O’zbekiston respublikasi qizil kitob

O’zbekiston respublikasi qizil kitob

Қизил китобга киритиладиган ҳайвон ва ўсимлик турлари бўйича таклифни илмий текшириш муассасалари, давлат ва жамоат ташкилотлари, айрим олимлар тавсия қилиши мумкин. Муҳофаза қилиниши натижасида ўз ареалини қайтадан тиклаган ва йўқолиб кетиш хавфи туғилмайдиган ўсимлик ва ҳайвон турлари Қизил китобдан чиқарилади. Қизил китобга киритилган турлар давлат қонуни асосида муҳофаза қилинади; уни бузган юридик ва жисмоний шахслар қонунга мувофиқ жавобгарликка тортилади.

ҚИЗИЛ КИТОБ

ҚИЗИЛ КИТОБ — йўқолиб бораётган ёки йўқолиш хавфида бўлган ноёб ўсимлик ва ҳайвон турларини қайд қилувчи давлат ҳужжати. Қизил китобда ўсимлик ва ҳайвон турлари сонининг камайиши, ареалларининг қисқариб бориши сабаблари ёритилади; уларни сақлаб қолиш учун тавсиялар бериб борилади.

1948 йилда ташкил этилган Табиат ва табиий ресурсларни муҳофаза қилиш халқаро иттифоқи камёб ва йўқолиб кетиш хавфида бўлган ўсимлик ва ҳайвон турларининг рўйхатини тузиш ғоясини амалга оширишга киришди. Турларни сақлаб қолиш бўйича махсус халқаро комиссия тузилиб, 1966 йилдан бошлаб бошқа табиатни муҳофаза қилиш ташкилотлари билан ҳамкорликда халқаро Қизил китобнинг дунё ва алоҳида минтақалар флорасига бағишланган нашрлар чоп этила бошланди.

Ўзбекистоннинг ноёб ва камайиб бораётган ўсимлик ва ҳайвонлари тўғрисидаги дастлабки маълумотлар 1974 йил таъсис этилган Қизил китобда ўз аксини топган. Ўзбекистон Қ. к. и 1978 да таъсис этилди. Биринчи марта Ўзбекистон Қизил китоб ининг фаунага бағишланган қисми 1983 йил нашрдан чиқди. Унга умуртқали ҳайвонлар (балиқлар, судралиб юрувчилар, қушлар, сут эмизувчилар) нинг 63 тури киритилган эди. Ўсимликлар оламининг камёб, йўқолиб кетиш хавфида бўлган 163 тури ҳақида илк бор мукаммал маълумотлар 1984 йил босмадан чиққан Қизил китобда келтирилган. Қизил китоб — даврий нашр ҳисобланади. Унга киритиладиган ўсимлик ва ҳайвон турлари Табиатни муҳофаза қилиш халқаро иттифоқи таклиф этган таснифга биноан 4 гуруҳга ажратилади:

1) йўқолган ёки йўқолиш арафасида турган (жиддий муҳофаза талаб этувчи) турлар;

2) йўқолиб бораётган (ареали ва сони кун сайин камайиб бораётган, махсус муҳофазага муҳтож) турлар;

3) камёб, бевосита йўқолиш хавфи бўлмасада, кичик майдонларда камданкам учрайдиган (муҳофазага муҳтож) турлар;

4) муайян вақг давомида сони ва тарқалган майдонлар табиий сабабларга қўра ёки инсон таъсирида қисқариб бораётган (сонини назорат қилиб туриш талаб қилинадиган) турлар. Қизил китобга, унга кирган турлар мақомининг ўзгариши, махсус муҳофаза чоралари туфайли баъзи турлар сонининг тикланиши, аксинча, яшаш шароитининг ўзгариши ва бошқалар омиллар таъсирида сонининг камайиши натижасида бошқа тоифага ўтказилишини ёритиш мақсадида қайта нашр этилади. Ўзбекистон флорасининг йўқолиб кетиш хавфи остида турган 301 турининг ҳозирги ҳолатини тавсифлайдиган Қизил китоб 1998 йил да қайта босмадан чиқди. Кейинги йилларда Ўзбекистон фаунаси турлари мақомини баҳолашга имкон берувчи маълумотлар тўпланиб, янги Қизил китоб 2003 йилда чоп этилди. Қизил китобнинг сўнгги нашрига сут эмизувчиларнинг — 24, қушларнинг — 51, судралиб юрувчиларнинг — 16, балиқларнинг — 18, ҳалқали чувалчангларнинг — 3, моллюскаларнинг — 15, бўғимоёқлиларнинг — 62 тури ва кенжа тури киритилган.

