrgacha amal qilishi ko‘zda tutilgan moratoriyda vakolatli davlat organlariga davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga ruxsatnomalar berish man etildi.
Amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar kelgusida daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining noqonuniy kesilishi, daraxt turlari yo‘qolib ketishining oldini olishda katta ahamiyatga ega.
D.RO‘ZIBOYeV,
viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i.
Qiziqarli malumotlar
O’zbekiston respublikasi qizil kitobiga kiritilgan o’simliklar