O’zbekiston respublikasi qizil kitobi pdf

O’zbekiston respublikasi qizil kitobi pdf

Ajoyib maqola bo‘libdi.

Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Qizil kitobi bo‘yicha qarori qabul qilindi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 17 iyuldagi PQ-3861-son qarori ijrosini ta’minlash, kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlar va yovvoyi tarzda o‘suvchi o‘simliklarning turlari (kichik turlari)ni saqlab qolish va qayta ko‘paytirishni ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

Kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va o‘simliklarni saqlab qolish bo‘yicha idoralararo komissiya tarkibi tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, Qizil kitob O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan hayvonlar, yovvoyi o‘simliklar va qo‘ziqorinlar turlarining (kenja turlarining) holati, tarqalishi, kamyoblik maqomi va yo‘qolib ketish xavfining maqomi va muhofaza choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui hisoblanib, kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarning (kenja turlarning) muhofazasi va ularni qayta tiklash maqsadida tashkil etiladi.

Quyidagilar Qizil kitobni tayyorlash, nashr etish va yuritish bo‘yicha vakolatli davlat tashkilotlari hisoblanadi:

uni nashr etishni tashkil qilish va yuritish bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza etish davlat qo‘mitasi;

uni nashr etishga tayyorlash bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi.

Qizil kitobga hayvonot va o‘simlik olami turlarini (kenja turlarini) kiritish (undan chiqarish) bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti va Botanika instituti ishlab chiqadi.

Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) va ularni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish Kamyob va yo‘qolib ketish arafasida turgan hayvonlar va o‘simliklarni muhofaza qilish bo‘yicha idoralararo komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Quyidagilar Qizil kitobni tayyorlash va nashr etish bo‘yicha asosiy tadbirlar hisoblanadi:

Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlash va ularning muhokamasida ishtirok etish;

Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat hisobini yuritish (zamonaviy holati va holatining o‘zgarishi borasidagi tendensiyalar to‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil etish bilan birgalikda);

Qizil kitobning rasmiy nashrlariga turlar bo‘yicha suratli ilmiy mavzular, maqolalar tayyorlash;

Qizil kitobni nashr etishni tashkil etish va uning rasmiy nashrlarini tarqatishni ta’minlash.

Quyidagilar Qizil kitobni nashr qilish bo‘yicha asosiy tadbirlar hisoblanadi:

Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish va undan chiqarish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishni tashkillashtirish;

Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilish va ulardan foydalanish borasidagi davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;

Qizil kitobga kiritilgan turlardan (kenja turlardan) foydalanish sohasi bo‘yicha ruxsat berish tusidagi hujjatlarni taqdim etish;

Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat hisobini yuritishni tashkil etish va ta’minlash;

Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat kadastrini yuritish;

Qizil kitobga kiritilgan turlar (kenja turlar) populyatsiyalari va ularning holati bo‘yicha davlat monitoringini amalga oshirish;

Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilish, qayta tiklash borasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishda ishtirok etish.

O’zbekiston respublikasi qizil kitobi pdf

1. O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobi – O’simliklar. I tom. (Chinor ENK nashriyoti talabi bilan olib tashlandi)
2. O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobi – Hayvonlar. II tom. (Chinor ENK nashriyoti talabi bilan olib tashlandi)
3. Алявдина К.П. Определитель растений. pdf
4. Haqberdiyev P.S. Baliqlarning yuqumli va yuqumsiz kasalliklari. pdf
5. G’ofurov A., Fayzullayev S., Saidov J. Genetika. pdf
6. Eshimov D., Ro’ziqulov R. Hayvonlar fiziologiyasi va patofiziologiyasi. pdf
7. Malte Ch. Ebach. Origins of Biogeography. The role of biological classification in early plant and animal geography. pdf
8. Matchonov B. Biologiyadan masala va mashqlar yechish. pdf
9. Ченцов Ю.С. Введение в клеточную биологию. Общая цитология. pdf
10. Sagdiyev M., Alimova R. O’simliklar fiziologiyasi. pdf

Hafta surati

Mashhurlari

So’nggilari

Izohlar

Skelet sistemasi (Suyagi yo’qlar ham o’qisin!)