Ўзбекистон фаунаси ва флорасининг баъзи турлари Халқаро Қизил китобда ҳам ўз аксини топган. Унда ҳар бир тур учун алоҳида саҳифа ажратилган бўлиб, унда мазкур ўсимлик ёки ҳайвон турининг ўзбекча, русча, лотинча (илмий) номлари, уларнинг систематик ўрни, қисқача морфологик тавсифи, тарқалиши, яшаш муҳити, табиатдаги сони, кўпайиши, ареали ва сонининг ўзгариши сабаблари, муҳофаза қилиш чоралари ва бошқалар баён этилган.

Қизил китобга киритиладиган ҳайвон ва ўсимлик турлари бўйича таклифни илмий текшириш муассасалари, давлат ва жамоат ташкилотлари, айрим олимлар тавсия қилиши мумкин. Муҳофаза қилиниши натижасида ўз ареалини қайтадан тиклаган ва йўқолиб кетиш хавфи туғилмайдиган ўсимлик ва ҳайвон турлари Қизил китобдан чиқарилади. Қизил китобга киритилган турлар давлат қонуни асосида муҳофаза қилинади; уни бузган юридик ва жисмоний шахслар қонунга мувофиқ жавобгарликка тортилади.

Ўктам Пратов, Элмурод Шерназаров.

O’zbekiston respublikasi qizil kitob

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritishni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, Qizil kitob Oʻzbekiston hududida kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va oʻsimliklar muhofazasi, ularni qayta tiklash maqsadida tashkil etiladi.

Qizil kitobni tayyorlash, nashr etish va yuritish boʻyicha vakolatli davlat tashkilotlari etib quyidagilar belgilandi:

uni nashr etishni tashkil qilish va yuritish boʻyicha – Ekologiya va atrof muhitni muhofaza etish davlat qoʻmitasi;

uni nashr etishga tayyorlash boʻyicha – Fanlar akademiyasi.

Nizomga koʻra, Qizil kitobga hayvonot va oʻsimlik olami turlarini (kenja turlarini) kiritish (undan chiqarish) boʻyicha takliflar va tavsiyalarni Fanlar akademiyasining Zoologiya hamda Botanika institutlari ishlab chiqadi.

Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) va ularni muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish Kamyob va yoʻqolib ketish arafasida turgan hayvonlar va oʻsimliklarni muhofaza qilish boʻyicha idoralararo komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, Qizil kitobga kiritilgan turlar (kenja turlar) kamyoblik maqomi va yoʻqolib ketish xavfiga koʻra quyidagi kategoriyalarga mansub boʻladi:

  • kategoriya 0 – (“Ehtimol yoʻqolib ketgan”);
  • kategoriya 1 – (“Yoʻqolib ketish arafasida”);
  • kategoriya 2 – (“Miqdori va/yoki tarqalishi kamayib ketayotgan”);
  • kategoriya 3 – (“Kamyob”);
  • kategoriya 4 – (“Maqomi aniqlanmagan”);
  • kategoriya 5 – (“Tiklangan yoki tiklanayotgan”).

Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va oʻsimliklarning davlat kadastri qonunchilikda belgilangan tartibda Fanlar akademiyasi tomonidan yuritiladi.

Do‘stlaringiz bilan bo‘lishing:

Tavsiya etamiz

Yozda yopinchig‘ing tashlama, qishda o‘zing bilasan.

Oʻzbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlarining ikki tomonlama muzokaralari hamda Strategik rejalashtirish guruhining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

“Chimgan Chellenj” eko sayyohlik sport festivali boshlandi

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo’larsiz?

