O‘zbekiston “Qizil kitob”ining yangi nashri mablag‘ kamligi sabab 1000 nusxada chop etiladi
Quyidagilar Qizil kitobni nashr qilish bo‘yicha asosiy tadbirlar hisoblanadi:
Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Qizil kitobi bo‘yicha qarori qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 17 iyuldagi PQ-3861-son qarori ijrosini ta’minlash, kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlar va yovvoyi tarzda o‘suvchi o‘simliklarning turlari (kichik turlari)ni saqlab qolish va qayta ko‘paytirishni ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
Kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va o‘simliklarni saqlab qolish bo‘yicha idoralararo komissiya tarkibi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, Qizil kitob O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan hayvonlar, yovvoyi o‘simliklar va qo‘ziqorinlar turlarining (kenja turlarining) holati, tarqalishi, kamyoblik maqomi va yo‘qolib ketish xavfining maqomi va muhofaza choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui hisoblanib, kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarning (kenja turlarning) muhofazasi va ularni qayta tiklash maqsadida tashkil etiladi.
Quyidagilar Qizil kitobni tayyorlash, nashr etish va yuritish bo‘yicha vakolatli davlat tashkilotlari hisoblanadi:
uni nashr etishni tashkil qilish va yuritish bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza etish davlat qo‘mitasi;
uni nashr etishga tayyorlash bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi.
Qizil kitobga hayvonot va o‘simlik olami turlarini (kenja turlarini) kiritish (undan chiqarish) bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti va Botanika instituti ishlab chiqadi.
Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) va ularni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish Kamyob va yo‘qolib ketish arafasida turgan hayvonlar va o‘simliklarni muhofaza qilish bo‘yicha idoralararo komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Quyidagilar Qizil kitobni tayyorlash va nashr etish bo‘yicha asosiy tadbirlar hisoblanadi:
Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlash va ularning muhokamasida ishtirok etish;
Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat hisobini yuritish (zamonaviy holati va holatining o‘zgarishi borasidagi tendensiyalar to‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil etish bilan birgalikda);
Qizil kitobning rasmiy nashrlariga turlar bo‘yicha suratli ilmiy mavzular, maqolalar tayyorlash;
Qizil kitobni nashr etishni tashkil etish va uning rasmiy nashrlarini tarqatishni ta’minlash.
Quyidagilar Qizil kitobni nashr qilish bo‘yicha asosiy tadbirlar hisoblanadi:
Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish va undan chiqarish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishni tashkillashtirish;
Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilish va ulardan foydalanish borasidagi davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;
Qizil kitobga kiritilgan turlardan (kenja turlardan) foydalanish sohasi bo‘yicha ruxsat berish tusidagi hujjatlarni taqdim etish;
Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat hisobini yuritishni tashkil etish va ta’minlash;
Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat kadastrini yuritish;
Qizil kitobga kiritilgan turlar (kenja turlar) populyatsiyalari va ularning holati bo‘yicha davlat monitoringini amalga oshirish;
Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qilish, qayta tiklash borasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishda ishtirok etish.
O‘zbekiston “Qizil kitob”ining yangi nashri mablag‘ kamligi sabab 1000 nusxada chop etiladi
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti olimlari tadqiqotlari asosida O‘zbekiston “Qizil kitobi”ning yangi nashri chop etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar beradi O‘zA.
Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, akademik Baxtiyor Ibragimov va boshqalar “Qizil kitob”ni yuritishda, respublikada yo‘qolib borayotgan kamyob, noyob o‘simlik turlarini saqlab qolish uchun muhim muammolarni hal qilishda Botanika instituti olimlari tadqiqotlarining roli muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlagan.
Shuningdek, Baxtiyor Ibragimov “Qizil kitob”ning yangi nashri bor yo‘g‘i 1000 nusxada chop etilayotganini, bunga mablag‘ kamligi sabab bo‘layotganini bildirgan.
Zoologiya instituti olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida “Qizil kitob”ning navbatdagi soniga kiritiladigan va undan chiqariladigan turlar to‘g‘risida ilmiy ma’lumotlar yig‘ildi, ushbu ma’lumotlarni tahlil etish bilan bir vaqtda rasmiy nashrlarga kiritish uchun har bir turlar bo‘yicha suratli ilmiy maqolalar tayyorlandi. Shuningdek, bu davr ichida O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi“ning hayvonot dunyosiga oid ikkinchi qismi nashrga tayyor holatga keltirildi.
Jaloliddin Azimov, Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining bosh ilmiy xodimi
2019-yilning oxirigacha chop etilishi rejalashtirilayotgan yangi tahrirdagi “Qizil kitob“ga amaldagi “Qizil kitob” ro‘yxatidan 8 ta tur chiqarilgan holda 15 tur kiritilgan. Ushbu yangi nashr umumiy muhofazaga muhtoj bo‘lgan, yo‘qolib ketish arafasida turgan kamyob 314 o‘simlik turlarini o‘z ichiga olgan.
Qiziqarli malumotlar
O‘zbekiston “Qizil kitob”ining yangi nashri mablag‘ kamligi sabab 1000 nusxada chop etiladi