O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kirish ballari, qabul kvotalari haqida to’liq ma’lumot oling

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kirish ballari, qabul kvotalari haqida to’liq ma’lumot oling

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kirish ballari, qabul kvotalari
Elektron pochta:

rektor@uzswlu.uz

Rasmiy sayt:

www.uzswlu.uz

Manzil:
Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik xalqa yo‘li, 21A — uy, pochta indeksi: 100138
O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O`zDJTU) 1949-yilda Toshkent chet tillari pedagogika instituti nomi bilan faoliyatini boshlagan. Universitet 70 yillik tarixga ega.
1992-yili Toshkent chet tillari pedagogika instituti hamda Respublika Rus tili va adabiyoti instituti birlashib, O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti maqomiga ega bo`ldi.
Bugungi kunda universitetda 9 000 ga yaqin talaba 20 ga yaqin xorijiy tilni jahon ta’lim standartlari asosida o`rganmoqda. Har yili universitetda 15 ta ta’lim yo`nalishida bakalavr, 13 ta ta’lim yo`nalishida magistrlik darajasiga ega mutaxassislar tayyorlanadi.
Universitetda 7 ta: ingliz tili birinchi, ingliz tili ikkinchi, ingliz tili uchinchi, roman-german filologiyasi, rus filologiyasi, xalqaro jurnalistika, tarjima nazariyasi va amaliyoti fakul’tetlari va kafedralarning umumiy soni 29 taga teng.
FAKULTETLAR: Xalqaro jurnalistika fakulteti, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti,  Rus filologiyasi fakulteti, Roman-german filologiyasi fakulteti, Ingliz tili 3-fakulteti, Ingliz tili 2-fakulteti, Ingliz tili 1-fakulteti

Malumotlar
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kirish ballari, qabul kvotalari