O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan noyob jonivorlar Qoraqalpog‘istonda ko‘paytirilishi mumkin

Qoraqalpog‘istonlik olimlar O‘zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga kiritilgan noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan yovvoyi tuyoqli hayvonlar (qulon, jayron, Prjevalskiy oti, sayg‘oq)ni Orolning qurigan maydonida hosil bo‘lgan o‘rmonzorlarda yarim erkin sharoitda ko‘paytirish va keyinchalik ularni yovvoyi tabiatga qaytarib yuborish bo‘yicha loyiha takliflarini ilgari surmoqda.

– Loyihamiz maqsadi Orolbo‘yi hududida tuyoqlilarning noyob turlarini saqlash va qayta tiklash bo‘yicha pitomniklar yaratishdir. Unda boshqa hududlarda reintroduksiya qilish orqali tuyoqlilarning noyob turlarini tiklashni taklif qilyapmiz. Uning uchun tuyoqlilarni yarim erkin sharoitda saqlash va ko‘paytirish texnologiyasini ishlab chiqamiz. Shu orqali ularning zaxira soni yaratiladi, – deydi loyiha tashabbuskorlaridan biri, Qoraqalpoq davlat universiteti “Ekologiya va tuproqshunoslik“ kafedrasi dosenti, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Arzigul Kidirbayeva. – Pitomniklarda ko‘paytirilgan tuyoqlilarni boshqa qo‘riqxonalarga yuborish mumkin yoki ularni boshqa xaridorlarga sotib daromad qilish ham mumkin.

Biz hozirda uchta yovvoyi hayvon turini ko‘paytirishga mo‘ljallangan vol’er majmuasi loyihasini yaratganmiz. Bu hayvonlarni boshqa qo‘riqxonalardan olib kelamiz. Albatta, ularni darhol tabiatga yuborish mumkin emas, dastlab shunday pitomniklarda hududga moslashtiriladi.

Biz aynan Orolning qurigan tubida hosil bo‘lgan o‘rmonzorni tanlaganimizdan sabab, bu yerda tabiiy o‘t-em bazasi mo‘l, tabiiy suv havzasi – Jaltirbas ko‘li bor. Aqbetkey massivi ayni paytda qo‘riqxonaga aylantirilmoqda, bu ham ularni qo‘riqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, hozirda biz Orolbo‘yi xalqaro innovasiya markazi bilan birga shu hududdan 5 ming gektar maydonni olishni rejalashtirganmiz. Maydonni o‘rab, tuyoqlilar uchun ozuqa ekinlarini ekamiz.

Bu kabi tajribalar dunyo tajribasida ko‘p marotaba sinalgan. Masalan, Belarus davlati bundan 500 yil avval yo‘q bo‘lib ketgan tarpan yovvoyi otlari bosh sonini qaytadan ko‘paytirishga muvaffaq bo‘ldi. Qozog‘istonda Oltin Yemel parkida Prjevalskiy otlari ko‘paytirilgan va hokazo.

– Biz Ustyurt sahrolarida bosh soni kamayib ketgan sayg‘oqlarni ham shu usul bilan ko‘paytirishni loyihamizga kiritganmiz, – deydi A.Kidirbayeva – Sayg‘oqlarning O‘zbekiston tomonida kamayib ketishiga sabab, bu Qozog‘iston bilan chegarada tikanli simlarning tortilishidir. Mamontlar davridan ular Qozog‘iston va O‘zbekiston hududidagi keng sahrolarda ko‘chib yurgan va bu ularga instinkt bo‘lib qolgan. Endi ular ushbu chegara simlaridan o‘ta olmay izga qaytib ketmoqda. Shu hol davom etaversa, ularda tabiiy instinkt ham yo‘qolib ketishi mumkin. Shu sababli, sayg‘oqlarni ham yarim erkin sharoitda ko‘paytirishni ilgari surmoqdamiz.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonda kam uchraydigan hayvonlarning tuzoq kameralarga tushib qolganligi haqida ma’lumot bergandik. Ayni paytda Orolning qurigan tubida hosil bo‘lgan o‘rmonzorlarda har xil yovvoyi tuyoqli hayvonlarning ko‘payishi ortidan noqonuniy ovchilar soni ham ko‘payib bormoqda.

E.Qanoatov, O‘zA

Qiziqarli malumotlar
O’zbekiston respublikasi qizil kitob