O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining ID-karta (pasportini) olish to’liq malumot oling
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti – O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
16 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari pasportga (ID-karta) ega bo‘lishlari kerak.
Pasport rasmiylashtirish va berish quyuidagi holatlarda beriladi
shaxs 16 yoshga to‘lganda;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi olinganida;
pasportning amal qilish muddati tugaganida;
familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi o‘zgarganida;
yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganida;
sud ajrimi bilan pasportning amal qilishi to‘xtatib turilganda;
ro‘yxatga olish (ro‘yxatdan chiqarish), alohida ma’lumotlar yoki vizalar uchun mo‘ljallangan varaqlar ishlatilib bo‘linganida;
pasport blankasi yaroqsiz holga kelganida;
pasport yo‘qotib qo‘yilganida.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti ichki ishlar organlari tomonidan beriladi.
O‘zbekiston Respublikasining xorijda doimiy yashaydigan fuqarolariga, shuningdek Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan beriladi.
Bunda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish mumkin.
Pasport olish uchun quyidagilarni taqdim etish lozim
belgilangan shakldagi ariza;
ilgari berilgan pasport;
tug‘ilganlik haqida guvohnoma (birinchi marta rasmiylashtirilayotganda);
davlat boji to‘langanligi haqida kvitantsiya.
Pasportni almashtirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi.
Pasport tizimi qoidalarini buzganlik jarimaga sabab bo‘ladi.
Foydali Maslahatlar
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining ID-karta (pasportini) olish