Dekabr 8, 2018 1 ta izoh

Yurak

Dekabr 9, 2018 Izohlar yo’q

Qon tomirlar

Dekabr 9, 2018 Izohlar yo’q

Odamning bosh miyasi

Oktabr 4, 2018 Izohlar yo’q

Nerv hujayrasi – neyron

Oktabr 4, 2018 1 ta izoh

Bryus effekti

Aprel 2, 2022 Izohlar yo’q

Morj, tyulen, dengiz mushugi kabi kurakoyoqli hayvonlar qaysi turkumga kiradi?

Mart 11, 2022 Izohlar yo’q

O’simlik hujayrasida sitokinez qanday kechadi?

Mart 19, 2021 Izohlar yo’q

Quruqlikda uxlovchi o’pkali baliqlar

Mart 7, 2021 Izohlar yo’q

Fenogramma qanday quriladi?

Mart 1, 2021 Izohlar yo’q

Rasul11 Nekkulov111

Men Nekkulov Rasulman Xalqaro biologiya olimpiadasiga qatnashib 25talik jamoaga kirdim.

Sherzod Rajabov

Sherzod Rajabov

Ajoyib maqola bo‘libdi.

Maftuna Yo’ldosheva

Assalomu alaykum. Yaxshimisiz, h index haqida ham ma’lumot bera olasizmi.

Kayhon Atoev

Saytdagi malumotlar ajoyib sayt tashkilotchilariga kattakon rahmat ishlariga rivoj men.

O’zbekiston respublikasi qizil kitobi pdf

Yer kurrasida hozirgi vaqtda 670 ming (shundan 500 mingi gulli o`simliklar) o`simliklar va 1,5 million hayvon turlari mavjud bo`lib, ularning 93% uchun quruqlik va 7% i uchun suv yashash muhiti hisoblanadi.

Turlarning hosil bo`lishi va ularning yo`qolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni bo`lib, yerda geologik sharoitlarning o`zgarishiga ham bog`liqdir. Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzila boshladi, hayvon va o`simliklarning antropogen (inson faoliyati) ta’sirlari natijasida yo`qolib borish jarayoni tezlasha boshladi.

Odam tomonidan yangi yerlarning, orollarning va kontinentlarning o`zlashtirilishi natijasida butun sayyora masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda.

Turlarning qirilishi qadim zamonlardayoq boshlangan edi. O`n minglab yillar ilgari ovchilar tomonidan mamontlar, qalin junli karkidonlar, gigant bug`ular, g`or arsloni va ayiqlari, o`rta asrlarda Yevropa turi, Steller sigiri qirilib ketdi. Hozirgi biz yashab turgan davrda turlarning yo`qolib ketish jarayoni juda jadallik bilan davom etmoqda. 1600 yildan 1875 yilgacha sut emizuvchilarning 63-turi, qushlarning 74 turi yo`qolib ketdi. Keyingi yillarda har yili 1 dan 10 gacha hayvon va 1 tadan o`simlik turlari yo`qolib ketmoqda. Hozirgi vaqtda umurtqali hayvonlarning 600 ga yaqin turi, juda ko`p o`simliklar turlari butunlay yo`qolib ketish xavfi ostida turibdi.

O`simlik va hayvon turlarining tobora yo`qolib borish xavfi mamlakatlar va butun dunyo miqyosida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ehtiyojini tug`dirmoqda.

1948 yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tuzildi. Bu tashkilot flora va faunani muhofaza qilishga qaratilgan hamma ishlarni birlashtiradi. Mazkur xalqaro uyushma 1973 yilda «qora ro`yxat»ni chop etdi, unda batamom yo`qolib ketgan hayvonot turlari ro`yxati keltirilgan.

Jahon «Qizil kitobi» 1979 yilgacha chop etildi, shuningdek sobiq SSSR da ham «Qizil kitob» 1979 yilda chop etildi. «Qizil kitob» xavf xatar belgisi. Bu kitobga kam va yo`qolib ketayotgan o`simlik va hayvonlarning turlari to`g`risida ma’lumotlar berilgan.

O`zbekiston o`simlik va hayvon turlari soni 27000 dan ortiq bo`lib, ulardan hayvon turlari 15000 dan ortiq, o`simliklar, zamburug`lar va suvo`tlari esa 11000 atrofida.

O`zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4500 ga yaqin gulli o`simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko`pgina kamyob, endem va relikt turlar mavjud. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo`lib, ular O`zbekiston florasining 10-12% ini tashkil qiladi.

Zarafshon vohasining florasi 2600 tur, Samarqand viloyatining 1700 tur, undan 201 tur dorivor o`simliklardir.

O`zbekiston florasining yo`qolib ketish xavfi ostida turgan 163 tur «Qizil kitob»ning 1984 yilgi nashriga kiritilgan, yangi «Qizil kitob»da esa (1998) kiritilgan o`simlik turlarining soni 301 taga yetdi.

O`zbekiston faunasida umurtqasiz hayvonlarning 677 turi (sut emizuvchilar-108, qushlar-432, sudralib yuruvchilar-58, amfibiyalar-2 va balig`lar-77) mavjud, umurtqasiz hayvonlar turlari esa 15 mingdan ortiq.

O`zbekistonning birinchi «Qizil kitob»i 1983 yilda nashr qilingan bo`lib, unga umurtqali hayvonlarning 63 turi kiritilgan edi.

Yangi «Qizil kitob» (2003) birinchi bor davlat tilida yozilgan bo`lib, ikkinchi tomida sut emizuvchilarning 23 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 16 turi, balig`larning 17 turi, xalqasimon chuvalchanglarning 3 turi, molluskalarning 14 turi va bo`g`imoyoqlilarning 61 turi kiritildi.

Ta’kidlash lozimki, «Qizil kitob»ga kiritilgan o`simliklar va hayvonlar ro`yxati yildan-yilga aniqrog` bo`lmoqda va biz ularning yangi nashrlariga guvoh bo`lamiz.

O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»ida o`simlik va hayvonot turi, oilasi, avlodi, turkumi tartibida alfavit bo`yicha ro`yxatga olingan va har bir o`simlik ko`rgazmali tarzda suratlari keltirilgan. Bu o`z navbatida noyob va yo`qolib borayotgan o`simlik va hayvonot turlari to`g`risida keng omma tomonidan aniq tasavvurga ega bo`lishlariga yordam beradi.

«Qizil kitob» muhofaza choralarini kuchaytirish, qo`riqxona va buyurtma hududlarini kengaytirish, yovvoyi o`simliklar bilan savdo-sotiqni tartibga solishda litsenziyalar tizimini joriy qilish kabi bir talay muhim tadbirlarni kun tartibiga qo`yadi.

Umuman, bu kitob barcha o`simlik va hayvonot muhofaza qilish borasida qonun asoslariga tayangan muhim hujjat hisoblanadi.

Kitobga kiritilgan o`simlik turlari 4 kategoriyaga bqlingan: «0» maqomi berilgan o`simlik turlari yo`qolgan yoki yo`qolish arafasida turgan o`simliklardir.

«1» maqomidagi o`simliklar turlari esa yo`qolib borayotgan turlardir. Bunga yo`qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlab qolish uchun maxsus muhofaza qilishni talab etadigan o`simlik turlari kiritilgan.

«2» maqomidagi turlar esa noyob turlardir. Bu guruhga ma’lum kichik maydonlarda o`ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo`qolib ketishi mumkin bo`lgan va ularning saqlanishini ta’minlash uchun jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar kiradi.

«3» maqomidagi o`simlik turlari kamayib borayotgan o`simliklardir. Bu guruhga kiritilgan o`simlik turlari ma’lum vaqt ichida soni va tarqalish maydonlari tabiiy sabablarga yoki anropogen omillari ta’siri ostida qisqarib ketayotgan turlar kiradi.

Qiziqarli malumotlar
O’zbekiston respublikasi qizil kitobi pdf